O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali




Download 3.77 Mb.
bet7/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Qarama-qarshi harakatlanish

Bunday holatda ABS va lokal avtomatikaning rivojlanishi qarama-qarshi yo’nalishlarda o’tgan. Ammo ma’lum vaqtgacha amaliyotda ikki darajali TJABS qurilishining nazariy jihatdan yaxshi ishlangan sxemalari juda murakkab, qimmat yoki ishga yaroqsiz bo’lib ko’ringan. Negaki, birinchi navbatda rejada ma’lumotlarni qayta ishlashning raqamli-qurilmali bajaruvchi mexanizmlari va datchiklarning o’zaro mos kelishi, avtomatlashtirish vositalarining umumiy-yo’nalishli rivojlanishi talab etilgan va hisoblash texnikasining yuqori qiymatidek bunday chegarani yengib o’tish kerak bo’lgan. Ikkala muammoning yechimi dasturli-boshqaruvli mikroprotsessorli kontrollerlarning yaratilishiga olib keldi. Dasturli kontrollerlar raqamli, analogli, diskretli datchiklar va bajaruvchi qurilmalar bilan aloqa qilish va ularni boshqarish uchun maxsus ishlangan bloklarga ega. Kontrollerlarning keng ommalashishi shaxsiy kompyuterlarning takomillashish vaqtiga to’g’ri kelgan. SHuning uchun ham oddiy, qimmat bo’lmagan haqiqiy TJABS larni kundalik hayotda EHM atamasining o’rniga “SHaxsiy kompyuter” yoki, shunchaki “kompyuter” atamasi qo’llanila boshlagan vaqtda paydo bo’lgan deyish mumkin. Dasturli kontrollerlarning qo’llanilishi bilan TJABS qurilishining sxemasi quyidagi zanjir ko’rinishi oldi: operator - boshqaruv kompyuteri - dasturli boshqaruv kontrolleri - datchiklar va bajaruvchi qurilmalar. Axborot almashinish ikkita yo’nalishda bo’ladi. Bu sxema bo’yicha TJABS ni qurishda operator bajaruvchi qurilmalarni boshqarib, datchiklardan kelayotgan axborotni qabul qilib turib texnologik jarayonga bevosita ta’sir ko’rsata olmaydi. Prinsipda parallel qo’l boshqaruvi yaratilgan bo’lsa ham ko’plab holatlarda sistemaning zaruriyligi va ishonchliligi yo’q, halokatli vaziyatlarda esa boshqaruv kompyuteri va kontroller ishini to’xtatib qo’yishi mumkin. TJABS ning bunday arxitekturasi shuni ko’zda tutadiki, har bir apparat ikkala daraja funksiyasining bir qismini qabul qilishi mumkin. Masalan, texnologik jarayon boshqaruv funksiyasining barchasini boshqaruvchi kontrollerga topshirish mumkin, yuqori darajaning kompyuteri esa bu holatda, faqat jarayonning ketishini aks ettiradi. Kontrollerlarni esa o’tkazuvchi bo’g’in sifatida ishlatish mumkin, barcha jarayonni kompyuter yoki hatto operator boshqarishi mumkin. Amaliyotda ko’p hollarda datchiklardan kelayotgan axborotlarni qayta ishlash funksiyalarining hammasi, boshqaruvga oid qarorlarning qabul qilinishi boshqaruv kompyuteri va kontroller o’rtasida taqsimlanadi. Operator faqat texnologik jarayonning boshlang’ich shartlarni beradi, zaruriy vaziyatda jarayonni o’zi muvofiqlashtiradi. Bunday arxitektura ABS ni oson kengaytirishga imkon beradi. Bir vaqtda bir nechta jarayonni bittaga birlashtirish yoki bir nechta jarayon bilan boshqarish zaruriyligi vaziyatida hech qanday ta’qiqllov, hech qanday cheklov yo’q. Yuqori darajaning kompyuteri texnologik jarayonga aloqasi bo’lmagan vazifalarni (bugalteriya, marketing bo’limi, kadrlar bo’limi ishlarini) bajaruvchi boshqa kompyuter bilan bog’langan bo’lishi mumkin. Bunday holatda TJABS informatsion-boshqaruv sistemasi komponentlarining bir qismidan iborat bo’lishi mumkin.[7]


Download 3.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali

Download 3.77 Mb.