AIJ lari tizimini yaratishning mavjud texnologiyalari taxlili




Download 3.77 Mb.
bet8/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33

1.3. AIJ lari tizimini yaratishning mavjud texnologiyalari taxlili.


Avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) — yakuniy foydalanuvchiga ma’lumotlarni ishlab chiqish va aniq muammoli soxada boshqaruv vazifalarini avtomatlashtirishni ta’minlovchi axborot, dasturiy va texnik resurslar majmui sifatida namoyon bo’ladi.

AIJ tashkil qilinishi shuni nazarda tutadiki, axborotlarni jamlash, saklash va qayta ishlash bo’yicha asosiy operatsiyalar hisoblash texnikasining zimmasiga yuklanadi, iqtisodchi esa qo’lda bajariladigan operatsiyalar va boshqaruv qarorlarini tayyorlashda ijodiy yondashishni talab qiluvchi operatsiyalarning bir qismini bajaradi. SHaxsiy texnika foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilish, vazifa yechilishi jarayonida ayrim o’lchamlar miqdorini o’zgartirish hamda AATda joriy vazifalarni hal qilish uchun dastlabki ma’lumotlarni kiritishda qo’llaniladi. AIJ boshqaruv faoliyatini ratsionalizatsiyalash va kuchaytirish uchun vosita sifatida vazifalarning ba’zi bir guruhlarini bajarilishini ta’minlashda tashkil qilinadi. Axborotli-ma’lumotiy xizmat ko’rsatish AIJning eng oddiy vazifasidir. Ushbu vazifa u yoki bu darajada har qanday AIJga xos bo’lsa ham, uni amalga oshirilishi xususiyati ko’proq foydalanuvchining kategoriyasiga bog’liq.

AIJ aniq muammo soha sifatida muammoli-kasbiy yo’naltirishga ega. Kasbiy AIJ avtonom ish joylari, katta EHMlarning akdiy terminallari, mahalliy tarmoqlardagi ishchi stantsiyalar rolini o’ynagan holda insonning hisoblash tizimlari bilan muloqotining asosiy vositasi bo’ladi. AIJ ochiq arxitekturaga ega va muammoviy sohalarga osonlik bilan moslashadi.

AIJni bir joyga to’plash ma’lumotlar kelib tushgan zahoti darhol tezkor ishlab chiqishning amalga oshishiga, ishlab chiqish natijalarini foydalanuvchining talabi bo’yicha keragicha bo’lganicha uzoqroq saqlashga imkon beradi.

Boshqaruv jarayonlarini amalga oshirish sharoitlarida AIJni tadbiq etishdan maqsad boshqaruv vazifalari integratsiyasini kuchaytirishdan iborat, har bir ko’proq yoki kamroq «aqliy» ish joyi esa ishni ko’p vazifaviy tartibda ta’minlashi kerak.

SHaxsiy kompyuter (SHK) larning paydo bo’lishi bilan ularni to’g’ridan-to’g’ri xodimning ish joyiga o’rnatish va dasturchi bo’lmagan foydalanuvchiga mo’ljallangan yangi aslahaviy vositalari bilan jihozlash mumkin bo’ldi. Kasbiy yo’naltirilgan vazifaviy va ta’minlovchi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan va bevosita ish joyiga o’rnatilgan SHKni avtomatlashtirilgan ish joyi deyila boshlandi. Boshqacha qilib aytganda, AIJ — AATning boshqaruv ob’ektining tuzilishi va maqsadlarini tasdiqlashning mavjud tizimiga muvofiq ajratilgan va mustaqil dasturiy apparatli majmua ko’rinishida rasmiylashtirilgan ba’zi bir qismidir.

AIJ o’zida butunlay vazifaviy axborot texnologiyalariga (VAT) yoki bir qismiga ega bo’ladi. VATlarining ayni qaysi qismi u yoki bu AIJga mustahkamlanishi (mujassamlanishi) hammadan avval boshqaruv ob’ektining tuzilishidagi maqsadlarning dekompozitsiyasi bilan belgilanadi. VATni AIJga butunlay taqsimlanishi predmetli texnologiyalarning talablarini buzmasligi kerak. Boshqaruv tuzilmasiga VATni bog’lash predmetli vazifani yechishning taqsimlovchi tizimini yaratishga imkon beradi. VAT ishtirokchilarining kompyuterlari o’rtasida taqsimlanish yoki saqlanayotgan ma’lumotlarga, yoki bu ma’lumotlarni ishlab chiqish jarayonlariga tegishli bo’lishi mumkin.



Download 3.77 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AIJ lari tizimini yaratishning mavjud texnologiyalari taxlili

Download 3.77 Mb.