Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 119,48 Kb.
Sana14.12.2023
Hajmi119,48 Kb.
#118420
Bog'liq
Hayot faoliyat xavfsizligi 1-topshiriq
Suhbat savollari, «AQLLI SHAHAR TARMOQLARI VA TIZIMLARI», Вилоят газеталари етказиб бериш шартномаси000, mustaqil ish n2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan
Mustaqil ish-1

Fakultet: Axborot xavsizligi.


Grupa: 070-20 guruh.
Bajardi: Mirjalol Ochilov R
Tekshirdi: ABDULLAYEVA S. M

Mavzu: Birinchi tibbiy yordam ko'rsatish.


Reja:

  1. Asosiy tozalik va Ximoya

  2. Hushdan Ketish

  3. Jarohatdan oqayotgan qonni to’xtatish to’xtatish

  4. Badan Kuyishi

  5. Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar

Inson jarohat olganda, eng muhim narsalardan biri unga yordam berishdir. Lekin unga yordam berganda, siz o’zingizni OITS va shu kabi qon orqali yuqadigan boshqa kasalliklardan o’zingizni himoya qilishingiz kerak. Agar, biror kishida qonli jarohati bo’lsa, unda: 1. Agar iloji bo’lsa, jarohatlangan odamga jarohat joyiga qattiq bosish yo’li orqali, qonni qanday to’htatishni ko’rsating. 2. Bordiyu, yaralangan odam qonni o’zi to’htata olmasa, unda, siz yordam berayotganingizda qondan saqlanish maqsadida jarohatlangan joyni toza va qalin latta bilan bosishdan oldin, tibbiy qo’lqop yoki toza plastik paket(selofan paket)ni qo’llaringizga kiyib oling. Qonga burkangan igna yoki boshqa o’tkir narsalardan o’zingizni ehtiyot qiling. Yaralarni quruq va toza bint bilan himoyalang. Ayniqsa, falokat, urishish yoki avariya tufayli ko’pchilik jarohat olgan vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatayotganda ehtiyot bo’ling. Agar qo’lingizga qon yoki odam tanasining boshqa suyuqliklari tekkan bo’lsa, unda tezda sovun bilan yuvib tashlang. Agar, shu kabi suyuqliklar tanangizni boshqa joylariga tekkan bo’lsa (ayniqsa ko’zlarga), unda bu joyni ko’p miqdordagi


