Oʻzbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 7,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/90
Sana15.12.2023
Hajmi7,38 Mb.
#119638
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
Bog'liq
Тармоқ хавфсизлиги 16 шрифт

Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi 
ketma-ketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli 
registr. Ya`ni marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish 
fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning 
odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga, 
to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar 
unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga 
o`zgartirish kerak bo`ladi. 
Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning 
qiymati – 0x2102 bo`ladi. 
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda 
konfiguratsion registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi: 
R1#show version 
Cisco IOS Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M), 
Version
12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2) 
M860 processor: part number 0, mask 49 
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s) 
239K bytes of NVRAM. 


32 
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write) 
Configuration register is 0x2102 
Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o`z ichiga olgan 
bo`ladi. Endi unutilgan parolni o`zgartirish jarayoni bosqichma-
bosqich ko`rib chiqiladi. 
Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.) 
orqali ulanish lozim (Rollover deb ham nomlanadi). 
3.1-rasm. Konsol kabelining ko`rinishi 
Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi 
konsol port orqali amalga oshiriladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida 
ulanishi 
Xizmat ko`rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON 
rejimida marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o`chiriladi va 
qayta ishga tushiriladi (3.3-rasm). 
Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish 
uchun odatiy boshlang`ich IOS ishga tushish jarayoni to`xtatiladi, 
buni amalga oshirish terminalga bog`liq. Masalan, hyperterminalda – 


33 
“Ctrl-Break”, teratermda – “Alt-B”, Cisco Packet Tracer emulyatorida 
– “Ctrl-Break” va h.k. 
3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr ta’minotini 
o`chirib/yoqish tugmasi 
Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga 
tushirilishida Ctrl+Break tugmalari qo`shilib bosiladi: 
System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1) 
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc. 
Initializing memory for ECC 
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory 
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled 
Readonly ROMMON initialized 
Self decompressing the image : 
############## 
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt 
rommon 1 > 
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu 
yerda konfiguratsiya registri confreg 0x2142 buyrug`i bilan 
o`zgartiriladi, natijada marshrutizator Flash xotiraga yozilgan 
konfiguratsion faylni ishga tushirilishida ishlatmaydi. Bundan keyin 
reset buyrug`ini kiritish orqali marshrutizator qayta ishga tushiriladi. 


34 
rommon 1 > confreg 0x2142 
rommon 2 > reset 
Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski 
konfiguratsion faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda 
copy startup-config running-config buyrug`i orqali amalga oshiriladi. 
Router>enable 
Router#copy startup-config running-config 
Destination filename [running-config]?
700 bytes copied in 0.416 secs (1682 bytes/sec) 
Router1# 
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console 
Shundan soʻng, parol bilan himoyalangan eski konfiguratsiya 
qoʻllaniladi, lekin bu yerda imtiyozli rejimda turganligi uchun telnet 
va konsol uchun yangi parollarni oʻrnatishingiz mumkin. 
Router1#conf t 
Router1(config)#enable password NewPassword
Router1(config)#enable secret NewPassword
Router1(config)#line vty 0 4 
Router1(config-line)#password NewPassword 
Router1(config-line)#login 
Router1(config-line)#exit 
Router1(config)#line console 0 
Router1(config-line)#password NewPassword 
Router1(config-line)#login 
Parollar o`zgartirildi, endi konfiguratsion registrning eski 
qiymatini qayta joyiga qo`yish kerak, buning uchun config-register 
0x2102 buyrug`i kiritiladi 
Router1(config)# config-register 0x2102 
Bundan keyin yangi konfiguratsiya saqlanadi va marshrutizator 
qayta ishga tushiriladi. 


35 
Router1#copy running-config startup-config 
Router1#reload 
Marshrutizator qayta ishga tushirilgach, yangi parollar bilan 
saqlangan konfiguratsion faylni o`ziga oladi. Yana, no service 
password-recovery buyrug`ini ishlatish orqali parol tashlab yuborilishi 
imkoniyatini o`chirib qo`ysa bo`ladi, buning uchun yuqorida 
ta`kidlanganidek qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak. 
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash (сброс) 
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash uchun 
qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak.
Kommutatorga konsol kabeli orqali ulaniladi, tok energiyasi 
manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi, ishga tushirilish 
vaqtida oldi panelidagi “MODE” tugmasi bosib turiladi (3.4-rasm.). 
3.4-rasm. “MODE” tugmasining kommutatorda joylashish o`rni 
Shu tarzda odatiy ishga tushish to`xtatiladi. 
Loading "flash:/c2960-lanbase-mz.122-25.FX.bin"... 
############################# 
Boot process terminated. 
switch: 
Bundan keyin flash_init va load_helper buyruqlari kiritiladi va 
dir flash buyrugʻidan foydalanish orqali flash xotiraning tarkibini 
koʻrish imkoniyati paydo bo`ladi. 
switch: flash_init 
Initializing Flash... 
flashfs[0]: 3 files, 0 directories 
flashfs[0]: 0 orphaned files, 0 orphaned directories 
flashfs[0]: Total bytes: 64016384 


36 
flashfs[0]: Bytes used: 3059643 
flashfs[0]: Bytes available: 60956741 
flashfs[0]: flashfs fsck took 1 seconds. 
...done Initializing Flash. 
switch: load_helper 
switch: dir flash: 
Directory of flash:/ 
1 -rw- 3058048 c2950-i6q4l2-mz.121-22.EA4.bin 
3 -rw- 979 config.text 
2 -rw- 616 vlan.dat 
60956741 bytes available (3059643 bytes used) 
Yuqoridagi flash xotiraning tarkibidan config.text, ya`ni 
kommutatorning konfiguratsion fayli ko`rib chiqiladi. Kommutator 
config.text konfiguratsion faylisiz ishga tushirilishi uchun nomi 
o`zgartiriladi. Bu rename flash:config.text flash:config.old buyrug`i 
bilan amalga oshiriladi va tekshiriladi 
switch: rename flash:config.text flash:config.old 
switch: dir.flash 
Directory of flash:/ 
1 -rw- 3058048 c2950-i6q4l2-mz.121-22.EA4.bin 
3 -rw- 979 config.old 
2 -rw- 616 vlan.dat 
60956741 bytes available (3059643 bytes used) 
Bundan keyin, ishga tushishni boot buyrug`i orqali tiklaymiz. 
switch: boot 
Kommutator konfiguratsiya faylini topa olmaydi va usiz ishga 
tushadi. Endi imtiyozli rejimga kiriladi va konfiguratsiya fayli nomi 
qayta o`z nomiga rename flash:config.old flash:config.text buyrug`i 
orqali o`zgartiriladi va copy flash:config.text system:running-config 
buyrug`i orqali u ishga tushiriladi. 
Switch>en 
Switch#rename flash:config.old flash:config.text 


37 
Switch#copy flash:config.text system:running-config 
Konfiguratsion fayl ishga tushirilgandan keyin, yangi parol 
kirilsa bo`ladi 
Switch1#conf t 
Switch1(config)#enable secret NewPassword 
Switch1(config)#enable password NewPassword 
Switch1 (config)#line vty 0 4 
Switch1 (config-line)#password NewPassword 
Switch1 (config-line)#login 
Switch1 (config-line)#exit 
Switch1 (config)#line console 0 
Switch1 (config-line)#password NewPassword 
Switch1 (config-line)#login 

Download 7,38 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Download 7,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 7,38 Mb.
Pdf ko'rish