O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali




Download 3.77 Mb.
bet15/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Embarcadero RAD Studio – bu tezkor dasturlash muhiti bo’lib, uning dasturlash tili sifatida Embarcadero RAD Studio tili qo’llaniladi. Embarcadero RAD Studio tili – qat’iy tiplashtirilgan ob’ektli til bo’lib, uning asosida object Pascal yotadi.

Embarcadero RAD Studio 2012 dasturlash muhiti

Xozirgi kumda dasturrlash tillarini bir-biridan funksuyalar, kutibxonalari,dasturlash muhitlari bilan faqlanadi.Jumladan biz tayyorlaydigan dasturrimiz uchun Embarcadero RAD Studio 2012 dasturlash muhiti Embarcadero RAD Studio 2012 paketi tarkibiga kiradi. U ko’pchilikka ma’lum bo’lgan Embarcadero RAD Studio tilining oxirgi versiyalaridan biri bo’lib, ob’ektga yonaltirilgan texnologiyani qo’llaydi. Bu dasturlash muhitida dasturchilar uchun oddiy bir oynali dasturlardan tortib ma’lumotlar bazasini boshqarishni dasturlash, veb dasturlash uchun ham qulay imkoniyatlar yaratilgan. Dastur kodini Paskal dasturlash tilida ekanligi klassik dasturchilar uchun ham qulay.

Uni ishga tushirish uchun Embarcadero RAD Studio 2012 o’rnatilgan kompyuter Rabochiy stolida

Embarcadero RAD Studio 2012 yorlig’ini chertib yoki Pusk->Vse programmы-> Embarcadero RAD Studio 2012-> Embarcadero RAD Studio 2012 ketma-ketligidan foydalanishimiz mumkin.


2.2 rasm. Embarcadero RAD Studioni ishga tushirish



Embarcadero RAD Studio 2012 dasturining umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi.

2.3 rasm. Embarcadero RAD Studio umumiy ko’rinishi

Biz bu oynada quyidagi meny ya’ni dastur oynasining yuqori qismidan boshlabar bilan tanishamiz.Foydalanadigan menyular qatori – standart holatda File, Edit, Search, View, Refactor, Project, Run, Component, Tools, Window, Help menyularidan iborat bo’lib ularning har biri tarkibida dastur uchun kerak bo’lgan tartiblangan menyular guruhini o’z ichiga oladi.

Uskunalar paneli – menyular qatoridan keyin joylashgan bo’lib maxsus vazifalarni bajaruvchi piktogrammalarning guruhlaridan iborat. Embarcadero RAD Studio 2012 dasturida uskunalar panelida komponentlar palitrasini ham joylashtirish mumkin. Uskunalar panelini View menyusidan boshqarish mumkin.

Asosiy taxrirlash oynasi – dasturning markazida joylashadi. Uning yordamida dastur dizaynini va kodini tahrirlash mumkin bo’ladi. Dastur dastlab ishga tushganda yoki joriy proekt mavjud bo’lmaganda asosiy oynada Welcome Page ochiladi. Welcome Page oynasi yordamida avval ochilgan proektlarni ko’rish va ishga tushirish, yangi proekt hosil qilish, saqlanganlarini ochiy yoki internet resurslaridan foydalanish mumkin bo’ladi.

Struktura, Ob’ekt hossalari, Proekt menejer, Komponentlar palitrasi, Xabarlar oynalari - dastur oyasining yon tomonlarida (ularni sichqoncha yordamida siljitib qulay ko’rinishda joylarini almashtirish mumkin) joylashgan bo’lib ularni aks ettirishni View menyusidan boshqarish mumkin. Yangi proekt hosil qilish uchun dasturda Welcome Page dagi New Project yoki Fayl->New->VCL Forms Application – Embarcadero RAD Studio komandalaridan foydalanishimiz mumkin.



Bunda biz VCL kutubxonalari yordamida Windows operatsion tizimlarida ishlovchi foydalanuvchining grafik interfeysiga ega bo’lgan dasturni yaratishga buyruq bergan bo’lamiz. Barcha kerakli quyi darajadagi operatsiyalarni dasturlash muhiti avtomatik bajaradi va bizga tayyor dasturni taqdim qiladi.

2.4 rasm. Embarcadero RAD Studio 2012 dasturining yangi loyixa yaratish jarayoni



Biz bu oynadan odatda yangi dastur bitta oddiy bo’sh formadan iborat bo’ladi va keyingi navbatda qo’yilgan vazifaga muvofiq formani va unda joylashadigan dastur elementlarini shakllantirishimiz mumkin bo’ladi. Object Inspector oynasi barcha ob’ektlar hossalarini, masalan: nomi, o’lchami, rangi, shakli, turi, ko’rinishi, turli holatlarda o’zini tutishi kabi o’zida saqlaydi. Forma hossalarini Object Inspector oynasidan o’zgartirishimiz mumkin. Masalan formada aks etadigan nomini Form1 ob’ektining Caption hossasi belgilaydi. Uni o’zgartirishimiz bilan (sichqoncha yordamida Caption yozuvi to’g’risidagi maydonni belgilaymiz va kerakli yozuvni yozamiz) dizayn oynasidagi formada ham o’zgarishni ko’rishimiz mumkin.

2.5 rasm. Embarcadero RAD Studio 2012 dasturining dastur sarlavxasini o’zgartirish



Biz dasturni tayyorlash jarayonida Tayyor dasturni ko’rish uchun Run menyusidan Run buyrug’ini tanlashimiz yoki F9 tugmasini bosishimiz mumkin.

2.6 rasm. Embarcadero RAD Studio 2012 dasturining dasturni ishga tushirish

Bu paytda Embarcadero RAD Studio 2012 dasturining umumiy dasturlash muhiti yangi dasturni kerakli tarkibiy qismlari bilan bog’lash, kompilyatsiya qilish va qurish ishlarini bajaradi. Agar xatolik sodir bo’lmasa hosil bo’lgan dasturni ekranda quyidagi holatda ko’rishimiz mumkin bo’ladi:

Embarcadero RAD Studio 2012 dasturlash muhiti dastur dizaynini vizual ko’rinishda yaratish uchun juda katta imkoniyatlar beradi. Bu ishni dasturchilar tayyor komponentlardan foydalangan xolda amalga oshirishlari mumkin. RAD STUDIO o’zining tayyor komponentlaridan tashqari, dasturga qo’shimcha komponentlar yuklab olish imkonini xam beradi.



2.7 rasm. Embarcadero RAD Studio 2012 dasturining komponentlar ro’yxati





Download 3.77 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali

Download 3.77 Mb.