JUDA YUQORI ISITMA Juda yuqori isitma tez pasaytirilmasa, xavfl i bo`lishi mumkin. U tutqanoq yoki hatto miyaning shikastlanishi (shol, aqliy zaifl ik va boshqalar)ga olib kelishi mumkin. Odamni sovuqroq joyga yotqizish, Barcha ust boshlarini yechish, Yelpish. Isitma juda yuqori (40° yoki undan ortiq) bo`lib ketganda, u tez pasaytirilishi kerak: Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 169 4. Ustidan suv quyish yoki shu suvda ho`llangan lattani ko`kragiga va peshonasiga qo`ying. Isitma pasaygunga (38° dan past) qadar bu muolajani qilishda davom ettirish, Unga ichgani ko`p-ko`p sovuqroq (juda sovuq emas) suv berish, Isitmani pasaytiruvchi dori berish. Aspirin yoki Paratsetamol (Atsetominofen) yaxshi ta`sir qiladi, lekin yoshi 12ga to’lmagan bolalarga Paratsetamol bergan xavfsizroq. Aspirin va Paratsetamol (Atsetominofen) miqdorlarl (0.5 g.li kattalar tabletkalarini ishlatilganida 650-651-betlarga qarash.): 12 yoshdan ortgan odamlar uchun: har 4 soatda 3 ta tabletkadan 6 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun: har 4 soatda 1 tadan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun: har 4 soatda 1/2 tadan 3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun: har 4 soatda 1/4 ta tabletkadan
HUSHDAN KETISH Hushdan ketishning oddiy sabablari: mastlik, boshiga zarb tegishi, shok, tutqanoq, quyanchiqruhiy holat (juda qattiq qo`rqish, quvvatsizlik va boshqalardan o`zini yo`qotish). issiqlik elitishi miyaga qon quyilishi (insult) yurak xuruji (infarkt) kuchli zarb bilan yiqilish zaharlanish Agar odam hushsiz bo`lsa va sababini bilmasangiz, quyidagilarning har birini darhol tekshiring: 1. U yaxshi nafas olyaptimi? Agar yaxshi nafas olmayotgan bo`lsa, boshini orqaga eging, jag`ini oldinga torting va tilini tashqariga chiqarib qo`ying. Tomog`iga biror narsa tiqilib qolgan bo`lsa, uni olib tashlang. Agar, u nafas olmayotgan bo`lsa, og`izdan og`izga nafas oldirishni shu zahoti boshlang 2. U ko`p qon yo`qotyaptimi? Agar shunday bo`lsa, qon oqishini tez to`xtatishga harakat qiling 3. Agar u shokda bo`lsa (nam, rangi o`chgan teri; zaifl ik, tezlashgan puls), uni boshini pastroq qilib, kiyimlarini bo`shatib yotqizing 4. Agar uni issiq elitgan bo`lsa (bunda bemor terlaydi-yu, harorati ko`tarilib, (badan terisi qizaradi va issiq bo`lib turadi) bemorni oftobdan salqin joyga olib o`ting, boshini oyoqlaridan baland qilib yotqizing hamda sovuq suv bilan namlang (iloji bo`lsa muzdek suv bilan) va elping). Hushsiz odamni qanday yotqizmoq kerak: juda rangi o`chgan: (shok, o`zini yo`qotish va boshqalar) Badan terisi normal yoki qizarib ketgan rangda: (issiqlik zarbasi, insult, yurak muammolari, bosh shikastlanganda) Agar hushsiz odam qattiq shikastlangan bo`lsa: U hushiga kelmagunga qadar uni joyidan siljitmagan ma`qul. Agar uni siljitish shart bo`lsa, bunda juda ehtiyot bo`ling, chunki agar bo`yni yoki beli singan bo`lsa, har bir noto`g`ri harakat ham yanada og`irroq shikastlarga olib kelishi mumkin. Jarohat yoki singan suyaklarni izlang, lekin iloji boricha odamni kamroq siljiting. Bel va bo`yinini egmang. Hushsiz odamga uning og’zidan hech narsa bermang
AGAR TOMOQQA BIROR NARSA TIQILIB QOLGAN BO`LSA Agar odamning tomog`iga ovqat yoki biror narsa tiqilib qolsa va u nafas ololmasa, tezda quyidagilarni qiling: Orqasida turib, qo`llaringiz bilan belini aylantirib ushlang. mushtingizni, kindikdan teparoqqa va qovurg’alardan pastroqqa qilib, qorniga qo`ying. va qornini birdaniga tepaga qaratib kuch va shiddatlik bilan o`zingizga torting. (Semiz odamlar, homilador ayollar, nogironlar aravachalaridagi odamlar yoki yosh bolalar uchun qo`lingizni qorniga emas, balki ko`kragiga qo`yganingiz ma`qul). Uni belidan buking Kaftingiz bilan uning kuragining o’rtasiga 5 marta qattiq uring Agar bu yordam bermasa, unda: Bu o`pkalardagi havoni chiqishga majbur qiladi va tomoqni bo`shatadi. Kerak bo`lsa buni bir necha marta qaytaring
