1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va




Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana11.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#45003
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari
Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMT
relyatsion hisoblash deyiladi. Relyatsion hisoblash predikatlarni hisoblashga asoslangan 
bo’lib ifodalarni yozishga mo‘ljallangan qiodalar to‘plamidan iboratdir. Ular yordamida biz 
mavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta’minlaymiz. Bunday ifodalarni 
yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va mavjudlik kvanteri va umumiylik kvanteri 
ishlatiladi.
Hozirgi paytda relyatsion MBBT ni taraqqiyotida yangi til QBE tili ishlamoqda. Bu tilda 
relyatsion algebra va relyatsion hisoblashlarda ko‘zda tutilmagan bir qancha imkoniyatlar 
kirgan. Bu tilni hususiyati shundan iboratki, u terminallarda ishlashga mo’ljallangan. 
So‘rovlarni yaratish uchun maxsus ekran redaktoridan, munosabat va redaktorlaridan 
foydalanamiz. QBE tilida foydalanuvchi o‘zi olishini mo‘ljallagan natijani so‘rov ko‘rinishida 
tasvirlaydi va MBBT uni kerakli amallar ketma – ketligiga aylantirib beradi.
 
10. Ma’lumotlar bazasini rejalashtirish. 
 
Ma'lumotlar bazasi tizimini yaratish hayot siklini samarali tashkil etishga
imkon beradigan boshqaruv faoliyati. 
 
 


Tashkillashtirishning axborot tizimi umumiylashtirilib integratsiyalanishi lozim. 
Ma’lumotlar bazasini rejalashtirish quyidagi boshqaruv standartlarini tashkil etishni o`z 
ichiga oladi: 
- ma’lumotlarni qay darajada to`planganligi;
- qay darajada alohida formatga ega ekanligi; 
- qandaydir kerakli hujjatlarni to`planganligi; 
- qay darajada loyihalash va amalga oshirishganligi.
 
11. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. ↓ (12-savolga qarang) 
 
12. Ma’lumotlar bazasining asosiy tushuncha va terminlari. 
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va 
undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat 
taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish 
uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Ma’lumki, MB tushunchasi 
fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. 
Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan 
masala uchungina o‘rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar 
qaytadan tashkil qilinar va bu yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. 
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma’lumotlarga 
ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet 
sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet 
sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan 
real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish 
instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita 
muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi va ko’rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq 
bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini 
o‘zgartirganda, dasturlarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma 
tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va 
qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan 
farqlaymiz, 
ya’ni axborot so‘zini 
umumiy 
tushuncha 
sifatida 
qabul 
qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda 
tutamiz. 
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo’yicha 
tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat 
ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.



Download 1.05 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va

Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish