|
Fanidan 1-Amaliy ish Bajardi
|
bet | 1/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 69,29 Kb. | | #235370 |
Bog'liq Pedagogika va Psixologiya amaliy 1
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Pedagogika va Psixologiya fanidan
1-Amaliy ish
Bajardi: PED003-2 guruh
Talabasi:Toirov Doston
Tekshirdi: Hamrayeva Gulnoz
Toshkent -2024
Topshiriq 1
Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari
Psixika va ongning rivojlanishi
Topshiriqni topshirish tartibi
Ism, familya, guruh raqami, topshiriq nomeri, bajarilish muddati yoziladi.
Berilgan har bir vazifalar xisobot tartibida bajarib PDF ko‘rinishida tizimga yuklanadi.
Maksimal ball 5.
Pedagogika.Psixologiya fanidan topshirish topshirish va baholash tartibi
1.
|
To‘g‘ri rasmiylashtirish. (bosh saxifani va mustaqil ish mavzusini );
|
0.5
|
2.
|
Mavzuga oid materiallarni to‘g‘ri topish va yozish;
|
0.5
|
3.
|
mashg‘ulotning texnologik xaritasining modeli to‘g‘ri rasmiylashtirish;
|
0.5
|
4.
|
Mavzuga oid yangi innavatsion texnologiya qo‘llash;
|
0.5
|
5.
|
Mavzuga oid topshiriqlar ishlab chiqish (BLUM taksanomiyasi bo‘yicha);
|
0.5
|
6
|
Mavzuga oid interaktiv taqdimot tayyorlash;
|
0.5
|
7.
|
Ximoya qilish.
|
2
|
Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs
tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy
xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan
xulqatvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his
etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. “Individ”
nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium”
so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini
anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik
mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, uning namoyon bo’lishi
tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning yashash
sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va ularning hisobga olinishini taqozo
etadi. Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan
qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari
ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Rivojlanish - bu bir holatdan boshqa murakkabrog‘iga o‘tish, eski holatdan yangi sifat
bosqichiga o‘tish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tish jarayonidir.
Bolaning individual - o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy
tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim.
Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma’nosini
anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud.
Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi.
Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi: Go’daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan
davr.
Bog’chagacha bo’lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha.
Maktabgacha ta’lim yoshi - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar -7-11-12 yoshgacha.
O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) - 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu
juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi
kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi
tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu
yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. Bolalar qiziqishini
qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish
zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli
bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga
qiziqadilar.
O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli
o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham
deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir
etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi.
Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
Intellektual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil
etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, sektsiya,
turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortadi.
O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan
solishtira boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qaramaqarshiliklar
ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar - yosh xususiyatning
yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz
o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki
ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan.
Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari,
shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir
qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida
sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q.
|
| |