ko„rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya Texnologiyalaridan foydalanish bo„yicha
tavsiyalar beradi;
har bir chorak yakuniga ko„ra o„quvchilardagi bo„shliqlarni to„ldirish, murakkab mavzularni
osonroq tushuntirish bo„yicha metodik
tadbirlarni tashkil etadi;
yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratadi;
metodbirlashma a‟zolari orasida sog„lom raqobat va ijodiy muhitni shakllantiradi,
boshqa
metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo„lga qo„yadi;
fan o„qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli tarifikatsiya bo„yicha
metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi;
o„qituvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga ko„maklashadi;
fan o„qituvchilarining metodik yordamga bo„lgan
ehtiyojini aniqlab, tuman (shahar), hududiy
xalq ta‟limi boshqarmasi va Pedagoglarni yangi metodikalarga o„rgatish
milliy markazlaridagi
metodistlaridan metodik yordam oladi;
mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo„yicha o„qituvchilarning tegishli
ko„nikmalariga ega bo„lishlari uchun o„quvlar tashkil qilib boradi;
ilg„or metodikalarga ega o„qituvchilarni
xolis aniqlab, ularning tajribasini ommalashtirish,
rag„batlantirish bo„yicha maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi.
7.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida o„quv-tarbiya jarayoni
sifatini yanada yaxshilash,
pedagog xodimlarga o„z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish maqsadida yilning avgust oyida
va