O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali




Download 3.77 Mb.
bet2/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

KIRISH


O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasining jadal rivojlanishi bu tarmoqni yangi yuqori texnologik xizmatlar segmenti taqdim etadigan FTTx texnologiyalari asosida loyihalashtirish, yani videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, malumotlar uzatish, telefon so‘zlashuvlari, Internet tarmog‘iga kirish hamda IPTV xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq. SHuning uchun telekommunikatsiya sohasining rivojlanishi ikkita tendensiya ekstensiv (telefon o‘rnatishga bo‘lgan talabni qondirish) va intensiv (yangi bozor va zamonaviy xizmat turlarini o‘zlashtirish) o‘sish zaminida amalga oshirilmoqda. 2012 yil 21 martda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining PQ-1730-sonli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida qarori qabo‘l qilindi. Mazkur qarorda davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni taminlash maqsadida quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilangan:

davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot tizimini shakllantirishni taminlash;

 davlat organlarining o‘z funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini yaratish;

 davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni taminlash;

axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini taminlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish;

 Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va resurslari himoya qilinishini taminlash.

Ma’lumki, boshqarish tizimlari keng ma’nodagi terminalogiya bo‘lib, xozirda mavjud bo‘lgan barcha jarayonlarda qo‘llanilib kelinadi. Ular oddiy operatsiyalardan tortib murakkab mantikiy amallarni bajarish tizimlarida keng qo‘llaniladi. Eng birinchi navbatda informatsiyalarni qayta ishlash tizimlarni misol qilish mumkin. Xar kanday informatsiya bir joydan ikkinchi joyga uzatilishda, qayta ishlanib uzatiladi. Qabul qilish jarayonida xam informatsiya qayta ishlanib kerakli formaga keltiriladi[1,2].

Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida esa boshqarish jarayonni borishidagi fizik va boshqa parametrlarni o‘zgarishi to‘g‘risida informatsiyalarni yig‘ib, qayta ishlab, zaruriy boshqarish xulosasini ishlab chiqaradi va real vaqt tizimida bajarish mexanizimimga uzatiladi. Bunga misol qilib presslash qurilmalarida detallarni avtomatik robotlar yordamida tayerlash jarayonini keltirish mumkin. Robot birinchi navbatda materialni olib press ostiga qo‘yadi va tayyor detalni olib taklaydi. Jarayonni qadamma qadam quydagicha yozish mumkin



  1. Materialni olish;

  2. Datchik yorlamida konteynerda zmaterial bor yo‘qligini bilish;

  3. Materialni olish va kerakli joyga, pressga qo‘yish;

  4. Pressga material qo‘yilgan ligi to‘g‘risida signal berish;

  5. Press ishni bajarganligi to‘g‘risida informatsiya olish;

  6. Tayer detalni olib tayer maxsulotlar konteynerga qo‘yish.

Bu jarayon real vaqt ostida amalga oshirilib informatsiyalarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish tashkil etiladi. Agar real vaqt tizimini tashkil etish imkoniyati bo‘lmaganda xech kanday boshqarishlarni amalga oshirib bo‘lmas edi.

Tizim terminologiyasi asosida bir butun qurilmalar, programma dasturlarini ma’lum konuniyat asosida birikib turishi tushiniladi.

Real vaqt deyilganda jarayonni borish vaqti, ya’niy xar bir boraetgan kadam ketma ketligi tushiniladi. Turmishdagi barcha jarayonlar real vaqtda amalga oshiriladi.

Eng soda misol sifatida matin redaktorida matinni terishni xam olish mumkin. Matinni terish real vaktda amalga oshirilib kiritilaetgan informatsiya real sharoitda qayta ishlanib maxsus registr yordamida kerakli xotira elementiga saklanishi tashkil etiladi. Registr va xotiradagi informatsiyalarni almashiuvi xam real vaqtda amalga oshiriladi.

