1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va




Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/43
Sana11.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#45003
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari
Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMT


1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. 
Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va ma’lumotlar hajmining tez 
sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy kompleksning yaratilishiga olib keldi.
Ma’lumotlar bazasi — biror sohaga oid o’zaro bog’langan ma’lumotlar yig‘indisining disk 
tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi — 
bu komputer xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va 
tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki 
obyektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — bu dasturiy va apparat vositalarining 
murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi 
va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash 
tillariga ham ega bo’lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, 
Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. 
MBBT asosiy xususiyatlari — bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda 
ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. 
Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar 
banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
• fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvini quvvatlaydi; 
• ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi; 
• har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi; 
• bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi.

Download 1.05 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va

Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish