• 4. Raqmli iqtisodiyot ­yangi o’zbekiston taraqqiyotining yangi davri XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
  • Axborot jamiyati va unda sun'iy intellektning o'rni Reja: kirish




    Download 89,42 Kb.
    bet1/8
    Sana25.05.2024
    Hajmi89,42 Kb.
    #253702
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Axborot jamiyati va unda sun\'iy intellektning o\'rni


    Axborot jamiyati va unda sun'iy intellektning o'rni
    Reja:
    KIRISH
    1. Raqamli texnologiyalarni rivojlanish tendensiyalari va afzalliklari
    2. Jahon glaballashuvida raqamli tizimning hissasi
    3.Raqamli texnologiyalarni iqtsodiyotiga keng joriy qilgan rivojangan mamlakatlar
    4. Raqmli iqtisodiyot ­yangi o’zbekiston taraqqiyotining yangi davri
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    KIRISH
    Bugungi kunda raqamlashtirish butub dunyoni deyarli barcha sohalarda keng foydalinilmoqda va ular barcha sohalarga yengillik yaratadi. Bundan tashqari raqamli tizimning glaballashuv jarayoniga ham hissasi beqiyos. Misol uchun “Amazon” kompaniyasini olsak, u raqamli tizimda ishlaydi va bu kompaniya mijoz va hairdo o’rtasidagi ko’prik vasifasini bajaradi. Bu kompaniya o’z mahsulotlarini butun dunyo bo’ylab tarqatadi. Uning o’z sayti bor va bu orqali haridorlar dunyoni xohlagan burjagidan turib buyurtma qilishlari mumkin. Bu sayt orqali ular yangi mahsulotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boladi, shu asnoda mahsulotlar globallashadi. Globallashuv jarayonida mamlakatlar raqobatbardoshligini belgilashda iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotning o‘rni bekiyosdir. Iqtisodiyotning qaysi bir tarmoq yoki sohasiga nazar tashlamaylik, barchasida raqamli texnologiyalarning o‘rnini ko‘ramiz. Mamlakat bank tizimidagi xizmatlardan tortib, davlat xizmatlari darajasida ham innovatsion raqamli texnologiyalarning ulushini ko‘rishimiz mumkin. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi bo‘lib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan esa, raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, uning o‘rganish ob’yekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi.
    Yangilanayotgan O‘zbekiston bugun o‘z oldiga shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni maqsad qilib qo‘ygan. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligini fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o‘sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ta’minlaydi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 409-son qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida «Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi» davlat muassasasi tashkil etildi. Markazning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
    - har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash hamda kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    - ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohalaridagi yangi yo‘nalish va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    - raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlar va iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
    «aqlli» va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantirish;
    Raqamli tehnalogiyalarni globallashuv jarayonida tutgan o’rnini o’rganish va tahlil qilish. Bundan tashqari raqamli iqtisodiyot bo’yicha rivojlangan davlatlarning tajribasini o’rganish va uni yurtimiz iqtisodiyotiga joriy qilish yo’llarini o’rganishdan iborat.
    Mamlakatimizda iqtisodiy o’sishni taminlashda raqamli texnalogiyalarni iqtisodiyotimizga keng joriy etish va bu orqali xodimlarning ishini amalga oshirishda qilinayotgan ishlarni o’z ichiga oladi.


    1. Download 89,42 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 89,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot jamiyati va unda sun'iy intellektning o'rni Reja: kirish

    Download 89,42 Kb.