|
quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qonikarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin
|
bet | 5/6 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #272425 |
Bog'liq AIvaAO 1-kurs AX magistr Sillabusquyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qonikarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;
fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;
fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
fanni bilmasa.
Baholash tartibi
№
|
Nazorat
turi
|
Ball
miqdori
|
Izoh
|
1.
|
Joriy nazorat (mustaqil ta’lim bilan birga)
|
50 (shu jumladan, mustaqil ta’lim uchun 25 ball)
|
Joriy baholash amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarida baholanadi. Joriy nazoratlarda olgan ballarning o‘rtachasini hisoblash orqali yagona ball hisoblanadi. Semestr davomida joriy nazorat 2 qismdan iborat bo‘ladi: 1-va 2-joriy nazorat. 1-joriy nazorat uchun (MT bilan birga) 30 ball, 2-joriy nazorat uchun (MT bilan birga) 20 ball.
Mustaqil ta’lim, berilgan topshiriqni o‘qituvchiga topshirilganda baholanadi. MT topshiriqlarini qabul qilish himoya qilish shaklida tashkil etilishi mumkin. Agar MT topshiriqlari bir nechta bo‘lsa, ularning o‘rtacha bali hisobga olinadi.
|
2.
|
Oraliq nazorat
|
20
|
Oraliq nazorat sinovlarida baholanadi. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta tashkil etiladi. Oraliq nazoratni qayta topshirish tashkil etilmaydi.
|
3.
|
Yakuniy nazorat
|
30
|
Yakuniy nazorat sinovlarida baholanadi. Yakuniy nazoratni qayta topshirish tashkil etilmaydi.
|
Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari quyidagi jadval asosida hisobga olinadi:
Ball tizimi
|
90-100 ball
|
70-89,9 ball
|
60-69,9 ball
|
0-59,9 ball
|
Baho tizimi
|
5 baho - “a’lo”
|
4 baho – “yaxshi”
|
3 baho – “qoniqarli”
|
2 baho – “qoniqarsiz”
|
Semestr davomida talaba muayyan fan bo‘yicha 60 balldan kam ball to‘plasa, talaba mazkur fandan akademik qarzdor hisoblanadi.
Shuningdek, muayyan fan bo‘yicha joriy (mustaqil ta’lim bilan birga) va oraliq nazoratlar bo‘yicha jami to‘plagan bali 29 ball va undan kam bo‘lgan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi va akademik qarzdor hisoblanadi.
|
| |