2-Mavzu: Mutloq qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakati. Massalar markazi. Qattiq jismning inertsiya momenti. Impuls momenti, kuch momenti. qattiq jism aylanma harakati dinamikasining asosiy tenglamasi.
Agar jism aylana bo‘yicha teng vaqtlar ichida teng yoylarni bosib o‘tsa, bunday harakat aylana bo‘ylab tekis harakat deyiladi, ya’ni:
bu yerda: - jismning vaqt davomida bosib o‘tgan yoyning uzunligi. Egri chiziqli harakatda jismning chiziqli tezligi hamma vaqt harakat trayektoriyasiga urinma bo‘lib yo‘nalgan bo‘ladi (1 – rasm).
Jism aylana bo‘ylab tekis harakat qilganda chiziqli tezlik vektori miqdor jihatdan o‘zgarmasdan, butun harakat davomida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib turadi. Shuning uchun aylana bo‘ylab harakatlanayotgan jismning harakati chiziqli tezlikdan tashqari burchak tezlik deb ataladigan kattalik bilan ham harakterlanadi.