O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi va mehnat munosabatlariga oid qonunlarini o‘rganib tahlil qilish Mehnat kodeksi




Download 42.96 Kb.
bet1/5
Sana25.03.2024
Hajmi42.96 Kb.
#176241
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mehnat iq
about blank, PDF Scanner 16-05-23 4.20.12

O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi va mehnat munosabatlariga oid qonunlarini o‘rganib tahlil qilish
Mehnat kodeksi — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining MK 1995-yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996-yil 1-apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.
MKning asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, 
Iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o'zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligiga, uning hayot darajasi va sifatiga qay darajada ta'sir ko'rsatayotgani bilan o'lchanadi. Bu o'zgarishlar, umuman, aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida dastlab mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi milliy qonun va qonunosti hujjatlarni zamon talabi asosida takomillashtirish, ularda umume'tirof etilgan tamoyillarni qamrab olishni taqozo etadi.Deputatlarimiz mas'ulligida maromiga etkazilgan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 2021 yilda Senatga yuborilgan edi. Prezidentimiz 25 oktyabr` kuni Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha o'tkazgan videoselektor yig'ilishida yangidan ishlab chiqilgan mazkur Mehnat kodeksi xususida to'xtalib, ushbu muhim hujjatni, ya'ni qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklarni xalqimizga, ish beruvchi va ishchilarga sodda tilda tushuntirish kerakligiga alohida e'tibor qaratgan edi.Uzoq kutilgan kunlar keldi. Prezident 2022 yil 28 oktyabr` kuni “O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida”gi qonunni imzoladi.Rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksimiz aholi, ayniqsa, ijtimoiy ehtiyojmand toifalarni ishga joylashtirish bo'yicha qo'shimcha kafolatlar belgilangani bilan ahamiyatlidir.Uzoq yillar davomida ehtiyojmand, kam ta'minlangan aholiga moddiy-ma'naviy ko'mak berilgani haqida ko'p gapirildi, hisobotlar topshirildi. Ammo ularning bandligini ta'minlash, “qo'liga baliq emas, baliq tutishga qarmoq berish” haqida fundamental qaror va amallar chetga surib kelinardi. Hatto mamlakatimizda “kambag'allar” borligini tan olmaslikka ham ko'nikib qolgandik. Bu bilan kam ta'minlangan aholining kosasi oqarmadi, biri ikki bo'lmadi. Qo'l bilan berganga qush to'ymas, deganlaridek, ehtiyojmand aholiga ajratilgan moddiy yordam ularning unib-o'sishi, rivojlanishiga xizmat qilmadi.
e'tiborlisi, O'zbekiston tarixida ilk marotaba, ya'ni 2020 yil yanvar` oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida har qanday mamlakatda bo'lgani kabi, bizda ham kambag'al aholi qatlami mavjudligini ochiq aytdi. Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to'lash yoki ular miqdorini oshirish orqali kambag'allik muammosini hal qilish mumkin, deb hisoblash – bir tomonlama yondashuv bo'lib, muammoni to'la echish imkonini bermasligi alohida ta'kidlandi.Kambag'allikni kamaytirish maqsadida aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, ularning ichki salohiyatini to'la ro'yobga chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish kabi kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bo'yicha muhim qadamlarni qo'yish kerakligi qayd etildi.Tarixiy Murojaatnomadagi ana shu ruh, kayfiyat yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ham o'z mujassamini topdi. Ya'ni, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari va ularning aniq mezonlari yangi kodeksdan o'rin oldi.Xususan, 14 yoshga to'lmagan, nogironligi bo'lgan bolalari bor yolg'iz ota-ona, shuningdek, ko'p bolali oilalardagi ota-onalar, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab kasbga ega bo'lgan yoshlar, “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari, oliy ta'lim tashkilotlarining davlat granti bo'yicha ta'lim olgan bitiruvchilari, nogironligi bo'lgan, pensiyaoldi yoshdagi shaxslar, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qo'shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko'ra o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan shaxslar hamda odam savdosidan jabrlanganlar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga kiritildi.

Download 42.96 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 42.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi va mehnat munosabatlariga oid qonunlarini o‘rganib tahlil qilish Mehnat kodeksi

Download 42.96 Kb.