Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi




Download 3.77 Mb.
bet4/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi — axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo’llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo’ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar majmuidir.

Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining tashkil qilinishi iqtisodiy ob’ektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ko’maklashadi va boshqaruv sifatini ta’minlaydi. Korxonalar, firmalar va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining eng katta samaradorligiga erishiladi. SHu bois avtomatlashtirilgan axborotlar tizimlarining faoliyat yuritish sharoitlarida boshqaruv jarayoni ob’ektning o’ziga xos tarkibiy-dinamik hususiyatlarini ko’proq yoki kamroq adekvat (o’xshashmas) aks ettiruvchi iqtisodiy-tashkiliy modellarga asoslanadi.

Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining asosiy tarkibiy komponentlari quyidagilardir:


  • Texnik ta’minot;

  • Dasturiy ta’minot;

  • Ma’lumotlar bazasi;

  • Telekommunikatsiyalar;

  • Insonlar (tashkiliy ta’minot);

  • Protseduralar.

Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini tashkil qilish tajribasi, muvofiqlashtirilgan usullarni iqtisodiy ish faoliyatiga tadbiq etish, ishlab chiqarish, xo’jalik jarayonlarining vaziyatlarini shakllantirish, davlat va tijorat tuzilmalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash boshqaruvda axborot jarayonlari texnologiyasini tubdan o’zgartiradi. Hozirda boshqaruv faoliyatining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi ko’plab tashkil qilinmoqda.

Boshqaruv ob’ekti faoliyat yuritishining sohasi bo’yicha tizimlarning tasnifi ravshan bo’lgani uchun, quyidagi alomatlarni ko’rib chiqamiz. Boshqaruv jarayonlarining turlari bo’yicha avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi quyidagilarga bo’linadi:



  • Texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

  • Bu texnologik qurilmalar, dastgohlar, avtomatik liniyalarni boshqarishni ta’minlovchi «inson-mashina» tizimlaridir;

  • Tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

  • Texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi va korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiini birlashtiruvchi ko’p darajali tizimdan iborat;

  • Tashkiliy boshqaruvning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi uchun iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichida amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish, xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, vazifaviy jarayonlar ob’ekti bo’lib xizmat qiladi, hususan:

1) statistika avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

2) fond bozori avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

3) moliya avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

4) sug’urta avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

5) bojxona xizmati avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

6) bank avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

7) marketing avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;

8) sanoat korxonalari va tashkilotlari avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi va boshqalar.



Hozirda kompyuter muhitida ishlovchi mutaxassislar o’n yil oldingi, axborot hisoblash markazlari sharoitida markazlashtirilgan holda ishlab chiqilgan texnologiyalar ustunlik qilgan davrda mehnat qilganlaridan farq qiladi. Eng avvalo hozirgi sharoitda faoliyat yuritayotgan zamonaviy axborot texnologiyalarida, avvalda bo’lganidek, tizimdan foydalanuvchi, iqtisodchi, vazifalarni qo’yuvchi, operator, dasturchi, xizmat ko’rsatuvchi texnik xodimlarning vakillari o’rtasida aniq farqlar yo’q. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi ishlab chiqaruvchisi va foydalanuvchisi o’rtasida yaqin vazifalarga qadarlik yengib o’tib bo’lmaydigan «devor» qulagan. Hozirda tayyor instrumental dasturiy vositalar mavjudki, ular izohlash usuli bilan shaxsiy dasturiy-yo’naltirilgan maxsulotlar — amaliy dasturlar paketlarini tezda ishlab chiqishga imkon beradi. Buning uchun korxonalar ishini loyihalash yetarlidir.


Download 3.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi

Download 3.77 Mb.