|
2-Mavzu: Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqaruv tizimi
|
bet | 1/6 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 230 Kb. | | #107376 |
Bog'liq 2-Mavzu Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqa
2-Mavzu: Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqaruv tizimi.
REJA:
1.Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish.
2. Ta’lim menejmenti boshqaruvida mehnat taqsimoti.
3.Ta’lim sifatini rejalashtirish.
4.Ta’lim sifatini boshqarishning innovatsion xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar: maktabgacha ta’lim, boshqaruv, taraqqiyot, ilk qadam, mazmun-mohiyat, jamiyat,davlat talablari.
1.Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida yuz berayotgan ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy - ma’rifiy o‘zgarishlar ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ta’lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan yangi tahrirdagi Ta’lim to’g’risidagi qonunida uzluksiz ta’lim tizimida bolalarni o‘quv fanlari bo‘yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo‘lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkllotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatai tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan. Shuningdek bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ta’lim-tarbiyaishlarining samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish ko‘rsatilgan. Bu vazifalami amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyachilar zimmasiga yuklanadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlaming yangi avlodini shakllantirish, shuningdek har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.
Ushbu pedagogik g‘oya ta’lim tizimi oldiga:
-ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
-kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
-ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi.
Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasida 15-модда. Таълим олиш шакллари 15-модда. Таълим олиш шакллариTa’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasida18-модда. Оилада таълим олиш ва мустақил таълим олиш Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim oluvchilarning toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi. Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to'g'risida"gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani tarbiyachi pedagoglar amalga oshiradi. Har bir ota-ona o'z farzandining bilimdon, yuksak mahoratli, odobli pedagog-tarbiyachi qo'lida ta’lim-tarbiya olishini xohlaydi.
Jamiyat talabi darajasidagi tarbiyachi-pedagoglarni yetishtirish pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi zimmasiga tushadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik - pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6 -7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu - davlat tomonidantashkil etiladigan tashkilot bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’llanadigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intelluktual jihatdan maktabda o’qishga tayyorlashni nazarda tutadi.Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning barcha bo’g’inlari bilan mustahkam aloqa va uzviy bog’liqlikda olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muxofazasida bo‘lish huquqiga ega” degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan, 45-moddasida voyaga yetmaganlar davlat himoyasida ekani 64-moddasida esa “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” deb qayd etilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ana shu huquqiy asoslarga tayangan holda oila va jamiyatning bolalarga g’amxo’rlik qilish, milliy va mintqaviy xususiyatlarni e’tiborga olib, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu — davlat tomonidan tashkil etiladigan tashkilot bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.
O‘zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. O’lkamizda XIX asrning 80-90-yillariga kelib maktabgacha ijtimoiy tarbiya tizimini vujudga keltirish g’oyalari yetila boshladi. O’sha davrda yashab ijod etgan ma’rifatparvar mahalliy ziyolilar ayollarning og’ir ahvoliva bolalar nazoratsizligini e’tiborga olib, bu masalaning yechimini izlay boshlaydi. Jumladan, 1872- yilda Turkistonda tuzilgan “Jamiyati hayriya” tarkibiga kirgan ziyolilar vakillari tomonidan miskinlar uylari, tunash joylari, ilk tug’ruqxonalar bilan bir qatorda, ota-onasi bo‘lmagan bolalar uchun yetimxonalar (dastlabki bolalar uylari) tashkil etildi. Butun Turkiston bo’yicha 150-200 nafar bolani qamrab olgan ushbu yetimxonalarda ham yasli yoshidagi, ham maktab yoshidagi bolalar tarbiyalangan. 1891-yilda “Bog’dorchilik” jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog’ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi” ko’rinishida birinchi bolalar bog’chasi ochilgan. Bolalar bog’chasi uchun istirohat bog’i hududidan sersoya joy ajratib berilgan bo‘lib, bu yerda arg’imchoqlar, qayiqlar o’rnatilgan, turli o’yinchoqlar tayyorlangan. Bundan tashqari, maydonchada kattagina gulzor tashkil etilib, bu yerda bolalar o’simliklarni parvarish qilish bilan mashg’ul bo‘lgan. Ammo 1891-1903 yillar mobaynida mablag‘ taqchilligi sababli bog’cha bir necha marta yopilgan.
