O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi




Download 2.57 Mb.
bet2/6
Sana11.11.2022
Hajmi2.57 Mb.
#30032
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация1
Listening 9.0 (2) (1), Презентация3, TKK Oftomologiy, 1684302117 (1)

tarmoq identifikatsiyasi Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo’yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funktsiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha o’zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o’zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi. Identifikatsiya va autentifikatsiya sub’ektlarning (foydalanuvchilarning) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o’zaro bog’langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga bog’liq. Sub’ektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan so’ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi.


Ma’lumotlarni uzatish kanallarini himoyalashda sub’ektlarning o’zaro autentifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog’lanadigan sub’ektlar xaqiqiyligining o’zaro tasdig’i bajarilishi shart. Xaqiqiylikning tasdig’i odatda seans boshida, abonentlarning bir-biriga ulanish jarayonida amalga oshiriladi. “Ulash” atamasi orqali tarmoqning ikkita sub’ekti o’rtasida mantiqiy bog’lanish tushuniladi. Ushbu muolajaning maqsadi — ulash qonuniy sub’ekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha axborot mo’ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir.

O’zining xaqiqiyligining tasdiqlash uchun sub’ekt tizimga turli asoslarni ko’rsatishi mumkin. Sub’ekt ko’rsatadigan asoslarga bog’liq holda autentifikatsiya jarayonlari quyidagi kategoriyalarga bo’linishi mumkin: biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy identifikatsiya kodi PIN (Personal Identification Number) hamda “so’rov javob” xilidagi protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlarni ko’rsatish mumkin; biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smart-kartalar, sertifikatlar va touch memory qurilmalari; qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu kategoriya o’z tarkibiga foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, ko’zining rangdor pardasi va to’r pardasi, barmoq izlari, kaft geometriyasi va x.) asoslangan usullarni oladi. Bu kategoriyada kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi. Beometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni nazoratlashda ishlatiladi.


Download 2.57 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi

Download 2.57 Mb.