Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi (ABS) haqida




Download 3.77 Mb.
bet5/33
Sana22.07.2021
Hajmi3.77 Mb.
#15557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

1.2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi (ABS) haqida


ABS atamasi boshqaruv sistemasida turli vazifalarni yechish uchun hisoblash texnikasini joriy qilishning boshlanishi paytida paydo bo’ldi. Boshida, ABS ikki darajali sistemadek ko’ringan: pastki daraja axborotlarni yig’ish uchun, yuqori daraja esa qarorlar qabul qilish uchun javob bergan. EHM yordamida ma’lumotlar bilan almashtirilgan axborot oqimi boshqaruv ob’ektidan operatorga tomon harakatlangan va ob’ektni boshqarishni amalga oshirgan. Hisoblashga oid quvvat, faqatgina operatorga kelayotgan axborotlarni qayta ishlash uchun ishlatilgan. Boshqaruv ob’ektini, texnik vosita va huddi shunday, ishlab chiqarish strukturasi sifatida tushunish mumkin. Avtomatlashtirish nazariyasi nuqtai nazaridan olib qaraganda ular orasida prinsip jihatdan farq yo’q. Farq, faqat nomidagina xolos: ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi ICHABS (ASUP) ni, texnologik vositalar va jarayonlar bilan avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi TJABS (ASU TP) ni anglatadi. Birinchi TJABS operator bir vaqtning o’zida YeHM operatori va telamaxanika sistemasi dispetcheri bo’lib qolganligi tufayli EHM va telemexanika sistemasini birlashtirish yo’lida yaratilgan. Ammo shaxsiy kompyuterlar davrigacha bitta operator o’zining ABS bo’yicha bevosita majburiyatiga qo’shimcha tarzda, ko’p hollarda telemaxanika sistemasiga qaraganda kattaroq diqqatni talab qiladigan YeHM boshqaruvini ham uddalagan. SHuning uchun TJABS ning bunday nazariyaga asoslangan tarzda ishlatilishi juda kamdan kam qo’llaniladi, faqat texnologik jarayonda EHM ning qo’llanilishi vazifani yechishda yaxshi samara beradigan sohalarda foydalaniladi (kosmik, harbiy muhitlarda). TJABS keyingi rivojining yo’lida operator bajaradigan vazifaning bir qismini EHM ga topshirishga urinish hisoblash texnikasining rivojlanishi va arzonlashishi darajasi bo’yicha ochiq ko’rinib qoldi. Ammo tuzilgan yuqori strukturali sxema bu vazifalarga mos kelmadi va uni modernizatsiya qilishga urinish, ob’ektdan kelayotgan axborot oqimini bevosita EHM ga kiritish va EHM yordamida ob’ektni boshqarish, operatorning tugatilishi tez orada uning ishga yaroqsizligini ko’rsatib qo’ydi. Bunday ko’rinishda EHM kiruvchi axborotni layoqatsiz qabul qiladi va operator ham texnologik jarayonni huddi layoqatsizdek bevosita boshqaradi. Talab qilinayotgan EHM sababidan boshqaruvni soddalashtirish va kiruvchi signallarni o’zgartirishga urinishlar sistemaning murakkablashishiga va qimmatlashishiga olib keldi va bu har doim o’zining mukammalligini oqlamagan. Bunday holat 80-yillarning o’rtalarigacha mavjud bo’lgan.[5]



Download 3.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 3.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi (ABS) haqida

Download 3.77 Mb.