• 5-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
  • 6-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
  • O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining asosiy yo'nalishlari, mehnatkashlarni himoya qilish, mavjud imtiyozlar




    Download 40,51 Kb.
    bet3/20
    Sana23.12.2023
    Hajmi40,51 Kb.
    #127486
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    O\'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining asosiy yo\'nalis

    mehnatda mayib bo‘lish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi;
    noqulay ishlab chiqarish omillari — zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi;
    xavfli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;
    shaxsiy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar.
    5-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
    Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
    xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash;
    mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
    barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash;
    mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
    xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;
    fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish;
    ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;
    xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
    6-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
    Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

    Download 40,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 40,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining asosiy yo'nalishlari, mehnatkashlarni himoya qilish, mavjud imtiyozlar

    Download 40,51 Kb.