O’zbekiston raqamli iqtisodiyotida baknlarning roli Reja: 1 Raqamli iqtisodiyot




Download 10,13 Mb.
bet2/3
Sana15.12.2023
Hajmi10,13 Mb.
#119614
1   2   3
Bog'liq
Kd91

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida „2020 yil — Ilm- maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili“ deb eʼlon qilindi. [1]Shundan keyin fuqarolarda „raqamli iqtisodiyot“ atamasi haqida ko‘plab savollar tug‘ila boshladi. Huquqiy axborot kanali „raqamli iqtisodiyot“ atamasining mazmunini ochib beruvchi maqola eʼlon qildi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek, „Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi“ Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte „raqamli iqtisodiyot“ terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar — deyarli barcha qo‘llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta maʼruza eʼlon qildi („Raqamli dividendlar“).

Bank operatsiyalari — banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar boʻyicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga boʻlinadi (qarang Banklar).

Bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to‘lovlarni amalga oshirish. Omonat (depozit) — talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi.

  • Banklar o‘z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar:
  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
  • omonatlarni jalb etish;
  • kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish.
  • Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin, chunonchi:
  • mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
  • chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
  • pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
  • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;

"Raqamli banking' bu bank xizmatlari internet orqali amalga
oshiriladigan on-layn bank tizimiga o'tishdir. "Onlayn" yoki "internet
banking` deganda esa, bank yoki boshqa moliyaviy institut myjozlariga
moliyaviy institut veb-sayti yordamida bir qator moliyaviy
tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi elektron to*lov
tizimidir. Ushbu tizim banklar va mijozlarga bank xizmatlarini qulay va
lczroq amalga oshirishlariga imkon beradi.
> hozirgi paytda pul massasi aylanmasining ustuvor shakli naqdsiz
bo'lib, tizim samaradorligini oshirish uchun mijoz bilan masofaviy
elektron aloqaga kirishishni maksimallashtirishni nazarda tutadi;
> autentifikatsiya usullaridan fizik elektron, parollashgan biometric
hamda kombinatsiyalashgan usullardan foydalanilib, bank xizmatlari
xavfsizligini a'minlash usullarini modernizatsiya ilishni maqsad
qiladi;

Download 10,13 Mb.
1   2   3




Download 10,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston raqamli iqtisodiyotida baknlarning roli Reja: 1 Raqamli iqtisodiyot

Download 10,13 Mb.