|
O’zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati raisi A. A. Azizovga O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori
|
Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 18,68 Kb. | | #119711 |
Bog'liq АРИЗА
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga
O’zbekiston Respublikasi
Davlat Xavfsizlik xizmati raisi
A.A.Azizovga
O’zbekiston Respublikasi
Bosh Prokurori
N.T.Yo’ldoshevga
Surxondaryo viloyat Prokurori S.A.Turdiyevga
Termiz shahar Prokurori X.P.Mamatqulovga
Surxondaryo viloyati Termiz shahar Chegara MFYda yashovchi fuqaro Orziqulov Isroil tomonidan
A R I Z A
“Hududiy Elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo viloyat hududiy filiali 2023 yil 05-aprel kuni 315 – sonli qarori bilan o’rtacha oylik ish xaqqining 20 foizi miqdorida intizomiy jazo qo’llash haqida buyruq chiqardi.
Men ushbu buyruq noo’rin qo’llanilganligi sababli, bu holat yuzasidan Surxondaryo viloyat sudiga davo arizasi kiritdim. 2023-yil 20-iyul kuni sud “Hududiy Elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo viloyat hududiy filialining 2023 yil 05-aprel kuni 315 – sonli buyrug’ini g’ayriqonuniy deb topilib bekor qilinsin.
Javobgar “Hududiy Elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo viloyat hududiy filiali hisobidan davlat foydasiga 660 000 (olti yuz oltmish ming) so’m davlat boji undirilsin deb qaror chiqardi.
“Hududiy Elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo viloyat hududiy filiali devonxona bo’limidan 2023-yil 29-iyul kuni sud qarorini 01-81 468 №2-1901-2303/3505 sonli reestr bilan shu filialning huquqshunoslik bo’limiga chiqarilgan. Sud qarori 1 oydan so’ng kuchga kirishini hisobga olgan taqdirda, mana 2 oydan o’tgan bo’lsada ushbu sud qarori haligacha ijrosi bajarilgani yo’q.
“Hududiy Elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo viloyat hududiy filiali huquqshunoslik bo’limi boshlig’i Bobomurodov Shavkat Qilichovich turli bahonalar qilib, sud qarorini ijrosini bajarmay kelayapti. Unga juda ko’p marta telefon orqali (audio yozuvlari mavjud), bir necha bor hizmat xonasiga tashrif buyurdim, ba’zida topolmayman topgan taqdirda ham ishning ko’pligini bahona qilib keyinroq ko’rib chiqishini aytib kelayapti. Sudning bekor qilish haqidagi qarori bo’lsada, arizani yana nimasini ko’rib chiqadi shunga hech tushuna olmayapman.
Hurmatli huquqshunosimiz Bobomurodov Shavkat Qilichovich intizomli jazo qo’llashdan oldin ushbu buyruq bo’yicha bizlarni tanishtirishi lozim edi va biz tanishdik deb imzo qo’yishimiz kerak edi, lekin bu ishlar amalga oshmay intizomli jazo qo’llab yuborildi. Natijada 3 ta xodimning oilasiga moddiy zarar, o’zlariga ruhiy zarar, ishda, uyida ishchanlik faoliyatida katta ta’sir o’tkazdi.
Mustaqilligimizning 32 yilligiga beriladigan bir martalik mukofot puli va oyligimizdan ushlab qolingan pullarimizni va intizomli jazoni bekor qilish haqidagi sudning qarorini bajarilishini ta’minlab, amaliy yordam berishingizni so’rayman.
Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qonun ustuvor yurtda el-yurtimiz tinch, xalqimiz faravon yashaydi, shunday ekan qonun ustuvor ekanini amalda isbot qilib Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, oyog’i yerdan uzilgan, qonunni mensimay, sud ijrosini bajarmay kelayotgan huquqshunosimiz Bobomurodov Shavkat Qilichovichga yo’l qo’ygan xato-kamchiliklari uchun qonunda belgilangan tartibda chora ko’rishingizni so’rayman.
Ilova: Sud qarori
Hurmat bilan: ______________ I.Orziqulov
“____”______________ y.
|
| |