Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi




Download 3.77 Mb.
bet29/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Kompyuter xonalarida mexnat sharoitlarini to’g’ri tashkil etish joyini tashkil etilishi. Kompyuter xonalarida ish joyi to`g`ri tashkil etilishi ish unumdorligini oshirish, charchashni oldini olish, ish joyidagi jixozlarni va uskunalarni to`g`ri joylashtirishniomillar, ranglarni to`g`ri tanlay bilishdir. Uskunalar shunday joylashishi kerakki ishchilar ortiqcha xarakatsiz, o`zini zo`riqtirmasdan osongina foydalanish.

Ish joyida mehnat sharoitini yaxshilash ishlariga bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi.Bularga tashkiliy, texnikaviy,sanitariya –gigiena,tabiiy-iqlim omillari kiradi.

Hisoblash texnikasi bilan ishlovchi ishchilar tibbiy tekshiruvdan o`tkazilganda ish unumdorligi pasayishdan tashqari shovqin eshitish qobiliyatini xam pasaytiradi. Kombinasiyalashgan zararli omillar ta`sirida ko`p vakt qolish kasbiy kasallanishga olib kelishi mumkin. Elektr qurilmalari ya`ni kompyuterning barcha qurilmalari inson uchun xafli hisoblanadi. CHunki kompyuterda ishlayotganda inson tok kuchlanishi ta`sirida bo`lgan qismlarga tegib ketishi mumkin. Elektr qurilmalarning spesifik xavfi: bu elektr o`tkazuvchilar, izolyasiyasi shkastlanishi natijasida tok ta`siriga tushib qolgan kompyuter korpusi Elektr tokining ta`siri faqat tok inson tanasidan o`tganda seziladi. Elektr shikastlanishidan himoyalanishda elektr qurilmalari to`g`ri joylashtirilishi, elektr o`tkazuvchi sim va kabellarni to`g`ri ulanishi muxim o`rin egallaydi.

Ish jarayonida statik elektrning razryadli toki ko`proq kompyuterning biror bir elementiga tegib ketish natijasida xosil bo’ladi. Bunday razryadlar insonga xavf tug`dirmaydi, yoqimsiz ta`sirdan tashqari kompyuterni ishdan chiqishiga olib keladi. Simlar izolyasiyasi shikastlanganda tok ta`sirini kamaytirish uchun ish xonalarining pollari bir qavatli polivinil xloridli antistatik linolium bilan qoplanishi lozim. Himoyalashni boshqa usuli ionlashtirilgan gaz bilan zaryadlarni neytrallash. Kompyuter xonalarining kattaligi u yerda ishlovchi xodimlar va kompyuterlar soniga mos kelishi zarur. Ish joylarini tashkillashtirishga, yana xarorat, yorug`lik, havo tozaligi, shoviqindan himoyalanganlik parametrlari hisobga olinadi.

Sanitar meyorrlariga ko`ra bir ishchi uchun ish joyining xajmi 15 m2 , ish maydoni esa 4,5 m2 dan kam bulmasligi kerak. Xonaning balandligi poldan shiftgacha 3-3,5 m bulishi kerak. Kompyuter xonalarida odatda yon tomonlama tabiiy yoritilganlik qo`llaniladi. Tabiiy yoritilganlikda shimol yoki shimoliy-sharqqa qaratilgan 48 yorug`lik darchalaridan foydalanish kerak, bunda tabiiy yoritilganlik koefisenti 1,2-1,5 % kam bo`lmasligi shart. Kompyuterlarni podvallarda joylashtirish ruxsat etilmaydi. Kompyuter xonalari va ish joylarida tabiiy yoritilganlik qo`llanishi zarur.Boshqa xollarda esa sun`iy yoritilganlikni qo`llash mumkin. Ish xujjatlari joylashgan stol usti yoritilganligi 300-500 lk bulishi kerak.Yorug’lik manbaini shunday joylashtirish kerakki, bunda yorug`lik ko`zni qamashtirmasligi kerak, ko`rish maydonidagi yorug`lik manbaining yorqinligi 200 kd /m2 oshmasligi kerak.





Download 3.77 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Download 3.77 Mb.