Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi




Download 48 Kb.
bet2/3
Sana13.09.2024
Hajmi48 Kb.
#271021
1   2   3
Bog'liq
IRT-2

Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Hisoblash texnikasining rivojlanishining tarixi shartli ravishda uch davrga bo’linadi:

  1. Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr;

  2. Mexanik va elektromexanik mashinalari davri;

  3. Elektron hisoblash mashinalari davri.

Yer yo’zida eng birinchi hisoblash texnikasi ibtidoiy odamlarning qo’l va oyoq barmoqlaridan iborat bo’lgan va hisobni 20gacha olib borishni ta‘minlagan. Bu tabiiy hisoblash vositasi bo’lgan.
Dastlabki va eng sodda sun‘iy hisoblash asboblaridan biri birka bo’lgan. Hisoblash ishlarining murakkablashuvi yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etgan. Natijada hozirgi chutni eslatuvchi asbob yaratilgan, Shotlandiyalik matematik Jon Neper raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalarni joriy qilgan, va nixoyat logarifmik chizg’ich yaratilgan.
Birinchi mexanik moslamalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan ixtiro qilingan. 1645 yil franso’z matematigi Blez Pascal arifmometr yasagan. Nemis matematigi, mexanigi va faylasufi Gotfrid Leybnits 1673 yil faqat qo’shish va ayrishni emas, balki to’rtala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratadi.
Mexanik hisoblash mashinalarining yaratilishida rus olimlari Z.Slonimskiy (1845 yil), V.Bunyakovskiy (1867 yil), P.L.CHebshev (1880 yil), V.Odner (1889 yil) va boshqalarning xissasi kattadir.
Dastlabki mexanik mashinalar qo’l kuchi yordamida harakatga keltirilar edi. Keyinchalik elektr quvvati yordamida harakatga keltiriladigan mexanik mashinalar yaratildi. Bunday hisoblash mashinalari elektromexanik mashinalar deyiladi. Elektromexanik mashinalarda 8 soatlik ish kunida hammasi bo’lib 2000 amal bajarish mumkin bo’lgan. (1soat 250 amal, 1minutda 4 amal).
XX asr fan va texnikaning taraqqiyoti elektromexanik mashinalarga nisbatan tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalarning yaratilishini taqozo etdi. 1942-1945 yillarda birinchi bo’lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi va bu mashinaga (ENIAC) ENIAK deb, nom berildi. Bu mashinaning og’irligi 30 tonna bo’lib, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampa asosida ishlagan.
1946 yil Amerika olimi Djon fon Neyman (1903-1957) shunday elektron mashinalarini ko’rishni matematik jihatdan asoslab bergan. Keyinroq AQSHda va Buyuk Britaniyada “EDVAK”, “EDSAK”, “SYeAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi. Rossiyada birinchi elektron raqamli hisoblash mashinasini 1948 yil rus olimi S.A.Lebedev boshchiligidagi guruh ishlab chiqdi. Bu hisoblash mashinasi MESM deyilar edi. (МЭСМ-малая электронная станция машина). 1940 yillarning oxirgi va 1950 yillarning boshlari elektron hisoblash mashinalari taraqqiyotining boshlanishi hisoblanadi.
Elektron hisoblash mashinalari hisoblash ishlarini tezrok bajargandan tashqari, elektromexanik mashinalardan farqli o’laroq axborotlarni saqlash imkoniyatiga ya‘ni xotiraga egadir.


Download 48 Kb.
1   2   3




Download 48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi

Download 48 Kb.