O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan
AMALIY ISH-2
Bajardi: 020-20 guruh talabasi Xayitboyev Abror
Qabul qildi: Saidova.G
Toshkent 2024
1. Faoliyat xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari
Xavfsizlikni ta’minlash o’z ichiga murakkab jarayonni oladi va uni elementar tashkil etuvchilarga dastlabki xolatlar, g’oyalar, prinsiplar deb ataluvchilarga bo’lish mumkin. «Prinsip» so’zi lotincha “principim” so’zidan olingan bo’lib, boshlanish, g’oya, asos demakdir. Ishlab chiqarishning turi, texnologik jarayonlarning afzalliklari, qo’llaniladigan jixozlarning xar xilligi - bularning xammasi xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarining ko’p xilligiga shartlashadi. Prinsiplar muxim uslubiy axamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha to’lakonli profilaktik ish ilmiy-tekshirish, tajriba - konstruktorlik, loyixa ishlarida, ishlab chiqarish ob’ektlarini qayta ko’rish va foydalanish bosqichida faqat ongli ravishda xavfsizlik prinsiplarini xisobga olish bilan mumkin bo’ladi. Prinsiplarning nazariy va ilmiy axamiyati shundan iboratki, ular bizni o’rab olgan dunyodagi xavflar bo’yicha bizlarning bilim darajamizni aniqlaydi va o’z navbatida ximoya tadbirlariga va ularni xisoblash usullariga talablar belgilaydi. Prinsiplarning axamiyati amaliy jixatdan xam muximdir: ular raqobatlashayotgan variantlarni taqqoslab taxlil qilish asosida xavflardan ximoyalanishning optimal yechimlarini topishga imkon beradi. Prinsiplarning evristik qiymati shundan iboratki ular Mexnat xavfsizligini boshqarishni tashkil qilishda xal qiluvchi axamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash prinsipini bir-birini to’ldiruvchi element sifatda o’zaro bog’lanishda qarash muximdir. Konkret sharoitlarga bog’lik xolda bir va boshqa prinsiplar xar xil amalga oshiriladi. Xavfsizliknita’minlash prinsiplari ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfgabo’linadi: taxminiy, texnikaviy, tashkiliy va boshqaruv prinsiplari.Taxminiy prinsiplar o’zida xavfsiz yechimlarni topuvchi yo’nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo’lib xizmat qiluvchi asos soluvchi g’oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi prinsiplar kiradi: operatorning aktivligi, faoliyatni gumanlashtirish, strukturani o’zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish, sistemalik va boshqalar. Texnikaviy prinsiplarxavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga yo’naltirilgan. Texnik prinsiplar fizik qonunlarniishlatishga asoslangan. Bunga quyidagilar kiradi: masofadan ximoyalash, ekranlashtirish, kattikligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, xavo kirmaydigan qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizasiyalash va yeta olmaslik prinsiplari. Boshqaruv prinsiplarideb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining aloxida bosqich va etaplari orasida o’zaro bog’lanish va munosabatlarni aniqlovchi prinsiplarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali, javobgarlik, rag’batlantirish, ierarxik, bir ma’noli, adekvatli prinsiplari kiradi. Tashkiliy prinsiplargaxavfsizlik maqsadida Mexnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi prinsiplar kiradi. Ulargavaqt bo’yicha ximoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik, Mehnatni rasional tashkil qilish va zidlik prinsiplari kiradi. Bir vaqtda ayrim prinsiplar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari sistemalarni xosil qiladi. Va bir vaqtning o’zida xar bir prinsip nisbatan mustakillik kashf qiladi. Ayrim prinsiplarni aloxida ko’rib chiqamiz. Xar bir ko’rib chiqayotgan prinsipga ta’rif beramiz va misollar keltiramiz. Sistemalik prinsipi - shundan iborat bo’lib xar qanday xodisa, xarakat va ob’ekt sistemalik konsepsiyasi bilan ko’riladi. «Sistema» so’zi grekcha - systema so’zidan olingan bo’lib, butun, qismlar va birikmalardan to’zilgan demakdir. Sistema deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o’zaro ta’sirlar adekvatli ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday sistemani aniq sistema deb ataymiz. Agar elementlarning o’zaro ta’siri xar xil natijalarga olib kelsa, buni noaniq sistema deyiladi. Sistemaning noaniqlik darajasi qancha yuqori bo’lsa shunga ko’ra xar xil natijalar paydo bo’ladi. Sistemadagi noaniqlik uning elementlarini va ular o’rtasidagi o’zaro ta’sir xarakterini to’liq xisobga olmaslikdan tug’iladi.
2. Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy?, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
|