|
O’zbekiston republikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/9 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 80,26 Kb. | | #137043 |
Bog'liq kurs shodiyor
O’ZBEKISTON REPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
“TARMOQLAR IQTISODIYOTI” KAFEDRASI “Iqtisodiyot” fakulteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi
Ro’yxatga olindi: Ro’yxatga olindi:
<<___>>______2024-yil <<___>>______2024-yil
KURS ISHI
Mavzu: Monopolistik korxonanining narx siyosati va foydasini maksimallashtirish shartlari
Ilmiy rahbar:____________________________________________________________
Bajardi: ________________________________________________________________
Kamissiya a’zolari:______________________
______________________
______________________
Himoyachi natijasi: <<_______>> baho <<___>>___________2024-y
Toshkent-2024-yil
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………………
1-BOB. Monopolistik korxonaning narxlar siyosati……………………………………….
1.1. Marketingda narx siyosati……………………………………………………………..
1.2 . Monopolistik korxonaning narx siyosatini ishlab chiqishning vazifalari va mexanizmi
2-BOB. Monopolistik korxonaning narx siyosatining asosiy vazifalari…………………...
2.1 Foydani o’zlashtirish tushunchalari ……………………………………………………
2.2 Foydani o’zlashtirish tushunchalarini maksimallashtirish……………………………..
XULOSA………………………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………
KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir.
Tadbirkorlik subyektlari bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ularga zarur qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, o‘zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘ttizga yaqin dastur amaliyotga tatbiq etila boshlandi hamda soliq to‘lovchilarga o‘ndan ortiq interaktiv, ya’ni qog‘ozsiz, masofadan turib xizmatlar ko‘rsatilayotir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo'lib, u o'z ichigaiqtisodiy o'sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi.. Foydani maksimallashtirish maqsadida firma o‘zsarf- xarajatlarini pasaytirishga harakat qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarin kamaytirishning bir qator yo‘llari bor: texnik – texnologik omillar – yangi texnikani yoki texnologiyani joriy qilish; ijtimoiy-iqtisodiy – mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilarning malakasini oshirish, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy qilish, ish vaqtining yo‘qotishlarini qisqartirish; tashkiliy – ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqalar.
Foydaning absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari mavjud. Foyda massasi absolyut ko‘rsatkich bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgandek, umumiy pul tushumidan xarajatlar ayirilishi orqali aniqlanadi. Foydaning nisbiy ko‘rsatkichlari – foyda normasi va rentabellik. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
|
| |