• Transaksiya xarajatlari
  • Transaksiya xarajatlari va ularning turlari




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/101
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #255953
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
    Bog'liq
    institutsional iqtisodiyot 1 1 1

    6.3. Transaksiya xarajatlari va ularning turlari
    Kouz teoremasini ifodalashda transaksiya xarajatlari hisobga olinmaganligi
    sababli navbatdagi tahlilda transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratiladi. Eng
    umumiy ta’rifga ko`ra, «transaksiya xarajatlari» - bu mexanik tizimlardagi
    ishqalanish tushunchasining ekvivalenti. Ba’zan, «ishqalanish» atamasidan
    iqtisodiy agentlar o`rtasidagi bitimlarning tezkor tuzilishiga to`sqinlik qiluvchi
    omillarni yoritish uchun foydalaniladi. Fizika bilan o`xshatmagan holda, iqtisodiy
    sub’ektlarni muvofiqlashtirish va ularning o`zaro ta’siri bilan bog`liq istalgan
    xarajatlar transaksiya xarajatlari jumlasiga kiritiladi. Demak, transaksiya
    xarajatlarining ta’rifi quyidagicha bo`ladi:
    Transaksiya xarajatlari
    – bu
    mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash bilan bog`liq barcha xarajatlardir.
    Institutsional nazariya doirasida transaksiya xarajatlarini izohlashda
    yakdillik mavjud emas. Bitimlar tuzishda qayerdan va nima uchun transaksiya
    xarajatlari paydo bo`lishini izohlashning kamida uchta varianti mavjud: transaksiya
    xarajatlari nazariyasining yondashuvi, ijtimoiy tanlov nazariyasining yondashuvi
    va kelishuvlar nazariyasining yondashuvi. Ayniqsa neoklassik iqtisodiy nazariya
    xarajatlarning faqat bitta turi – ishlab chiqarish xarajatlari mavjudligini nazarda
    tutishini hisobga olsak, yakdillikning bunday mavjud emasligi yaqqol namoyon
    bo`ladi. Shuning uchun transaksiya xarajatlarining mavjud bo`lishini faraz qilish
    neoklassikaning yo uning «qat’iy negizi»ga yoki uning «himoya qobig`i»ga
    taalluqli fikrlarining o`zgarishi bilan bog`liq.
    Transaksiya xarajatlari nazariyasiga nisbatan yondashuv axborot olish uchun
    xarajatlar mavjud emas va shaxslar bitim to`g`risidagi axborotga to`liq ega
    bo`ladilar degan neoklassik fikrning o`zgarishi bilan bog`liq. Bu yerda sotuvchilar
    va narxlarni identifikatsiyalash xarajatlari -
    axborot xarajatlari
    mavjudligini
    ehtimol tutish muhim holat hisoblanadi. Bozorda sotuvchilar va xaridorlarning
    soni, tovarning bir xillik darajasi, ularning bozorda ishtirok etishi vaqti, bozorning
    geografik davomiyligi axborot xarajatlarining miqdorini belgilab beruvchi asosiy
    omillar bo`lib hisoblanadi. Bunda oqilona tanlov modeli o`zgarmaydi, lekin unga
    qo`shimcha shartlar kiritiladi: bitim haqidagi qo`shimcha axborotni qidirib topish


    77
    xarajatlari axborotga ega bo`lishdan kutilayotgan eng yuqori daromadga
    tenglashtirilishi lozim.
    Transaksiya xarajatlarini tahlil qilishdagi navbatdagi qadam shuni nazarda
    tutadiki, barcha transaksiya xarajatlari axborot xarajatlaridan chiqarilishi mumkin.
    Transaksiya xarajatlari almashuv to`g`risidagi axborotni olish xarajatlari bilan u
    yoki bu tarzda bog`langan. Masalan Robinzon Kruzo o`z faoliyatida transaksiya
    xarajatlariga emas, balki (ob-havo sharoitlari, turli boshoqli ekinlarning
    hosildorligi to`g`risidagi) axborot xarajatlariga duch keladi.
    Bitim bo`yicha sherikda ehtimol tutiladigan opportunistik
    *
    fe’l-atvorning
    axborot xarajatlariga bog`liqligini quyidagi misolda keltirish mumkin. Ma’lumki,
    opportunizm axborotning to`liqsizligi va asimmetrikligi sharoitida alohida
    shakldagi maqsadli harakat hisoblanadi. Shartnoma A1 faoliyatni amalga
    oshirishni talab qilsin deylik, lekin, shartnoma tuzilganidan keyingi voqealar
    rivojini bilgani holda, tomonlar A2 harakatni bajarishimiz lozim degan qarorga
    kelishadi. Biroq A1 dan A2 ga o`tish oson bo`lmasligi mumkin. Olingan
    daromadlarni taqsimlash tartibi intensiv savdolar predmetiga aylanadi.O`z
    navbatida, tomonlar uchun opportunizmga asos vujudga keladi. Agar bitimni
    tuzishda tomonlar kontragentning xatti-harakati va bitimning ehtimoliy yakuni
    haqida to`liq axborotga ega bo`lganida edi, uni amalga oshirish jarayonida
    opportunistik xatti-harakat o`rin tutmagan bo`lar edi.
    Iqtisodiy tahlil chog`ida e’tiborni axborot bozoriga va axborot narxiga
    qaratish transaksiya xarajatlarining tabiatini batafsil izohlashga yakun yasaydi.
    Umuman iqtisodiy tizim dinamikasini aniqlashda asosiy rolni o`ynovchi bozor
    sektoriga nisbatan qarashlarning o`zgarishini 6.2-jadval yordamida ifodalash
    mumkin.

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transaksiya xarajatlari va ularning turlari

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish