Embarcadero RAD Studio da dasturlarni qayta ishlash bosqichlari




Download 3.77 Mb.
bet16/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Embarcadero RAD Studio da dasturlarni qayta ishlash bosqichlari

Dasturlash – bu buyruqlar ketma-ketligini kiritish bo’lib, uni yaratishda quyidagi bosqichlar bosib o’tiladi:



  1. Qo’yilgan masalani dasturlash mumkinligini tekshirish;

  2. Qo’yilgan masalaning algoritmini tanlash yoki qayta ishlash;

  3. Buyruqlarni yozish;

  4. Dastur xatoliklarini tekshirish;

  5. Testdan o’tkazish.

  6. Yordamchi tizimlarni yaratish

  7. O’rnatuvchi disklarni yaratish (CD-ROM)

Qo’yilgan masalani dasturlash mumkinligini tekshirish - asosiy bosqichlardan biri bo’lib, masalaning qo’yilishi sinchkovlik bilan tekshiriladi va natija olish uchun ma’lum bir formaga keltiriladi, har qanday holatda ham dasturnining ishlashi rejalashtiriladi (masalan, noto’g’ri ma’lumot kiritilganda).

Qo’yilgan masalaning algoritmini tanlash yoki qayta ishlash bosqichida natija olish uchun kerak bo’ladigan muhit tekshiriladi. Agarda masala turli usullar bilan yechiladigan bo’lsa, dasturchi eng qulay, ya’ni tez va aniq ishlaydigan usulni tanlaydi. Algoritmni qayta ishlash bosqichi natijasi sifatida algoritm so’z yoki blok-sxema orqali ifodalanadi.

Buyruqlarni yozish – dasturga qo’yilgan talablar tekshirilganidan va algoritmi tuzilganidan so’ng, bu algoritm tanlangan dasturlash tillaridan birida yoziladi. natijada dastur matni paydo bo’ladi.

Dastur xatoliklarini tekshirish bosqichida yaratilgan dastur ichidagi xatoliklar izlanadi. Dasturdagi xatoliklar ikki qismga bo’linadi: sintaktik (matn ichidagi xatoliklar) va algoritmik. Sintaktik xatoliklarni (biron-bir belgilarning almashganligi, tushirib qoldirilganligi va hokazolar) oson topiladi. Algoritm xatoliklarini topish mushkulroq kechadi. Ma’lumotlarni kiritish bir-ikki bor takrorlanganda dastur to’g’ri ishlasa, xatoliklarini tekshirish bo’limi yakunlangan hisoblanadi.

Testdan o’tkazish bosqichi o’ta muhim bo’lib, yaratilgan dasturdan boshqalar ham foydalanishi hisobga olinadi. Bu bosqichda eng ko’pi bilan qancha ma’lumotni ko’tara olishi va unda kiritilishi mumkin bo’lgan noto’g’ri ma’lumotlar tekshiriladi.

Yordamchi tizimlarni yaratish. Agar yaratilgan dastur boshqa foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladigan bo’lsa, u holda dasturchi foydalanuvchiga qulay bo’lishi uchun albatta yordamchi tizimlarni yaratishi kerak. Zamonaviy dasturlarda yordamchi axborotlar CHM yoki HLP fayl ko’rinishida bo’ladi. yordamchi tizimlar tarkibiga dasturni o’rnatish bo’yicha ko’rsatmalar ham kiradi. Ular readme nomli TXT, DOC yoki HTM fayl formatlaridan birida bo’ladi.

O’rnatuvchi disklarni yaratish. O’rnatuvchi disk yoki CD-ROM foydalanuvchiga dasturchining yordamisiz kompyuterga dasturni o’rnatish imkoniyatini yaratadi. Odatda o’rnatuvchi disklarda dasturni o’rnatish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi (Readme-fayl).

Dastur yaratishning birinchi bosqichida dasturchi qo’yilgan masalani yechish uchun bajariladigan ishlar ketma-ketligini aniqlab olishi kerak, ya’ni algoritmni qayta ishlash kerak. Algoritm - berilgan ma’lumotlardan foydalanib, ko’zlangan natijaga erishish jarayonini aniqlashdir.

Algoritmning blok-sxema ko’rinishida berilishi masalani yechish uchun bajarilishi kerak bo’lgan ifodalar ketma-ketligini aniqlaydi.

Embarcadero RAD Studioda dasturlashda masalani yechish algoritmi hodisalarni qayta ishlash protseduralarining algoritmlaridan tashkil topadi.

Embarcadero RAD Studio dasturlash tili muhitida dastur yozish uchun Embarcadero RAD Studio dasturlash tilidan foydalanladi. Embarcadero RAD Studioda dastur operator deb yuritiluvchi buyruqlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Bir buyruq boshqasidan nuqtali vergul bilan ajratiladi.

Xar bir buyruq identifikatorlardan tashkil topadi. Identifikator quyidagilarni ifodalashi mumkin:



  • tilning buyruqlari (:q, if, while, for);

  • o’zgaruvchilar;

  • konstantalar (butun va kasr sonlar);

  • arifmetik (+, -,*,/) yoki mantiqiy (and, or, not) amallar;

  • qism dasturlar (protsedura yoki funktsiya);

  • qism dastur (procedure, function) yoki bloklarni boshlanishini (begin) yoki yakunlanishini (end) belgilash.



Download 3.77 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Embarcadero RAD Studio da dasturlarni qayta ishlash bosqichlari

Download 3.77 Mb.