105
Shu
bilan birga, ushbu texnologiyaning
kamchiliklari haqida
ham aytib oʻtish lozim:
1. Bazi protokollar NATni "aylanib" oʻtishlari mumkin.
Muloqot qiluvchi xostlar oʻrtasida yoʻlda manzil translatsiyasi boʻlsa,
ba'zilari
muvaffaqiyatsiz
boʻladi.
IP-manzillarni
translatsiyasi
qiladigan ba'zi bir tarmoqlararo ekranlari
ushbu kamchilikni nafaqat
IP-sarlavhalarda,
balki
yuqori
qatlamlarda
(masalan,
FTP-
buyruqlarda) IP-manzillarni mos ravishda almashtirish orqali tuzatishi
mumkin.
2. "Koʻp manzilni bittaga" manzillarning
translatsiyasi tufayli
foydalanuvchilarni aniqlashda qoʻshimcha
qiyinchiliklar yuzaga
keladi va toʻliq translatsiyasi jurnallarini saqlash zarurati tugʻiladi.
3. NATni bajaradigan tugundan
DoS hujumi uyushtirilishi
mumkin - agar NAT koʻplab foydalanuvchilarni bir xil xizmatga ulash
uchun
ishlatilsa, bu xizmatga DoS hujumi
amalga oshirish mumkin
(koʻplab muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz urinishlar). Masalan, NAT
orqasida juda koʻp ICQ foydalanuvchilari
ruxsat etilgan ulanish
tezligidan oshib ketganligi sababli ba'zi
foydalanuvchilar uchun
serverga ulanish bilan bogʻliq muammolarga olib keladi.