42
manba yoki manzil portlari (bitta mezon yoki ularning kombinatsiyasi
boʻyicha).
Bazi bir interfeysning haqiqiy ish yukini hech qanday tarzda
hisoblab boʻlmaydi. Shuning uchun bitta interfeys boshqalarga
qaraganda
koʻproq
yuklanishi
mumkin.
Bundan
tashqari,
muvozanatlash usulini notoʻgʻri tanlagan holda (yoki boshqa usullar
mavjud boʻlmasa) yoki ba'zi topologiyalarda, aslida barcha
ma'lumotlar, bitta interfeys orqali uzatiladigan vaziyat yuzaga kelishi
mumkin.
Ba'zi tarmoq ma’murlari turli xil qurilmalarni agregatsiyalash
protokollari yordamida birlashtirishadi. Bunda, nafaqat kanal, balki
qurilmaning oʻzi ham zaxiralanadi. Bunday texnologiyalar, odatda,
tarqatilgan kanallar agregatsiyasi deb ataladi (koʻplab ishlab
chiqaruvchilar ushbu texnologiya uchun oʻz nomlariga ega).
Cisco qurilmalarida kanallarni agregatsiyalash uchun uchta
variantdan biri foydalanilishi mumkin:
– LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart
protokoli;
– PAgP (Port Aggregation Protocol) Cisco protokoli;
Protokollardan foydalanmasdan statik agregatsiyalash.
4.1-jadval. Agregatsiyalash protokollari xususiyatlari