• “Vatan tayanchi” harakatining emblemasi to„g„risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar
  • O„zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi o„zbekiston respublikasi xalq ta‟lim vazirligining qarori




    Download 234.58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana04.03.2024
    Hajmi234.58 Kb.
    #166352
    1   2   3
    Bog'liq
    кўкрак нишони қўшма қарор
    Qardashev Izzatbek, 6.11.2023, 5311000 Технологик жараёнларва ишлаб чикаришни автоматлаштриш ва, MI 5 M SH, Ko\'chirma gapli qo\'shma gaplar
    TAVSIFI 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    “Vatan tayanchi” emblemasi eni 41 mm, balandligi 48 millimetrli aylana va yuqorisida 
    bayroq shaklida bo„lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Emblema markazida orqa tarafida 
    quyosh nurlari porlayotgan o„g„il va qiz bola qo„lida kitob va kompyuter bilan tasvirlangan. 
    Aylana bo„ylab lavr gulchambarlari joylashtirilgan. Aylana pastki qismida ko„k rangli fonga 
    zarxal harflar bilan balandligi 2 mm uzunligi 27.7 mm bo„lgan 
    lentaga “VATAN TAYANCHI” 
    yozuvi 
    bitilgan. Emblema yuqori qismida hilpirayotgan davlat bayrog„i tasvirlangan. 
    Emblema markazining orqa tarafida quyosh nurlari o„sib kelayotgan yosh avlod yo„li 
    buyuk tariximiz bilan yoritilganligi va ularning kelajagi porloqligi ramzi. 
    Emblema markazidagi atrofi lavr gulchambarlari bilan o„ralgan o„g„il va qiz, yurtimiz 
    siyosatining markazi, ko„z qorachig„i yoshlar ekanligi, gender tenglik ya‟ni yurtimiz kelajagi 
    uchun barcha birdek mas‟ul va tenglik ramzi, bola qo„lidagi kitob va kompyuter ilm fan
    va zamonaviy texnika texnologiyalarga bo„lgan qiziqish va ilmga o„chlik ramzi. 
    Emblema yuqori qismidagi hilpirayotgan davlat bayrog„i Yangi O„zbekiston uchun 
    tayanch bo„ladigan haqiqiy vatan farzandlari ramzi. 



    O„zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 
    O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligining 
    2022- yil “___”_______dagi ______ - sonli qaroriga 
    2- ilova 
    “Vatan tayanchi” harakatining emblemasi to„g„risida 
    NIZOM 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Ushbu Nizom “Vatan tayanchi bolalar va o„smirlar harbiy vatanparvarlik harakati 
    emblemasini (bundan buyon matnda “Vatan tayanchi” emblemasi deb yuritiladi) tayyorlash va 
    undan foydalanish tartibini belgilaydi. 
    2. “Vatan tayanchi” emblemasi Mudofaa vazirligining buyurtmasiga asosan “Davlat 
    belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bir xil namunada tayyorlanadi va harakat a‟zolari 
    uchun harakat tomonidan bepul taqdim etiladi. 
    3. “Vatan tayanchi” emblemasini tayyorlash taqdirlash bilan bog„liq xarajatlar uchun 
    zarur pul mablag„lari tegishli Mudofaa vazirligining byudjet, byudjetdan tashqari mablag„lari 
    hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 

    Download 234.58 Kb.
    1   2   3




    Download 234.58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi o„zbekiston respublikasi xalq ta‟lim vazirligining qarori

    Download 234.58 Kb.
    Pdf ko'rish