|
Jahon glaballashuvida raqamli tizimning hissasi
|
bet | 5/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 89,42 Kb. | | #253702 |
Bog'liq Axborot jamiyati va unda sun\'iy intellektning o\'rni2 Jahon glaballashuvida raqamli tizimning hissasi
Global tarmoq tuzilmasi.
Umumiy xolatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat beriladi. Aloqa tarmoqchasi ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stansiyalar deb yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai serverlar deb yuritiladi. Serverlar tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish uchun, axborotni dasturiy ta'minot yordamida vazifalarni bajaruvchi kompyuterlardir. Bu uzellar aloqa tarmog’ining ishlash samaradorligini ta'minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli xisoblanadi va global tarmoqda qo’llaniladi.
Glabalashuv jarayonida TMK va bir qator katta kanpanyalarning, misol uchun Amazon, Alibaba, Facebook, Google va Instagramlarning hissasi beqiyos. Ular konpanyani raqamli texnalogiyalar asosida qurgan ular shu mahsulotlarni glabalashishida muhim orin tutadi chunki bu komponyalar mahsalutlarni dunyo boylab tarqatadi va natijada mahsulotlar globalashadi. Hozir bu komponyalar haqida qisqacha malumot berib otaman.
Bir kunda 4 milliondan ortiq buyurtma va 350 million turdagi gajetlar, kiyimlar, maishiy texnika va tasavvur qilish mumkin bo‘lgan boshqa narsalar. Bularning barchasi dunyodagi eng katta savdo maydoni — «Amazon»da.
2014-yildan buyon «Amazon»ning narxi deyarli ikki barobarga oshdi: 180 millard dollardan 350 millard dollarga yetdi, uning asoschisi Jeff Bezos esa dunyoning eng badavlat kishilaridan biriga aylandi. «Bloomberg»ga ishonadigan bo‘lsak, uning boyligi 2017-yil oxirlarida 99,6 milliard dollarga yetgan (ikkinchi o‘rinni esa «Microsoft» asoschisi Bill Geyts 91,3 milliard dollar bilan egalladi).
Alibaba Group Holding Limited — Alibaba Group va Alibaba.com sifatida tanilgan, Xitoyning elektron tijorat, chakana savdo, Internet va texnologiyalarga ixtisoslashgan transmilliy texnologik kompaniyasi. 1999-yil 28-iyunda Chjetszyan shahrining Xanchjou shahrida tashkil etilgan. Kompaniya veb-portallar orqali isteʼmolchidan isteʼmolchiga (C2C), biznesdan isteʼmolchiga (B2C) va biznesdan biznesga (B2B) savdo xizmatlarini taqdim etadi. Elektron toʻlov xizmatlari, xarid qilish qidiruv tizimlari va bulutli hisoblash xizmatlari mavjud. U dunyodagi ko'plab biznes sohalarida turli xil kompaniyalar portfeliga egalik qiladi va ishlaydi. Buyuk Britaniyaning dunyo bozorini oʻrganuvchi «Kantar» kompaniyasi dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingini e’lon qildi. Reytingning kuchli oʻnligidan „Alibaba“ ham oʻrin olgan.
2014-yil 19-sentabrda Nyu York fond birjasida Alibabaʼning ommaviy aksiyalari (IPO) 25 milliard dollarni tashkil etdi va kompaniyani 231 milliard dollar kapitallashuvini taminladi. Shu bilan dunyo tarixidagi eng yirik ommaviy taklif boʻldi. Dunyodagi eng qimmat 10 korporatsiyadan biri va „Forbes Global 2000“ 2020 roʻyxatida dunyodagi 31-eng yirik ommaviy kompaniya deb keltirilgan. 2018-yil yanvar oyida Alibaba raqibi Tencentdan keyin 500 milliard dollarlik savdo hajmidan o'tgan ikkinchi Osiyo kompaniyasi boʻldi. 2020-yilga kelib, Alibaba global brendning oltinchi eng yuqori bahosiga ega boʻldi.
Alibaba dunyodagi eng yirik chakana savdo va elektron tijorat kompaniyalaridan biridir. 2020-yilda u beshinchi yirik sunʼiy intellekt kompaniyasi sifatida ham baholandi. Shuningdek, u eng yirik venchur kapital firmalaridan biri va dunyodagi eng yirik investitsiya korporatsiyalaridan biridir. Kompaniya dunyodagi eng katta B2B (Alibaba.com), C2C (Taobao) va B2C (Tmall) bozorlariga mezbonlik qiladi. U media sohasiga kirib bormoqda, daromadlari yildan-yilga uch baravar koʻpaymoqda. Shuningdek, u dunyodagi eng katta onlayn va oflayn xarid qilish kuni boʻlgan Xitoyning Singles Day kuni (2018 yildagi) rekordini o'rnatdi.
Jahon raqamli iqtisodiyoti kompaniyalarga biznesda yangi funktsiyanal imkoniyatlarni taqdim etadi:
- eng yaxshi etkazib beruvchilarga, mijozlarga, ishchi, moliyaviy manbalarga, qaysi davlatda bo'lishidan qat'i nazar, to'siqsiz chiqish imkoniyati;
- "chegarasiz" biznesni amalga oshirish: chet ellik mijozlar va sheriklar bilan real vaqt rejimida o'zaro aloqalar, global miqyosdagi ta'minot zanjirlarini boshqarish, operatsiyalar va mijozlarga xizmat ko'rsatish vaqtida chet el xodimlarining faoliyatini qo'llab-quvvatlash, uzoq bozorlarda transchegaraviy operatsiyalar;
|
| |