|
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi
| bet | 5/7 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 69,5 Kb. | | #109698 |
Bog'liq Bitiruv ishi PJT-2023Bitiruv ishi rahbari B. Ashurova
Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Matematika o‘qituvchisi” yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchisi Pardayev Jasur Toshtemirovichning “Uchburchak, uchburchak turlari hamda uchburchaklar o‘rta chiziqlarining xossalarini o‘qitishda interfaol ta‘lim metodlaridan foydalanish” mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ
Tinglovchi tomonidan tayyorlangan ushbu bitiruv ishiga ijodiy yondashilib, aniq, mantiqiy to’g’ri shakllantirilgan, reja to’g’ri tuzilgan, kirish qismi yozilgan va unda mavzuning dolzarbligi, uning ilmiy-pedagogik hamda metodik adabiyotlarda qanchalik hal etilgani, amaliyotdagi ishlar ahvoli, muallif hal qilmoqchi bo’lgan masalalar ko’rsatib o’tilgan, matnda sarlavhalar o’z joyiga qo’yilgan, har bir sarlavha tegishli mazmun asosida ochib berilgan hamda ishda bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib ilmiy-usubiy tavsiyalar ko’rsatilgan. Muallifning bitiruv ishi yetarlicha yoritilgan va ishida ko’tarilgan muammolar bir necha usullar bilan hal qilingan, ishning ahamiyati va undan amaliyotda foydalanishning yo’l yo’riqlari ko’rsatilgan, xulosa qismida mavzu bo’yicha muallif o’rgangan adabiyotlar va ish tajribalar tahlili asosidagi xulosa hamda uning kelgusida bajarmoqchi bo’lgan ishlari loyihasi aks ettirilgan, foydalanilgan adabiyotlar, mualliflari, qaysi manbadan olinganligi to’g’ri tanlangan. Bitiruv ishida internet manbalaridan foydalanish holatlari yetarli, lekin ayrim imlo xatolar uchraydi. Bu bitiruv ishining saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Pardayev Jasur Toshtemirovichning “Uchburchak, uchburchak turlari hamda uchburchaklar o‘rta chiziqlarining xossalarini o‘qitishda interfaol ta‘lim metodlaridan foydalanish” mavzusidagi bitiruvishni himoyaga tavsiya etaman.
Maktab direktori U. Qarshiyeva
Oqdaryo tumani 4-maktabning
Matematika fani o`qituvchisi U. Qarshiyeva
Bitiruv ishi bayoni
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi
|