O’zbekiston Respublikasi Oliй va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,19 Mb.
bet78/82
Sana31.12.2019
Hajmi1,19 Mb.
#6604
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bu formulada yorug’lik to’lqining chastotasi.

Agar chastota ortishi bilan absolyut sindirish ko’rsatkichi ortib borsa, bunday dispersiya normal dispersiya deyiladi, aksincha chastota ortib borishi bilan chastota kamaysa, bunday dispersiya anomal dispersiya deyiladi.

YOrug’lik dispersiyasini birinchi marta 1672 yilda ingliz olimi I.Nyuton kuzatgan. U shisha prizmadan oq yorug’lik o’tganda rangli spektr hosil bo’lishini aniqlagan. YOrug’lik dispersiyasini sindirish ko’rsatkichni aniqlaydigan har qanday usul bilan kuzatish mumkin. Masalan, prizmalardan yorug’lik o’tganda, to’la ichki qaytish hodisasi ro’y berganda va interferension asboblar yordamida. Umumiy holda, yorug’lik dispersiyasi ro’y berganda to’lqin uzunligini kamayishi bilan sindirish ko’rsatkichi orta boradi. Bunga normal dispersiya deyiladi. Lekin shunday hollar ham kuzatiladiki, bunda to’lqin uzunligini kamayishi bilan sindirish kursatkichi ham kamayadi. Bunday dispersiyaga anomal dispersiya deyiladi. Odatda anomal dispersiya yorug’likni yutilish sohasida kuzatiladi.

Dispersiya sababli oq yorug’lik sindiruvchi muhitdan o’tganda turli to’lqin uzunlikli monoxromatik nurlarga ajraladi. Agarda bu hodisani ekranda kuzatsak, turli rangdagi yo’llar - ya’ni dispersiya spektrini yoki optik spektrni ko’ramiz. Odatda, optik spektrlar maxsus asboblar - spektrometr va spektrograflarda hosil kilinadi. Spektrlarning tashqi ko’rinishi yorug’lik manbaining xossalariga bog’liq bo’ladi.

Optik spektrlar 3 turga bo’linadilar:

1. Tutash spektrlar.



2. Chiziqli spektrlar.

3. Yo’l-yo’l spektrlar.



YOrug’lik manbai cho’g’langan qattiq va suyuq jismlar, siqilgan gazlardan iborat bo’lsa, kuzatiladigan spektr tutash spektrdan iborat bo’ladi. CHiziqli spektrlarni uyg’ongan alohida atomlar, yo’l-yo’l spektrlarni uyg’ongan alohida molekulalar chiqaradi. Optik spektrlar yordamida moddalarni analiz qilish, atom va molekulalarni tuzilishini o’rganish va boshqa ko’p ilmiy ishlar qilish mumkin. Bu sohaga spektral analiz deyiladi. Hozirgi vaqtda yorug’lik dispersiyasini kvant mexanikasi asosida tushuntiriladi.
14-MAVZU Issiqlik nurlanishining kvant xarakteri. Plank formulasi. Tashqi fotoeffekt, A.G.Stoletov ishlari. Fotonlar energiyasi va impul’si, Eynshteyn tenglamasi. Yorug’likning bosimi. Atom uchun Bor nazariyasi. Bor postulatlari. Frank va Gerts tajribasi
Hozirgi vaqtda ko’p optik hodisalarni faqat yorug’likni kvant nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. Masalan, absolyut qora jismning nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti va boshqalar. YOrug’likni kvant nazariyasini yaratishda A.Eynshteynning «yorug’lik kvantlari» mavjud degan g’oyasi rol o’ynadi, shunga ko’ra yorug’likni elementar zarrachalar — fotonlar oqimidan iborat deb qaraldi. Eynshteynning gipotezasi qator tajribalarda tasdiqlandi. YOrug’lik zarralari — fotonlarning mavjudligi tajribalarda tasdiqlangandan so’ng yorug’likni foton nazariyasi yoki kvant nazariyasi vujudga keldi. Bu nazariya optika tarixida bo’lgan korpuskulyar nazariyani eslatadi. Bu yorug’likning kvant nazariyasiga ko’ra bitta foton quyidagi energiyaga ega bo’ladi :
(8.1)

bunda h Plank doimiysi, - yorug’lik chastotasi.

Foton massasi uchun shunday formula mavjud:


Katalog: Ishchi%20dasturlar -> Fizika%20kafedrasi -> Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> холбоева%20Н
Ishchi%20dasturlar -> Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi
Ishchi%20dasturlar -> Namangan davlat universiteti
Ishchi%20dasturlar -> O’zbekiston respublikasi
Ishchi%20dasturlar -> Namangan davlat universiteti
Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> Namangan davlat universiteti «tasdiqlayman»
холбоева%20Н -> O`zbekiston respublikasi
Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> Fizik a fani bo`yicha ishchi o’quv dasturi 2019/2020 O’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun

Download 1,19 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliй va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,19 Mb.