Boshqarish tizimlarini tashkil etishda birlamchi datchiklardan jarayon to‘g‘risida informatsiya yigilib xisoblash kompleksida qayta ishlanib bajarish mexanizimiga uzatiladi. Informatsiyalarni qabul qilish va ularni qayta ishlash real vaqt tizimi asosida amalga oshiriladi. Agar informatsiyalarni qabul qilish va ularni qayta ishlashda vaqt e’tiborga olinmasa jarayonni boshqarish tizimini tashkil etib bo‘lmaydi[3].

Quyida real vakit tizimlarida tashkil etiladigan boshqarish tizimini umumiy kurinishi keltirilgan. Boshqarish tizimida asosiy rollardan birini teskari aloka tashkil etadi. Agar u tashkil etilmasa boshqarish tizimi jarayonni real vaqtda boshqara olmaydi. Boshqarish qurilmasi xar bir boshqarish signalini oldingi boshqarish signalga tizimni reaksiyasi qanday bo‘lishiga qarab ishlab chiqaradi va zaruriy boshqarishga erishiladi.

Boshqarish tizimlarini «qattiq bog‘lanishli» va «qattiq bo‘lmagan(yumshok)» turlariga bo‘linadi. Birinchi tip boshqarish tizimiga biror operatsiyani o‘z vaqtida amalga oshirmaslik avariya xolati deb belgilanadi. Ikkinchi tur real vaqt tizimlarida jarayon o‘zgariishlari bilan boshqarish signallarini ishlab chiqish aniq boglangan bo‘lmasdan, ma’lum shartlar asosida boshqa bir operatslarni amalga oshirishi mumkin. YOki protsessga boshqarish signalini berish vaqt bilan chegaralanmagan. Lyokin operatsiyani amalga oshirish o‘rtacha vakt bilan chegaralanadi.

Boshqarish tizimlari ma’lum konuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Boshqarishni tarkibiy kisimidan biri rostlash xisoblanadi. Rostlash deyilganda jarayonni oldindan berilgan topshiriqga yakinlashtirib real vakitda ushlab turish tushiniladi. Avtomatik boshqarish tizimlarida asosan PID, PI, PD boshqarish konuniyatlari mavjud. Bu konuniyatlarni aloxida mavzularda o‘rganiladi. Rostlsh qonuniyatlari ko‘pchilik boshqarish qurilmalari energo saklovchi xotiralariga yozib quyilgan. Foydalanuvchi fakat talangan konuniyatni o‘zgarmas koefitsientlarinigina kiritadi xolos.

Real vaqt tizimlarida boshshkarish jarayonni shartlaridan kelib chikib tuzilgan algoritimlar bilan ishlaydi. Bu algoritmlar asosini algebraik mantikiy funksiyalar tashkil etadi.

Agar jarayonni borishi vaqtga bog‘liq bo‘lsa bunday jarayonlarni dinamik jarayonlar deb ataladi. Agar jarayonni borishi vaqtga bog‘liq bo‘lmasa bunday jarayonlarni statik jarayonlar deb ataladi. Statik jarayonga ob’ektni bir xolatdan boshka bir xolatga tashkiy ta’sir asosida o‘tishini misol qilish mumkin. Masalan kranni ochish, yoki yopish, yukni ko‘tarish yoki tushirish va boshqalar. Bu xolatlarda jarayon vaqtga bog‘liq emas. Tashkiy ta’sir qachon berilsa ob’ekt bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tadi. Dinamik protsesslarda esa ob’ektni xolati vaqtga boglik. Masalan sementni asosi xisoblangan klinkerni tayyorlash texnologiyasi. Bu jarayonda maxsulotga vaqt bo‘yicha ta’sir ko‘rsatib borilib natija oliinadi. Bunga neft maxsulotlarini olish texnologiyasini xam misol kilish mumkin.




Download 3.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali

Download 3.77 Mb.