O'zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg‘ona filiali
Telekommunikatsiya Texnologiyalari va Kasbiy Ta‘lim
fakulteti
4-bosqich 633-20-guruh Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi talabasi
Malikov Yunusbekning Optik aloqa tizimi fanidan
tayyorlagan
Amaliyot mashg’uloti
Farg‘ona 2023
1-amaliyot. Optik tolalar. Optik tolalarning turlari va xarakteristikalari. Optik tolalarning geometrik va fizik parametrlari.
Ishdan maqsad: Optik tolalarning
turlari va xarakteristikalari, optik tolalarning geometrik va fizik parametrlarini o’rganish
Nazariy qism
Optik tola va uning tuzilishi
Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog‘lab turuvchi muhit optik yorug‘lik uzatgichlar deyiladi. Optik yorug‘lik uzatgichlarning tavsiflari qisman aloqa tizimining sifatini aniqlaydi. Shuning uchun TOATni loyihalashtirishda nurlanish tarqaladigan uzatuvchi muhit - optik yorug‘lik uzatgichlarning tavsiflarini hisobga olish kerak.
TOATda maxsus optik yorug‘lik uzatgichlar-optik tolalar (OT) qo‘llaniladi.
Kichik so‘nish koeffitsientiga ega bo‘lgan optik yorug‘lik uzatgichlar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni ta’minlovchi optik kabellar yaratilgan. Yorug‘lik uzatuvchi optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak
uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib,
u orqali
uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‘lik nuri tarqaladi.
Yorug‘lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun (1.1-rasm)
n
1>n
2>n
3>n
0,
shart bajarilishi kerak. Mos ravishda bu yerda n1-o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi,
n
2, n
3-qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari, n
0-tashqi muhitning sindirish ko‘rsatkichi [5].
bu yerda -mos ravishda nisbiy dielektrik va magnit o‘tkazuvchanlik.