1896-yilda Turkistonda vasiylar kengashi kambag’allarning bolalari uchun “yasli”lar deb ataladigan tashkilotlarni tuza boshladi. Yasli ishlarini nazoratchi-uslubchi ayol boshqargan, shuningdek xizmat qiluvchi xodimlar ham bo‘lgan. Bu tashkilotlarda bolalarga o’qish, yozish, sanash bilan bir katorda, talay hunarlar ham o’rgatilgan. Biroq butun o’lka bo’ylab shunday yaslilardagi bolalar soni 50-60 nafar boladan oshmagan. Bundan tashqari, mahalliy ziyolilarning sa’y-harakati bilan kambag’allarning bolalari uchun Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Namanganda yetimxonalar (bolalar uylari) tashkil etilgan.
1903 yil fevral oyida Toshkentda “Oilaviy ta’lim” - xor bo‘lib qo’shiq kuylash, o’qish, rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, gimnastika mashqlari muayyan jadval asosida olib borilgan. E’tiborli jihati shundaki, mazkur to’garak doirasidagi ayrim bolalar bog’’chalarida ota-onalar talabi bilan fransuz va nemis tillari tekin o’rgatilgan.
1937 yil 3 mayda qabul qilingan “Bolalar bog’chalari to‘g‘risida”gi qarorda “Qaramog’ida bolalar bog’chalari bo‘lgan xo’jalik tashkilotlari va tashkilotlari zimmasiga tegishli ittifoqdosh respublikalarning Sog’liqni saqlash va Xalq maorifi komissarliklari tomonidan bolalar bog’chalari sanitariya-gigiena qoidalari, binolar, jihozlar, qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar bilan ta’minlash, bolalarni ovqatlantirish va ularga tibbiy yordam xizmati ko’rsatish yuzasidan belgilangan me’yorlarga rioya qilish vazifasi yuklansin”, deb ta’kidlangan. Jumladan, sog‘liqni saqlash xalq komissarining buyrug‘iga asosan:
- bolalar bog’chalariga shifokorlarni biriktirish va kamida 100 ta bola tarbiyalanayotgan har bir bolalar bog’chasiga bitta hamshira bilan ta’minlash, bolalar poliklinika va ambulatoriyalari hamda umumiy poliklinika va ambulatoriyalarning bolalar bo‘limlari tashkil etib,bolalarga tibbiy yordam ko’rsatish;- bolalar bog’chalarini birinchi yordam dori-darmonlar bilan ta’minlash;
- musiqa mashg’ulotlarini olib boradigan xodimlar oylik maoshi uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda bolalar bog’‘chalari va bolalar maydonchalarining tarmog’i deyarli ikki barobar ko’paydi. 1944 yil 1 yanvariga kelib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 54 ming nafarni tashkil etdi. Shu yillarda O‘zbekistonning bolalar bog’chalarida sobiq ittifoqning boshqa respublikalaridan ko’chirib keltirilgan 16000 dan ziyod, shu jumladan, 400 ta ota-onasiz qolgan bola tarbiyalangan.
Xalq maorifi komissarlari kengashning 1944 yil 10 noyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlarini kengaytirish hamda xotin-qizlar va bolalarga tibbiy yordam va maishiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash tadbirlari to’g’risida”gi qarorida respublikalar rahbar idoralariga bolalar yaslilari, go’daklar uylari, bolalar maslahat joylari, emizikli bolalarga sut tayyorlab beruvchi tashkilotlar, bolalar bog’chalari va bolalar uylari tarmog’ini kengaytirish, bolalarni mazkur tashkilotlarga to’liq jalb etishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Shuningdek yolgiz onalarning o‘z bolalarini tarbiyalashiga ko’maklashish maqsadida bolalar yaslilari va bolalar bog’chalarida ularning farzandlarini kun davomida qabul qilish tashkil etilgan.
Xalq maorifi komissarlari kengashining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yanada rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy yordam ko’rsatishni yaxshilash choralari to‘g‘risida”gi 1959 yil 21 may qarorida quyidagilar nazarda tutilgan:
- maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona tizimini shakllantirish maqsadida, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni e’tiborga olib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ikki turi — yasli va bolalar bog’chasini yagona maktabgacha ta’lim tashkilotsi sifatida tashkil etish va ularga xalq maorifi komissarligi rahbarlik qilishi belgilab qo’yilgan;
- bundan buyon barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar turar joylarini yaqinlashtirish maktabgacha ta’lim tashkilotlari na’munaviy loyiha asosida ko’rilishi;
- ittifoqdosh respublikalarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida nizom ishlab chiqish;
- pedagogika fanlari va tibbiyot akademiyalari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish;
- tarbiyachilar va tibbiy yordam xodimlarini tayyorlash;
- bolalarni ovqatlantirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlar bilan ta’minlash;
- bolalar bog’chasiga qatnamaydigan bolalar uchun bolalar istirohat bog’ va hiyobonlarida, hovlilarda maydonchalar tashkil qilish va ularni jihozlash ishlari tashkil etish;
- aholi o’rtasida ma’ruzalar o’qish, suhbatlar o‘tkazish, ommaviy-ilmiy adabiyotlarni ko’p nusxada nashr etish;
- bolalarni tarbiyalash va ularning sog‘lig‘ini saqlash masalalarini yurituvchi badiiy adabiyotlar nashr etish, kinofilmlar yaratish, radio, televidenie eshittirishlarini kengaytirish kabi vazifalar belgilab qo’yilgan.
Ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish va zaruriy sharoitlar yaratish, shuningdek, boshqaruv jarayonini qayta tashkil etishda rahbarlar mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha ishonchli va asosli axborotlar to‘plashda mazkur usullardan tashkil topgan axborotlar to‘plash metodlaridan foydalanadi, ya’ni meyoriy hujjatlarni o‘rganadi va ularda belgilangan talablarning bajarilishini tahlil qiladi, o‘quvchilarning bilimini DTS talablari bo‘yicha tekshiradi, shuningdek, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining dinamikasini tahlil qiladi, o‘qituvchilarning darslarini kuzatadi, ochiq darslarga qatnashadi va pedagogik xodimlar faoliyatini o‘rganadi, ta’lim muassasasidagi munosabatlar, rahbar-xodim, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari so‘rovnomalar o‘tkazish orqali aniqlanadi.
To‘plangan ma’lumotlar yillik, yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik va kunlik natijalar bo‘yicha statistik va matematik tahlillar asosida solishtiriladi, zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda, mavjud holat oldingi holatga nisbatan taqqoslanadi va kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilanadi, hamda mazkur vazifalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida qarorlar qabul qilinadi. Ta’lim muassasalarini boshqarishda pedagogik xodimlar hamda o‘quvchilar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, shuningdek, muassasa faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy jarayonlardan biri qaror qabul qilish va uning bajarilishini ta’minlash jarayoni hisoblanadi. Mazkur jarayonda qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va uning bajarilishini ta’minlash ko‘p jihatdan rahbarlarning boshqaruv yo‘nalishidagi bilimi, ko‘nikma va malakasi, kasbiy tajribalariga, bajariladigan vazifalarning xususiyatlariga, shuningdek, muassasada yaratilgan sharoitga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish va uni takomillashtirish yo‘nalishida qabul qilingan qarorlar boshqaruv moxiyatining sifati va ahamiyatini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalarini boshqaruv jarayonida turli xil muammolarni hal etish, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda turli masalalar yuzasidan mohiyati va mazmuni jihatidan bir-biridan farq qiluvchi, shuningdek, muassasaning hamda jamoa a’zolarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qarorlar qabul qilinadi. Qarorlarni qabul qilish jarayonida muayyan vaziyatlardan kelib chiqib baxsli masalalar, turli-tuman fikrlar va tortishuvlar vujudga keladi, bunday paytlarda asosan axborotlarga asoslaniladi. Axborotlarning aniqligi, uni tashkil etuvchi ma’lumot, xabar va yangiliklarning ishonchliligi, ya’ni isbotlanganligi qabul qilinadigan qarorlarning xususiyatlarini belgilab beradi. Qaror - bu boshqaruv faoliyatining shunday shaklini, unda rahbar mehnati gavdalanadi, mehnat jamoasiga maqsadga yo‘nalgan ta’siri o‘z ifodasini topadi. Qaror qabul qilish - rahbarning yetakchi faoliyat jarayoni bo‘lib, keyingi boshqaruv muvaffaqiyatini belgilaydi.
Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Qaror - bu boshqarish faoliyatining oxirgi natijasidir. Agar boshqaruvda mehnat predmeta axborot bo‘lsa, uning mehnat (natijasi) mahsuloti - boshqaruv qaroridir” .Ta’lim muassasasini boshqarishda qabul qilinadigan qarorlar maqsadi, vazifasi, umumiy maqsadlarga yo‘naltirilganligi hamda qabul qilinish xususiyatlariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: strategik, taktik, umumiy, maxsus, stereotip, tashabbusli, an’anaviy, tavsiyali va aniq qarorlar.
|
| |