• Jumaboyev.T Toshkent 2023 1-AMALIY ISHI
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot




    Download 186,09 Kb.
    bet1/3
    Sana30.01.2024
    Hajmi186,09 Kb.
    #148422
      1   2   3
    Bog'liq
    -Ho7vsXQs9rnDrgrsD kwGjDNm1Dguqn (1)


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD
    AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI


    AMALIY ISH-1
    TIZIMLAR VA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH
    Guruh: Kis20_01 Bajardi: Murotova.G Tekshirdi: Jumaboyev.T


    Toshkent 2023


    1-AMALIY ISHI
    DISKRET KOSINUS O‘ZGARTIRISH UCHUN SPEKTRAL TAHLIL ALGORITMLARINI AMALGA OSHIRISH.
    Ishdan maqsad: Amplitudasi chastotasi va fazasi diskret signal bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langan AMp, ChМp, FMp va NFMp (fazasi nisbatan manipulyatsiya) langan signallar vaqt va spektr diagrammalarini tadqiq etish.
    Uslubiy ko‘rsatmalar
    1.1. Kompyuter xotirasiga dasturni kiriting. Ossillograf kanal kuchaytirgichi yordamida har ikki kanal uchun 1 katak 1V va signal yoyilishini 1 katak 0,25 ms qilib o‘rnating.
    1.2. « Vibor koda » darchasida: 1-3 ish joyidagilar 1-kodni; 4-6 ish joylarida 1-kod; 7-9 ish joylarida 3-kod va 10-13 ish joylarida 4-kodlarni o‘rnating. Ossillograf ekranidan kodlar vaqt diagrammalarini chizib oling.
    1.3. «Vibor vida modulyasiy» darshasida « amplitudnaya » ni o‘rnating va ossillograf ekranidagi tasvirni chizib oling.
    1.4. ChMp, FMp va FNMP signallar vaqt diagrammalarini chizib olish uchun 3-bandni, darchalarda «chastotnaya», «fazovaya» va «otnosityelnaya fazavaya» holatlar uchun qaytaring.
    1.5. 1-kodni tanlang va «Pokazat spektr signala» yozuvi yonidagi
    « DА » tugmasini bosing. « Vibor vida signalov » darchasida « kod №1» ni tanlang va ekrandagi signal spektr diagrammalarini chizib oling.
    1.6. AMp, ChМp, FMp va NFMp signallar uchun 5-bandni navbati bilan qaytaring va ossillograf ekranidagi signal spektri diagrammalarini chizib oling.
    1.7. Chastotalar tartib raqamini 1 dan 20 gacha o‘zgartirib, signal chastotasini Gerslarda va amplitudasini Voltlarda ifodalang!
    Nazorat savollari
    1. Furye qatorini trigonometrik va kompleks ko‘rinishida yozing.
    2. Furye to‘g‘ri va teskari o‘zgartirishini umumiy ko‘rinishda yozing.
    3. Yakka to‘g‘ri burchakli impuls spektrini chizing.
    4. Yakka to‘g‘ri burchakli impuls spektriga impuls davomiyligi qanday ta'sir etadi?
    5. To‘g‘ri burchakli davriy impulslar ketma-ketligi spektral diagrammasini chizing.
    6. To‘g‘ri burchakli davriy impulslar ketma-ketligida impulslar takrorlanish chastotasini o‘zgartirmasdan, ularning davomiyligi 2, 3. 4 marotaba kichiklashtirilganda uning spektri qanday o‘zgaradi?
    7. To‘g‘ri burchakli davriy impulslar ketma-ketligidagi impulslar davomiyligini o‘zgartirmasdan uning takrorlanish chastotasini 2, 3, va 4 marotaba oshirganda uning spektri qanday o‘zgaradi?
    8. Garmonik shakldagi tashuvchi signal to‘g‘ri burchakli modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langandagi holat uchun uning spektral va vaqt diagrammasini chizing. Bunda impuls davriyligi takrorlanish davrining yarmiga teng, ya'ni T/ti q2 ga teng qilib oling. T/ti qQ-(to‘ldirilganlik) koeffitsiyenti deb ataladi.
    9. Garmonik shakldagi tashuvchi signal to‘g‘ri burchakli impulslar bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langan holat uchun uning vaqt va spektral diagrammalarini chizing. Bunda T/tiq2 qilib oling.
    10. Garmonik shakldagi tashuvchi signal to‘g‘ri burchakli impulslar bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langan holat uchun uning vaqt va spektral diagrammalarini chizing. Bunda ham T/ti q2 qilib oling.
    11. FNMp va FMp signallar farqini aytib bering.

    Download 186,09 Kb.
      1   2   3




    Download 186,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot

    Download 186,09 Kb.