• Informatika va axborot texnologiyalar fani haqida
  • Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish. Fanning bugungi taraqqiyot darajasi




    Download 48 Kb.
    bet1/3
    Sana13.09.2024
    Hajmi48 Kb.
    #271021
      1   2   3
    Bog'liq
    IRT-2


    Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish.
    Fanning bugungi taraqqiyot darajasi
    Reja:



    1. Informatika va axborot texnologiyalari fani haqida

    2. Fanning maqsad va vazifalari

    3. Fanning bugungi taraqqiyot darajasi


    Informatika va axborot texnologiyalar fani haqida
    «Informatika va axborot tеxnologiyalari» yildan yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada kеng qo`llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va kеng qo’llashdan maqsad - jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarni hal etishdir. Jamiyatni axborotlashtirish dеganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan sohalarida boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta'minlashga qaratilgan komplеks chora–tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish tushuniladi. Axborot xuddi an'anaviy rеsurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan rеsursga aylandi. Hozirgi zamonda biror bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lishi uchun kompyuter savodxoni bo’lishi, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashdan qat‘iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish uslobiyotini bili shva ishlash kunikmalarga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugO’ngi kunda mustaqil Respublikamizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta ko’rish nazarda to’tiladi” deb ta‘kidlangan.
    Davr talabiga ko’ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib bormoqda. Ma‘lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma‘lumotlarni boshqarish tizimlariga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma‘lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yo’z berayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi bo’lgan informatika sohasiga ham o’z ta‘sirini ko’rsatmoqda. Bu ta‘sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuq va o’zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo’lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan o’zgartirdi. Tasavvur qilib ko’ring, yaqin-yaqinlargacha biror masalani kompyuterda yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolarini, natijani taxlil qilishni talab qilar edi. Bu ishni faqat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu sohada mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko’payishi jamiyat oldida ma‘lum qiyinchiliklarni tug’dirdi.
    Axborot texnologiyasi-bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo’lib, ular yordamida biz ma‘lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan hayotdagi turli-tuman masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma‘noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya‘ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.
    Informatika fani nomi lotin tilidan axborotlarni tushuntirish va taxlil qilish ma‘noni bildiradi, bu fan axborotlarni jamlash va qayta ishlash usullarini, axborotlash jarayonini qonuniyatlarini o’rganadi. Informatika atamasi XX asrning 60 yillarida paydo bo’lib, ishlatila boshlandi. Informatikani yuzaga kelish va rivojlanishida hisoblash texnika va boshqa texnik vositalarning o’rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi ko’magida qayta ishlanadi va bu fan o’zining xususiy, yangi, nostandart uslub va usullariga egadir. Demaq informatika bu inson faoliyatining turli jabxalaridagi axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
    Informatika uchun asosiy ashyo - axborot. U informatika fanining asosiy tushuncha sifatida qabul qilingan. Axborot o’zi nima? Axborot bu barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma‘lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanish darajasidir. Axborotlar xabar ko’rinishda bo’ladi. Xabar - bu informatsiyaning so’zlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma‘lumotlar va x.k. ko’rinishdagi turidir. Inson tashqi ta‘sir natijasida sezgi organlar orqali axborotlarga ega bo’ladi. Bo’lar: ta‘m bilish, hid sezish, eshitish, ko’rish, teri-badan sezgisi.
    Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish vositalarga bo’lgan ehtiyoji juda katta. Uzatish vositalari - sputnik televizor, radio, magnitafon, video, telefon va x.k. To’plash va tashuvchi vositalar deb kitob, gazeta, kaseta va disklarni tushunishimiz mumkin. Axborotlarni ustidan har xil amallarni bajarish jarayoni - axborot texnologiyasi deb nomlanadi. Axborot texnologiyasini asosiy texnik vositasi bu kompyuter.

    Download 48 Kb.
      1   2   3




    Download 48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish. Fanning bugungi taraqqiyot darajasi

    Download 48 Kb.