• Ma’lumotlar bazasi
  • 1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va




    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/43
    Sana11.03.2023
    Hajmi1.05 Mb.
    #45003
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
    Bog'liq
    1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari
    Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMT
    Tizilmalashtirish – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. 
    Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo’lmasa, u holda ular 
    tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn 
    fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko’rsatish mumkin. 
    Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari
    predmet sohasidagi mutaxassislar bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy 
    texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va 
    foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni 
    ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga 
    oshirishni nazarda tutadi.
    Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro 
    bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning 
    xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. 
    MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal 
    qulaylikni yaratib beradi. Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni 
    katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi 
    ma’lumotlarning aniq bir strukturaga ega bo’lishi, birinchidan foydalanuvchiga 
    ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, 
    ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni 
    tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli 
    ko’rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko’rinishdagi 
    ma’lumotlardan zamonaviy komputerlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash 
    masalasi hal qilindi. Komputerlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan 
    muayyan tuzilmali fayl bo’lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir. 
    Demak, ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir strukturada saqlanadigan ma’lumotlar 
    to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma’lum bir strukturaga ega 
    bo’lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo’lgan fayldir. 

    Download 1.05 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va

    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish