O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali




Download 3.77 Mb.
bet17/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Ma’lumotlar tipi

Embarcadero RAD Studio dasturlash tilida turli tiplar mavjud bo’lib, ular butun sonli, haqiqiy sonli, belgili, satrli va mantiqiy tiplardir.

Embarcadero RAD Studio tili yetti xildagi butun tiplar bilan ishlaydi: shortint, smalint, Longint, Int64, Byte, word va Longword. Ular haqidagi ma’lumot 1.1-jadvalda keltiralgan. Embarcadero RAD Studioda Longintga ekvivalent bo’lgan universal Integer butun tipi ham bor.

Embarcadero RAD Studio tili olti xildagi haqiqiy tiplarni o’z ichiga oladi: Real48, single, Double, extended, comp, Currency. Bu tiplar bir biridan sonlarini qabul qilish chegarasi va aniqlik darajasi bilan farq qiladi. Embarcadero RAD Studioda Doublega ekvivalent bo’lgan universal Real haqiqiy tipi ham bor.

Embarcadero RAD Studio tilida Ansichar va Widechar belgili tiplari ishlatiladi:


  • AnsiCHar tipi ANSI belgilarini o’z ichiga oladi. Ular chop etiluvchi va ishchi belgilar bo’lib, 0 dan 255 gacha kodlanadi

  • WideChar tipi Unicode belgilarini qabul qiladi va ular 0 dan 65535 gacha kodlanadi.

Embarcadero RAD Studioda Ansicharga ekvivalent bo’lgan universal CHar belgili tipi ham bor.

Embarcadero RAD Studio uchta satrli tiplar mavjud: shortstring, Longstring, WideString;



  • SHortstring tipi 0 dan 255 tagacha belgilarni qabul qiladi;

  • LongString tipi kompyuter tezkor xotirasining bo’sh qismi qancha bo’lsa, unga shuncha belgi sig’adi;

  • WideString tipi kompyuter tezkor xotirasining bo’sh qismi qancha bo’lsa, unga shuncha belgi sig’adi. LongString tipidan farqi shundaki, uning har bir belgisi Unicode belgisidan tashkil topgan.

Embarcadero RAD Studioda shortstringga ekvivalent bo’lgan universal string satrli tipi ham bor.

Embarcadero RAD Studio tilida Boolean mantiqiy tipi bo’lib, u True (rost) va False (yolg’on) qiymatlariga ega.





Download 3.77 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali

Download 3.77 Mb.