JAROHATDAN OQAYOTGAN QONNI QANDAY QILIB TO‘XTATISH MUMKIN 1. Jarohatlangan tomonni balandga ko‘taring. 2. Jarohatlangan joyni qon oqishi to‘xtaguncha toza va qalin latta bilan (yoki latta bo‘lmasa qo‘lingiz bilan) bosib turing. Bu 15 minut, ba’zan 1 soat yoki undan ko‘proq vaqtni ham olishi mumkin. Jarohatni shu tariqa to‘g’ridan to‘g’ri bosib turish yo‘li bilan deyarli barcha jarohatlardan oqayotgan qonni to‘xtatish mumkin - ba’zan, hatto tananing biror qismi kesib tashlanganda ham. Bosib turish bilan ba’zan qonni to‘xtatib bo‘lmaydi, ayniqsa, jarohat juda katta bo‘lganda, qo‘l yoki oyoq kesib tashlanganda uni to‘xtatish qiyin. Agar, shunday holatlar yuz bersa va odam qon yo‘qotishdan o‘lishi mumkin bo‘lsa, quyidagilarni qiling: Jarohatni bosib turishda davom eting Jarohatlangan qismni iloji boricha tepaga qo‘taring Qo‘l yoki oyoqni jarohatga yaqin joydan bog‘lang. Qonni to‘xtatish uchun bog‘lamga burama solib oyoqni qising Bog‘lash uchun buklangan latta yoki keng kamar ishlating; hech qachon ingichka arqon, ip yoki sim ishlatmang Qon to’htaganini ko’rishdan oldin uni 20 daqiqa bosib turing. Qo’lingiz charchagan bo’lsa boshqa qo’lingiz bilan bosing. Bosib turish oson ish emas - taslim bo’lmang!
EHTIYOT CHORALARI: Jarohatni bosish yo‘li bilan qonni bosib turish orqali to‘xtata olmasangiz, ana shundagina, qo‘l yoki oyoqni bog‘lang. Bog‘lam hali ham zarurligini tekshirish va qon aylanishini ta’minlash maqsadida uni har yarim soatda bo‘shatib turing. Bog‘lamni uzoq vaqt qoldirish oyoq yoki qo‘lni ishdan chiqarishi mumkin. Natijada qo‘l yo oyoqni kesib tashlash kerak bo‘ladi. Qonni to‘xtatish uchun tuproq, kerosin kabi ifl os narsalardan hech qachon foydalanmang. Agar qon oqishi kuchli yoki jarohat og‘ir bo‘lsa, shokning oldini olish maqsadida bemor oyoqlarini ko‘tarib, boshini pasaytirib qo‘ying
BADAN KUYISHI Pufaklar hosil qilmaydigan - yengil kuyish (1-daraja) Engil kuyishda og‘riq hamda shikastlanishni kamaytirish uchun kuygan joyni darrov sovuq suvga soling. Aloe ham yordam beradi (79- bet). Boshqa hech qanday davo usullarining keragi yo‘q. Og‘riqqa qarshi aspirin iching. Pufaklar keltirib chiqaruvchi kuyish, kimyoviy moddalar va elektr tokidan kuyish (2-daraja) Pufaklar, ya’ni qovarchiqlarni teshmang. Uning ustiga muz qo’ymang. Agar pufak teshilib ketsa, o‘sha joyni qaynatib sovutilgan suvda sovunlab yuving. Suv bilan taxminan 30 daqiqa chaying. Toza dokani yara ustiga qo’ying, lekin uning ustini bosmang. Yarani hech qachon yog’lamang. Kuygan joyga asal yoki aloe etini surtish infeksiyaning oldini olishga va yaraning tezroq tuzalishiga yordam beradi. Avval surtilgan eski asalni yoki aloeni asta yuvib tashlang va o‘rniga kuniga kamida 2 marta yangisini surting. Kuygan joyni iloji boricha toza saqlang. Uni ifl os tegishi, kir, chang va pashshalardan ehtiyot qiling. Agar infeksiya belgilari: yiring, yomon hid, isitma, yoki limfa tugunining shishishi singari hodisalar paydo bo‘la boshlasa, kuniga 3 mahal tuzli iliq suvda (1 osh qoshiq tuz 1 litr suvga) kompress qiling. (Agar iloji bo‘lsa, 1 oshqoshiq xlorli ohakdan ham qo‘shing) Suv va lattani ishlatishdan avval qaynating. O‘lik etlar juda ehtiyotkorlik bilan olib tashlang. Siz Baneotsin kabi antibiotik yog‘lardan surtishingiz mumkin. Og‘irroq hollarda penitsillin yoki ampitsillin kabi dorilarni iching. Chuqur Kuyish (3-daraja) Teri qattiq shikastlanib, kuyib qorayib ketgan go‘shtning chiqib qolishi yoki kimyoviy moddalar tanaga tegib bir necha soat mobaynida ham paydo bo’lmaydigan kuyishlar, yoki tananing ko’p qismining kuyishi chuqur kuyishga kiradi. Jarohatlangan odamni tez tibbiy hizmat markaziga olib boring. Kuygan joyini toza latta yoki sochiq bilan yopib turing. Agar tibbiy yordam olishning iloji bo‘lmasa, kuygan joyni yuqorida aytilgandek davolang. Agar vazeliningiz bo‘lmasa, kuygan joyni ochiq qoldiring. Uni faqat chit yoki choyshab bilan chang va pashshalardan saqlash uchun ustini berkitib qo‘ying. Lattani juda toza saqlang va kuygan joydan chiqayotgan qon yoki suyuqlikdan kir bo‘lib qolganida har safar uni almashtirib turing. Penitsillin bering. Kuygan joyga hech qachon yog’, teri, kofe, turli o‘simliklar barglarini qo‘ymang. Juda Jiddiy Kuygan Odam uchun Maxsus Muolajalar Jiddiy kuygan har qanday odam turli a'zolarining og‘rishi, ko‘nglini vahima bosishi va kuygan joydan ko‘p suyuqlik chiqib, organizmi suvsizlanishi natijasida osongina shokka tushishi mumkin). Kuygan odamni qulay qilib yotqizing va unga dalda bering. Unga og‘riqqa qarshi aspirin, agar topa olsangiz kodein bering. Kuygan joylarni ozgina tuzli suvga solish ham og‘riqni biroz pasaytiradi. Qaynatib sovutilgan suvning har litri uchun 1 choy qoshiq tuzdan soling.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:

  1. Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

  2. hesperian.org

  3. www.minzdrav.uz

Download 119,48 Kb.




Download 119,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 119,48 Kb.