|
Muammo bayoni va bitiruv ishining maqsadi
|
bet | 4/32 | Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 2,32 Mb. | | #267039 |
Bog'liq Miraxmedov Xusanboy BMIMuammo bayoni va bitiruv ishining maqsadi
Hozirgi zamonaviy dunyoda mijozlarning o’sib borayotgan talabini qondirish ularni havfsiz, sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash har bir biznesning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu ayniqsa oziq ovqat sanoatida yaqqol namoyon bo’ladi. Mijozlar haridlarni amalga oshirishi uchun qulay bo’lgan muhitni yaratish eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Raqamli tehnologiyalarning sharofati bilan mijozlar uydan chiqmasdan minimal vaqt sarflagan holatda keng assortimentdagi iste’mol mahsulotlarini buyurtma qilishlari mumkin bo’lmoqda. Bunday tizimlarni ishlab chiqish ularning muntazamligini va havfsizligini ta’minlash esa dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Ishonchli hizmat ko’rsatish, havfsiz to’lovlar, tezkor yetkazib berish xizmatlarini birlashtirishligi bu shu sohadagi dasturiy ta’minotlar uchun asosiy talab hisoblanadi. Bu bitiruv malakaviy ishidan asosiy maqsad shu talablarga javob beruvchi Veb ilovani ishlab chiqishdir.
1.1 Axborot texnologiyalari rivojlangan dunyoda mijozlarning xarid qilish odatlarining o'zgarib borishi.
Axborot texnologiyalari (AT) rivojlanishi bilan, odamlarning xarid qilish odatlari sezilarli darajada o‘zgarmoqda. Bugungi kunda xarid qilish jarayonlari faqat do‘konlar va savdo markazlarida emas, balki onlayn platformalarda ham amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar mijozlarning xulq-atvori va talablari, shuningdek, savdo usullarining evolyutsiyasiga olib kelmoqda. Axborot texnologiyalari dunyosida mijozlarning xarid qilish odatlarining qanday o‘zgarayotganini va bu o‘zgarishlarning sabab va natijalarini quyidagilar:
1. Raqamli bozorning o’sishi: Raqamli bozorlarning o‘sishi va rivojlanishi mijozlar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Endi iste'molchilar mahsulotlarni faqatgina mahalliy do‘konlardan emas, balki butun dunyo bo‘ylab onlayn do‘konlardan ham xarid qilish imkoniga ega. Ushbu jarayon mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirdi va global raqobatni kuchaytirdi. Raqamli bozorlar mijozlarga ko‘proq tanlov va qulaylik taqdim etmoqda.
|
| |