O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari




Download 130.13 Kb.
bet2/8
Sana13.10.2022
Hajmi130.13 Kb.
#27159
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-elektronika va sxemalar
58ljhh, Jumanazarova G Maʼlumotlar tuzilmasi 1 amaliyot ishi, Mavzu fazoda tekislik tenglamalari123, 23-25, matematika matritsa, 2, pul kredit tizimi davlatning pul kred, 2 5291962714460002960, Пед юклама, wepik matematikani oqitish metodikasi oquv jarayoni va innovatsion

Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning zonalarda energetik sathlar boʻyicha joylashishi bir xil, lekin taqiqlangan zonaning kengliligi dielektriklarda kattaroq. Yarimoʻtkazgichlarda elektronlar issiqlik energiyasi hisobiga taqiqlangan zona orqali boʻsh zonaga oʻta oladi.

Oʻtgan elektronlar metallarda oʻtkazuvchanlik elektronlari turgan sharoitga oʻxshash boʻlgan sharoitda boʻladi va oʻtkazuvchanlikda ishtirok etadi. Dielektriklarda bunday natijaga ancha yuqori trada erishish mumkin. Shunday qilib, yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda temperatura koʻtarilgan sari Elektr oʻtkazuvchanlik ortib boradi.

Elektr oʻtkazgichlar — elektr oʻtkazuvchanlik xossasi yuqori (elektr tokini yaxshi oʻtkazadigan) va solishtirma qarshiligi kichik (r<10~4 omsm) boʻlgan moddalar. Solishtirma qarshiligi katta moddalar izolyatorlar, bular bilan oʻtkazgichlar oʻrtasidagi moddalar esa yarimoʻtkazgichlar deyiladi. Elektr oʻtkazgichlar jumlasiga metallar, elektrolitlar va plazmalar kiradi. Metallarda erkin elektronlar, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlar, plazmalarda esa erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar tok tashuvchilar vazifasini bajaradi. Koʻpgina metallar va baʼzi yarimoʻtkazgichlar past trada oʻta oʻtkazuvchan (elektr oʻtkazish qarshiligi nolgacha pasaygan) holatga oʻtadi.

Valent zona — qattiq jismdagi valent elektronlar bilan toʻlgan ruxsat etilgan elektron holatlarning eng yuqori sohasi. Yarimoʻtkazgichlarda temperatura T=OK da valent zona butunlay toʻlgan boʻladi. Ushbu holda valent zonadagi elektronlar tashqi maydonlar taʼsirida paydo boʻladigan elektr oʻtkazuvchanlik va b. kinetik effektlarda ishtirok etmaydi. TOK temperaturada (T temperatura O K ga teng boʻlmaganda) zaryad tashuvchilarning issiqlik generatsiyasi yuz beradi va natijada elektronlarning bir qismi oʻtkazuvchanlik zonasiga yoki taʼqiqpangan zonadagi kirishma sathlariga oʻtadi. Bunda valent zonada kovaklar hosil boʻladi va elektr toki hosil qilishda ishtirok etadi. V.z. tushunchasi yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasida qoʻllaniladi.


Download 130.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 130.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari

Download 130.13 Kb.