• Transport sathining asosiy vazifasi va uning protokollari
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari




    Download 79.98 Kb.
    Sana16.04.2024
    Hajmi79.98 Kb.
    #197028
    Bog'liq
    Farid Jurayev 22
    1. “Uzliksizta’limkonsepsiyasi”birinchimartakimtomonidantahlil q — копия, INFORMATIKA JAMLANMA 2022, 01, Тугарак аъзолари ва тугарак журнали, Холмуродов Бобур Холбўтаевич, Birinchi va ikkinchi tur egri chiziqli integrallar orasidagi bog-fayllar.org, Mavzu Birinchi va ikkinchi tur egri chiziqli integrallar reja -fayllar.org, Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich, Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word, замонваий ахборот тех, Informatika, MUSTAQIL ISH, дарслик Халкаро (9)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    SAMARQAND FILIALI

    Kompyuter injiniringi fakulteti KIS101-19 - guruh talabasining
    Ma’lumotlar kammunikatsiyasi fanidan
    MUSTAQIL ISHI


    Mavzu; Transpotr sathi protokollari: TCP va UPD
    Tekshirdi; Sattorov M.A


    Bajardi; Jurayev Farid


    Reja:

    Transport sathining asosiy vazifasi va uning protokollari

    1. Transport sathida ma‟lumotlarni mulplekslash va
      demultiplekslash.


    2. UDP protokoli deytagrammasini shakllantirish.

    3. Baytlar oqimidan TCP segmentni shakllantirish.




    1 Transport sathining asosiy vazifasi – amaliy jarayonlar (rus tilida - прикладные процессы) o’rtasida ma’lumotlarni uzatish vazifasi hisoblanadi. Transport sathida ikkita UDP va TCP protokollari mavjud. Ular ko„pgina o„xshash jihatlarga ega. Ikkala protokol ham ulardan yuqorida joylashgan amaliy sath bilan interfeysni ta‟minlab beradi. Ya’ni ular xost kompyuterning kirish interfeysiga kelgan ma’lumotlarni, ushbu ma’lumotlar uzatilishi kerak bo’lgan mos ilovaga (FTP, TFTP Telnet, SMTP yoki HTTP protokollarining biriga) etkazib beradi. UDP va TCP protokollari bu vazifani bajarish davomida “port” va “soket” konsepsiyasidan foydalanadi. Ushbu protokollar transport sathidan pastda joylashgan tarmoq sathining IP-paketlariga o’zlarining PDU- larini joylashtirish bilan, bu sathlar o„rtasida interfeysni ta’minlab beradilar. UDP va TCP protokollari, amaliy sath protokollari hisoblangan - FTP, TFTP Telnet, SMTP,HTTP,...kabi xostlarda o’rnatilgan bo’ladi.
    Turli amaliy xizmatlar - FTP, TFTP, Telnet, SMTP, HTTP, ... lardan kelib tushadigan ma’lumotlarni qabul qilib olish muolajasi – multiplekslash deb ataladi. Aksincha tarmoq sathi orqali kelib tushgan paketlarni UDP va TCP protokollari orqali amaliy sath xizmatlariga taqsimlash esa – demultiplekslash deb ataladi.
    Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda – portlar tushunchasidan foydalaniladi. Amaliy sathning keng tarqalgan har bir xizmati o„zining portiga ega FTP - 21, DNS - 53, Telnet - 33 va xokazo. Kompyuterdan chiqib ketayotgan va kompyuterga kelayotgan ma’lumotlar ana shu portlar orqali o‘tadi. Portlarning raqamlari 0 dan 1023 gacha bo‘lishi mumkin.
    2 UDP protokoli. UDP protokoli deytagrammali protokol bo’lib, u xizmat ko„rsatishni imkon darajasida amalga oshiradi, ya’ni o’z xabarlarini etib borishiga kafolat bermaydi. UDP protokoli IP- deytagrammali protokolning ma’lumotlarni ishonchli etkazib bera olmaslik imkoniyatini, to’g’irlay olmaydi.
    UDP protokolining ma’lumotlar birligi, UDP-deytagramma yoki foydalanuvchining deytagrammasi deb ataladi. Har bir deytagramma maxsus foydalanuvchiga tegishli bo„lgan alohida xabarni etkazib beradi. UDP protokoli deytagrammasini shakllantirish ko’rsatilgan. UDP sarlavhasi to’rtta ikki baytli maydonlardan iborat. Ularda ma‟lumot jo„natuvchi va qabul qiluvchilar portlarining raqamlari, deytagrammaning uzunligi va nazorat summasi joylashtirilgan bo’ladi.
    Quyida UDP deytagrammasi sarlavhasiga misol keltirilgan:
    Ushbu sarlavhada UDP deytagramma 132 bayt uzunlikdagi, DNS-server xabaridan iborat ekanligini ko’rish mumkin. Ma’lumot uzatuvchining port raqami o’n oltilik sistemasida 35 ga teng, uni o’nlik sistemasiga o„tkazsak 53 ga, ya’ni DNS-server portining standart raqamiga teng bo’ladi.

    3 UDP deytagramma sarlavhasining oddiyligi, UDP protokolining uncha murakkab emasligidan dalolat beradi. Haqiqatdan ham ushbu protokolning vazifasi, tarmoq va amaliy sathlar o’rtasida ma’lumotlarni multiplekslash va demultiplekslashdan iboratdir. TCP segmentining formati. TCP protokoliga undan yuqorida joylashgan protokollardan kelib tushadigan axborot, TCP protokoli tomonidan strukturalanmagan baytlar oqimi sifatida qaraladi. Kelib tushayotgan ma’lumotlar TCP vositalari yordamida buferlanadi, ya’ni oraliq xotiraga vaqtincha yozib qo’yiladi. Tarmoq sathiga uzatilishi kerak bo’lgan - segment deb ataladigan va sarlavha bilan ta’minlangan, uzluksiz ma’lumotlar ketma-ketligi, oraliq xotiradan (buferdan) kesib olinadi

    4 TCP-segmentining sarlavhasi, UDP deytagrammaning sarlavhasiga nisbatan, ancha ko’p maydonlardan (qismlardan) tashkil topgan. Bu holat TCP-protokoli imkoniyatlarining ancha keng ekanligini anglatadi. TSR-segmentining sarlavhasiga tegishli bo’lgan maydonlarning asosiylari quyidagilardan iboratdir:

    1 Ma’lumot yuboruvchining porti (source port) – ushbu raqam 2 baytni egallaydi va jo’natuvchi-jarayon qaysi ekanligini bildiradi.


    2 Ma’lumot qabul qiluvchining porti (destination port) – ushbu raqam 2 baytni egallaydi va qabul qiluvchi-jarayon qaysi ekanligini bildiradi.
    3 Ketma-ket keladigan raqam (sequence number) – uzunligi 4 bayt, ushbu raqam, segmentdagi ma’lumotlarning birinchi bayti raqamini ko’rsatadi, ya’ni sarlavha tugagan joyga to’g’ri keladigan bayt raqamini.
    4 Tasdiqlangan raqam (acknowledgement number) – uzunligi 4 bayt. 5.Sarlavxaning uzunligi (hlen) - uzunligi 4 bayt.
    Download 79.98 Kb.




    Download 79.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari

    Download 79.98 Kb.