Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 119,14 Kb.
Sana06.01.2024
Hajmi119,14 Kb.
#131144
Bog'liq
mustaqil ish n2
Suhbat savollari, «AQLLI SHAHAR TARMOQLARI VA TIZIMLARI», Вилоят газеталари етказиб бериш шартномаси000, Hayot faoliyat xavfsizligi 1-topshiriq

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan
1-Topshiriq

Fakultet: Axborot xavsizligi.


Grupa: 070-20 guruh.
Bajardi: Mirjalol Ochilov R
Tekshirdi: ABDULLAYEVA S. M

Mavzu: Elektr xavfsizligi.


Reja:
1.Kirish
2. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
3. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish
4. Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy
chora-tadbirlar
5.Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar

Sanoatda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo‘yilganligi sababli elektr toki' ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o'rnatish nihoyatda muhim. Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga boMinadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.


Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi. Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida qo‘yish, qon tomirlari, nerv va hujayralaming qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlaming parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Elektr tokining biologik ta’siri — bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Ya’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunda tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir funksiyalari bajarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k. Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki gruppaga bo‘lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tok urishi. Mahalliy elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil boMishi, terming metallashib qolishi hollarini ko'rsatish mumkin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o'tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir boMadi. Elektr
o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyishturlicha boMishi mumkin. Yengil kuyish qattiq yalliglanish bilan chegaralanadi, o'rtacha ogirlikdagi kuyishda pufakchalar hosil boladi va ogMr kuyish - hujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari — bu terming ustki qismida aniq kulrang yoki och-sargish rangli 1—5 mm diametrdagi belgi paydo bolishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terming metallashib qolishda, odatda erib mayda zar-rachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Buholat ham elektr yoyi hosil boMganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o'tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.
Elektr urishi (yoki tok urishi deb ham yuritiladi) to‘rt darajaga bolib qaraladi.muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo'qotmaydi muskullar keskin isqarishi natijasida > odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi. hushini yo'qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to'xtab qoladi. klinik olim holati, bunda insonda hech qanday hayot alo-matlari ko'rinmay qoladi. Klinik olim holati bu hayot bilan olim oraligi bolib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Buvaqtda unda hayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish boMmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz boladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachigi kengayadi va yorugMikni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so‘nmagan, hujayralarda ma’lum
modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga yetarli boladi. Kuning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo'qotgan organizmning ba’zi bir qismlarini tiklash natijasida, uni hayotga qaytarish imkoniyati bor. Klinik o‘lim holati 5—8 minut davom etadi.Hech qanday yordam bo'lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig'idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologic ulim holatiga o'tadi.
Biologik o‘lim-qaytarib bo'lmaydigan jarayon bo'lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek, organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o’lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi. Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomliligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko'p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek, tokning
turi va chastotasi katta rol o'ynaydi.Inson organizmining tok ta’siriga ma’lum qarshiligi, shuning­
dek, tokning kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki inson organizmining qarshiligi o‘zgarmagan holda, kuchlanish ko'payishi natijasida: organizmdan oqib o'tgan tok miqdori oshib
ketadi. Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar
qarshiliklari yig'indisi sifatida olinadi. Teri, asosan quruq va o'lik hujayralaming qattiq qatlamlaridan
tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40—5000 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu qarshilik inson ichki a’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytilganlami hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar uchun inson
organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning
asoratini belgilaydi, ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo'lsa,
uning asorati ham shuncha katta bo'ladi.
Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6—1,5
mA oqib o'tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegara-
sidagi elektr toki deb ataladi.
Agar inson organizmidan oqib o'tgan tokning miqdori 10—15
mA ga yetsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson
o'z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo'ladi,
ya’ni elektr toki bo'lgan simni ushlab turgan bo'lsa, panjalarini
ocha olmaydi, shuningdek, unga ta’sir ko'rsatayotgan elektr simini
olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluv-
chi tok deyiladi. Tok miqdori 25—50 mA ga yetsa, unda tok ta’siri
ko‘krak qafasiga ta’sir ko'rsatadi, buning natijasida nafas olish qiy-
inlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha
minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida
odam o'lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo'lsa,
bunday tok yiirak muskullariga ta’sir ko'rsatadi va yurakning ish­
lash ritmi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan
chiqadi va bu holat ham o'limga olib keladi. Inson organizmi
orqali oqib o'tgan tokning davomliligi ham alohida ahamiyatga ega,
chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok
o'tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda
yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi. Tokning turi va
chastotasi hani zararli ta’sir ko'rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Eng
zararli tok 20—lOOGs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. Chastotasi
20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta’sir darajasi
kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo'lmaydi,
lekin kuydirishi mumkin. Agar tok o'zgarmas bo'lsa, unda tokning
sezish chegarasidagi miqdori 6—7 mA, ushlab qoluvchi chegara
miqdori 50—70 mA, 0,5 s davomida yurak faoliyatini ishdan
chiqarishi mumkin bo'lgan miqdori 300 mA gacha ortadi.
X.2. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam
ko‘rsatish
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga
qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: tok
ta’siridan qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish. Tok ta’siridan
qutqarish o'z navbatida bir necha xil bo'lishi mumkin. Eng oson va
qulay usuli bu elektr qurilmasining o'sha qismiga kelayotgan tokni
o'chirishdir. Agar buning iloji bo'lmasa (masalan, o'chirish qurilmasi
uzoqda bo'lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko'p bo'lmagan
elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog'ochli bo'lgan boltalar bi­
lan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo'lsa, uning kiy-
imidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo'lsa, unda dielektrik qo'lqop va
elektr izolatsiyasi mustahkam bo'lgan elektr asboblaridan foydalanish
kerak. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish, un­
ing holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini
yo'qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, shifokor kelishini
kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va
yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga
yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishni
ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash,
tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash
holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo'lsa, unda
bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy
chora-tadbirlar quyidagilardir:
1) kuchlanish ostida bo'lgan o‘tkazgichlarni qo‘l yetmaydigan
qilib bajarish;
2) elektr tarmoqlari o‘tkazgichlarini ayrim joylashtirish;
3) elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bo‘lishiga
qarshi chora-tadbirlar belgilash;
a) kam kuchlanishga ega bo'lgan elektr manbalaridan foy­
dalanish; b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash;
d) potensiallarini tenglashtirish; e) yerga ulab muhofazalash; f) nol
simiga ulab muhofazalash; g) muhofaza o'chirish qurilmalari.
4) maxsus elektr muhofazalash sistemalaridan foydalanish;
5) elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora-
tadbirlarini qo'llash.
Kuchlanish ostida bo'lgan elektr o'tkazgichlarini qo'l yetmay­
digan qilib bajarishda tok o'tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan
ta’minlash, ulami bo'y yetmaydigan balandliklarga o'matish, shu­
ningdek, o'tkazgichlami to'siq vositalari bilan ta’minlash kiradi.
Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirishda—elektr tarmoqlarini
o'zaro transformator yordamida tarmoqlarga bo'lib yuborish tu-
shuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza
izolatsiyasi qarshiligiga ega bo'ladi, shuning bilan o'tkazgichlarining
yerga nisbatan sig'imi kichkina bo'lganligidan xavfsizlikni
ta’minlashda muhim rol o'ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:
1)kompy.info
2)fayllar.org
3) R.CH. Karimov, G.R. Rafiqova ELEKTR XAVFSIZLIGI ASOSLARI
Download 119,14 Kb.




Download 119,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 119,14 Kb.