• interaktiv va o‘rnatilgan.
  • O‘rnatilgan SQL deganda
  • SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin




    Download 6,79 Mb.
    bet4/53
    Sana16.12.2023
    Hajmi6,79 Mb.
    #120080
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

    1. Ma’lumotlarni sorov orqali olish.

    2. Jadvalning qatorlariga ma’lumot qoshish, qatorlarini o‘chirish va yangilash.

    3. Obyektlarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish.

    4. Ma’lumotlar bazasi va obyektlarga ruxsatlarni o‘rnatish.

    5. Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xavfsizligini ta’minlash.

    2 hil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o‘rnatilgan. SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
    Interaktiv SQL deganda — ma'lumotlar bazasiga so‘rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya’ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo‘ladi. So‘rov-natija rejimda ishlaydi.
    O‘rnatilgan SQL deganda – so'rovlar yig‘indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o‘zgaruvchiga yuklab qo‘yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya’ni bunda so‘rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
    SQL operatorlari bir necha guruhlarga bo‘lingan. Bu bo‘linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo‘lingan. Ular quyidagilar:
    DDL (Data Definition Language) – ANSI bu guruh SDL (Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma’lumotlar bazasida obyektlar (jadvallar, indekslar) ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.
    DML (Data Manipulation Language) – ma’lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.
    DCL (Data Control Language) – ma’lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
    ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.
    Uslubiy ko’rsatma Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti qoshidagi Oliy o’quv yurtlararo ilmiy uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan dastur asosida ishlab chiqildi.


    Download 6,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 6,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin

    Download 6,79 Mb.