• 6. Relyatsion modelining asosiy tushunchalari. Mohiyat
  • 1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va




    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/43
    Sana11.03.2023
    Hajmi1.05 Mb.
    #45003
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari
    Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMT
    5. Mohiyat aloqa diagrammasi.
    Hozirgi kunda axborot tizimlarini loyihalash va predmet sohasini tavsiflash uchun ko‘p 
    usullar mavjud. Shulardan biri ER (Entity-Relation) ya’ni mohiyat-aloqa usulidir.
    Bu model 1976-yil Piter Chen tomonidan kiritilgan bo‘lib, u o‘ziga bir qator grafik 
    diagrammalarni oluvchi bir necha har xil turdagi komponentlarni birlashtirgan.
    Piter Chen mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyatsion ma’lumotlar 
    strukturasini interpretatsiya qilishni taklif qiladi. ER modelining asosiy komponentlari 
    mohiyat, bog‘lanish va atribut hisoblanadi.


    Predmet sohani mohiyat aloqa usulida 
    tavsiflaganda quyidagi bosqichlarda ish 
    olib boriladi:
    1. Predmet sohani obyektlari aniqlanadi.
    2. Obyekt sohalari (atributlari) belgilanadi 
    va uning kalit parametri aniqlanadi. Kalit 
    parametri obyektni identifikatsiyalaydi.
    3. Obyektlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi va 
    ular sinflarga ajratiladi.
    4. Maxsus belgilar kiritilib, mohiyat aloqa 
    diagrammasi o‘rnatiladi. Bu diagramma 
    Predmet sohasining infologik modeli 
    grafik tasviri hisoblanadi.
    6. Relyatsion modelining asosiy tushunchalari. 
     
    Mohiyat — har xil obyekt, uning ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat 
    odam, joy, samolyot, reyslar, gullar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mohiyat turi va 
    mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir-biridan farqlash kerak. Mohiyat turi 
    tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasiga 
    aniq narsalar to‘plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR, uning nusxasi 
    esa — TOSHKENT, MOSKVA bo’lishi mumkin. 
    Atribut — mohiyatni xarakterlovchi nomlar. U o‘zida yagona murakkab bo’lmagan 
    strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan, “O‘quvchi” mohiyati 
    atributi — kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalar. 
    Mohiyat atributlari to‘plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan 
    foydalanuvchi talabiga va yechiladigan masalaga bog‘liqdir. 
    Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyati atributi bu — tur, marka, nomer belgisi, rangi va 
    boshqalar. Bu yerda tur bilan nusxa orasida farq mavjud. Rang atributi turi ko’p qiymatli 
    yoki nusxali: qizil, ko’k, oq va boshqalar. 
    Mohiyat va atribut turlari orasida absolyut farq yo‘q. 
    Mohiyat turi bilan aloqada faqat atribut bor. Boshqacha kontekstda atribut o‘zi mustaqil 
    mohiyat bo’lib qatnashishi ham mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun rang — bu 
    faqat ishlab chiqarish mahsuloti atributi, lok-bo‘yoq fabrikasi uchun esa rang — mohiyat 
    turidir. 
    Kalit — atributlarning minimal to‘plami, uning qiymati yordamida kerakli mohiyat 
    nusxasini topish mumkin. Masalan, samolyotlar uchishi uchun “Reys jadvali” mohiyati 
    kalitlari “Reys nomeri” yoki “Jo’nash joyi”, “Uchish vaqti” va “Qo’nish joyi” to‘plami 
    bo’lishi mumkin. 
    Aloqa — ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishidir. Agar 
    ma’lumotlar bazasini faqat bir-biri bilan bog‘lanmagan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga 
    yo‘naltirilsa, u holda uning strukturasi juda oddiy bo’ladi. Lekin, MBni tuzishning asosiy 


    talablaridan biri — bu boshqa mohiyat qiymati bo’yicha bitta mohiyatni izlab topish 
    imkoniyatini ta’minlashdir. Buning uchun ular orasida aloqani aniqlashni tashkil etish 
    zarur. Real ma’lumotlar bazasida yuzlab yoki minglab mohiyatlar bir biri bilan millionlab 
    bog‘lanish o‘rnatishi kamdan kam. Bunday bog‘lanishlar to‘plami infologik modelning 
    murakkabligini bildiradi. 

    Download 1.05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va

    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish