Almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish va ma’lumotlarni keshlash




Download 5,84 Mb.
bet78/222
Sana15.05.2024
Hajmi5,84 Mb.
#236377
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   222

Almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish va ma’lumotlarni keshlash


Ma’lumotlar almashinuvida doimo tezliklarni muvofiqlashtirish masalasi paydo bo‘ladi. Masalan, agar bir foydalanuvchi jarayon ayrim ma’lumotlarni ishlab chiqib, ularni operativ xotira orqali boshqa foydalanuvchi jarayonga uzatayotgan bo‘lsa, bu vaziyatga umuman olganda ma’lumotlarni generatsiya qilish va ularni o‘qish tezligi bir- biriga mos kelmaydi. Amaliy jarayonlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi paytida tezlikni muvofiqlashtirish odatda operativ xotiradagi ma’lumotlarni buferlash va jarayonlarni buferdan foydalanishini sinxronlash hisobiga erishiladi.
Shunga o‘xshash yo‘l bilan kiritish/chiqarish kichik tizimda almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish muammosi hal etiladi. Bunda operativ xotirada ma’lumotlarni bufferlash usulidan keng foydalaniladi. Kiritish/chiqarishni yuqori tezligini ta’minlash birinchi navbatdagi vazifa deb hisoblangan ixtisoslashgan operatsion tizimlarda (real vaqtda boshqarish, tarmoq fayl xizmatlari va hokazo) operativ xotiraning asosiy qismi amaliy dasturlar kodlariga emas, balki ma’lumotlar buferlariga ajratiladi. Lekin faqat kiritish/chiqarish kichik tizimning operativ xotirasi asosida bufferlash yetarli emas, chunki jarayonlar ishlov talab etiladigan ma’lumotlarni joylashtiradigan operativ xotira bilan almashinuvning tezligi va tashqi qurilmaning ishlash tezligi o‘rtasidagi tafovut operativ xotirani vaqtinchalik bufer sifatida foydalanish uchun ko‘pincha xaddan tashqari juda katta bo‘ladi; uning hajmi shunchaki (oddiygina) yetmasligi mumkin. Katta hajmdagi ma’lumotlar almashinuvi zaruratida kiritish/chiqarish tizimlarda spulingdan foydalaniladi; bunda ma’lumotlar diskning alohidagi, diskli fayl yoki spul-fayl deb nomlanuvchi, qismida bufferlanadi. Spul-fayl qo‘llanishining yaqqol misoli deb ma’lumotlarni printerga chiqarishni tashkil etish hisoblanadi. Chop etiladigan hujjatlarning bir nechta o‘n megabayt hajmda bo‘lishi tez-tez uchraydigan hol, shuning uchun ularni vaqtinchalik saqlash uchun (har bir hujjatni chop etish bir necha daqiqadan boshlab o‘n daqiqalargacha vaqt talab etadi) operativ xotiraning hajmi shubhasiz yetarli emas. Bu muammoning boshqa
yechimi – bu tashqi qurilmalar kontrollerlarida katta hajmli bufer xotirasidan foydalanish. Bunday yondashuv ma’lumotlarni diskka joylashtirish almashinuvni haddan tashqari sekinlashtirgan (yoki ma’lumotlar diskning o‘ziga chiqarilgan) hollarda ayniqsa foydali. Masalan, grafik displeylarning kontrollerlarida hajmi operativ xotira bilan taqqoslanadigan bufer xotira qo‘llaniladi, va bu grafik shakllarni ekranga chiqarishni sezilarli darajada tezlashtiradi. Kiritish/chiqarishda ma’lumotlarni buferlash nafaqat protsessor va tashqi qurilmaning ishlash tezliklarini muvofilashtiradi, balki boshqa masalani hal etadi, ya’ni ma’lumotlarni keshlash hisobiga kiritish/chiqarish real amallari sonini qisqartiradi. Diskli kesh deyarli barcha operatsion tizimlarni kiritish/chiqarish kichik tizimlarining ajralmas qismi bo‘lib, saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.

Download 5,84 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   222




Download 5,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish va ma’lumotlarni keshlash

Download 5,84 Mb.