2-Mavzu: Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqaruv tizimi




Download 230 Kb.
bet3/6
Sana29.11.2023
Hajmi230 Kb.
#107376
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mavzu Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqa
Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test
Tavsiyali qarorlar - ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbik etish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ilgor pedagogik tajribalarni ommalashtirish yo‘nalishida qabul qilinadigan qarorlar bo‘lib, bunda ta’lim muassasasini rivojlantirish va pedagogik xodimlarning faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishidagi tavsiyalar o‘z ifodasini topadi. Aniq qarorlar - aniq hamda to‘la-to‘kis isbotlangan ma’lumotlar, xabar va yangiliklardan iborat axborotlar asosida qabul qilinib, ular mazkur qarorlarning bajarilish xususiyatlarini belgilaydi.
Ta’lim muassasalarini boshqarishda qabul qilinadigan qarorlarning sifati va ularning bajarilish samaradorligi uni qabul qilish jarayonida muqobil variantlar bo‘lishi, ya’ni tanlab olish imkoniyatlarining mavjudligi bilan bir qatorda axborotlar bilan ta’minlanganlik darajasiga, axborotlarning aniqligi va ishonchliligiga, mazkur jarayonga mutaxassislarning jalb etilganligi va barcha ijrochilarning ishtiroki ta’minlanganligiga, shuningdek, ma’lumotlarning ilmiy asoslanganligi, qo‘yilayotgan vazifalarning qonuniyligi, yo‘nalishlarning aniqligi, belgilanayotgan muddatlarning aniq va xaqiqiy bo‘lishiga hmda mavjud ziddiyatlar bartaraf etilgan holda ishtirokchilarning ko‘pchiligining roziligi bilan qabul qilinganligiga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan qarorlarni kabul kilishda, boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish yoki to‘plangan ma’lumotlarga asosan kayta tashkil etish jarayonlarida (tugri va teskari jarayonlar) belgilangan maqsadlarga erishish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarning yo‘nalishi inobatga olinishi zarur xisoblanadi. Biz ularning to‘rtta asosiy yo‘nalishlarini keltiramiz (7-shakl).

Mazkur tartibda qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirish va ularning bajarilishini ta’minlash yo‘nalishida rahbarlar tomonidan buyruq va farmoyishlar chiqarilishi mumkin.Qabul qilingan qarorlarda belgilangan vazifalar kim tomonidan va qanday muddatda bajarilishi, shuningdek, belgilangan vazifalarni bajarishda qanday usullar qo‘llanilishi, nazorat-taxlil faoliyatining qanday amalga oshirilishi o‘z ifodasini topadi. Shundan kelib chiqib, qarorda ko‘rsatilgan vazifalarni o‘z muddatida va samarali amalga oshirish uchun mazkur qarorni bajarish yo‘nalishida tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Bajariladigan vazifalarning mazmun va moxiyatiga kura tadbirlar rejasida mas’ul mutaxassiyelarni, ya’ni ijrochilarning nomlari, topshiriqlarning bajarilish muddati, mazkur yo‘nalishda tashkil etiladigan tadbirlar ro‘yxati keltiriladi. Tadbirlar rejasi ijrochilar bilan hamkorlikda tuzilib, rahbariyat tomonidan tasdiklanadi. Qarorlar qabul qilishda hamda mazkur qarorlarning bajarilishi bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ijrochi-mutaxassislarning ishtirok etishi va ularning takliflarining inobatga olinishi qarorlarning samarali bajarilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


Qarorlar bajarilishining rahbariyat tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib borilishi, belgilangan vazifalarning mutaxassislar tomonidan bajarilishi jarayonida ularga nazariy va amaliy yordamlarni berib borilishi xam o‘z navbatida samaradorlikka erishishning garovi hisoblanadi.

Download 230 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 230 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Mavzu: Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqaruv tizimi

Download 230 Kb.