|
2-Mavzu: Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqaruv tizimi
|
bet | 4/6 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 230 Kb. | | #107376 |
Bog'liq 2-Mavzu Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqaTa’lim sifatini rejalashtirish
Ta'lim sifatini boshqarish va nazorat qilish, uzluksiz ta'lim tizimini to'la boshqarish tizimlarini shakllantirish hamda tadbiq qilish - davlat ta'limi siyosati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor yo'nalishlaridan bin sifatida e'tirof etilmoqda.
Ta'lim sifati ustuvorligi ta'lim siyosatining yadrosi sifatida Maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlab, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida boshqaruvning samarali mexanizmlarini yaratish muammosini nihoyatda dolzarb qilib qo'yadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning har tomonlama rivojlanishi, unda "komil inson" asoslarini shakllanishi va yuzaga kelish davri - noyob davr deb belgilanganligi tufayli maktabgacha ta'lim, ayniqsa muhim rol o'ynaydi.
Sifat darajasini e'tirof etish va uni hayotning barcha sohalariga, jumladan, ayniqsa inson va jamiyat bo'lg'usi hayotiy faoliyatining qiyofasini belgilovchi va shakllantiruvchi ta'lim sohasiga singdirish inson hamjamiyatining zamonaviy taraqqiyotiga xosdir. Shu nuqtai nazardan ta'lim "madaniyatli inson" yoki sivilizatsiya va aynan jamiyat rivojlanishining ma'lum bosqichida ijtimoiy-madaniy me'yorlarga javob beruvchi inson shakllanishini ta'minlovchi madaniy-ijodiy vazifani zimmasiga oluvchi umummadaniy qadriyat sifatida (B.S.Gershunskiy, E.N.Gusinskiy, B.T.Lixachev, E.Sh.Qurbonov, E.A.Seytxalilov, A.I.Subetto va boshqalar) gavdalanadi. Shu jihatdan ta'limni "kvalitetizatsiya" (lotincha qualiyas - sifati) bo'lg'usi, zamonaning muhim ijtimoiy jarayonlari dinamikasini, shu jumladan, shaxs rivojlanishi ustuvorligiga sabab bo'luvchi zarurat (E.Sh.Qurbonov, E.A.Seytxalilov), jamiyatining "barqaror rivojlanishi" modeliga o'tish jarayonini ta'minlashga qodir insonni shakllantirishni yuzaga keltiruvchi hal qiluvchi omil sifatida qaraladi.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov, ta'limning hamda amalga oshirilayotgan milliy modeli va dasturining xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy va madaniy rivojlanish, uning intellektual salohiyatini oshishi, jamiyatning gullab yashnashi va taraqqiyotini ta'minlashdagi ahamiyatini ta'kidlar ekan, shunday deydi; "Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi, mubolag'asiz, bizning strategik maqsadlarimiz - farovon, kuchli demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini shakllantirishga erishish uchun asos bo'lishi lozim".
Ta'lim sifati va uni nazorat qilish, uzluksiz ta'lim tizimini to'la boshqarish tizimlarini shakllantirish hamda tadbiq qilish - davlat ta'limi siyosati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Modelining ustuvor yo'nalishlaridan biri, mustaqil yirik ilmiy tadqiqot yo'nalishi va fanning dolzarb vazifasidir.
Ta'lim sifati muammosi umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'limga muvofiq nazariy tahlil qilingan bo'lib (R.Sh.Axlidinov, N.I.Bulinskiy, U.I.Inoyatov, V.A.Kalney, Sh.E.Kurbanov, V.P.Panasyuk, M.M.Potashnik, X.F.Rashidov, E.A.Seytxalilov, N.A.Selezneva, A.I.Subetto, U.Q.Tolipov, P.I.Tretyakov, S.T.Turg'unov, T.I.Shamova, S.E.Shishov va boshqalar tomonidan) bunday boshqaruv, uning texnologiyalarining nazariy, tashkiliy-metodik asoslari ishlab chiqgan.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitida ta'lim sifati va samaradorligini takomillashtirishning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning bazaviy komponentlarining o'ziga singdirish jiddiy nazariy eksperimental tadqiqotlarga muhtoj.
Maktabgacha ta'lim tizimi rivojlanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash ta'limdagi va jamiyatdagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda ularning ta'lim sifatiga ta'sirini belgilash uning boshlang'ich bosqichi bo'lishi kerak.
Har qanday boshqa ilmiy ijtimoiy nazariya kabi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirish nazariyasi ham turli fanlar, awalo falsafa fani tomonidan ishlab chiqilgan umumuslubiy yondashuvlardan, qoidalardan, prinsiplardan kelib chiqadi.
Obyektivlik, o'zaro hamjihatlik, taraqqiyot prinsiplari maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayon sifatini boshqarishning uslubiy asosi hisoblanadi
|
| |