Kompleks usulli modellari




Download 45,03 Kb.
bet5/6
Sana14.05.2024
Hajmi45,03 Kb.
#233733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2), JAVOBGARLIK MARKAZLARI FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY MEZONLARI, МТ3, 856-Article Text-1692-1-10-20230513, GINS SXM, Nutqning to`g`riligi, Êóðñ èøè ìàâçó, Boshqaruv hisobi va audit yakuniy, 66830, Reference
4. Kompleks usulli modellari.
Iqtisodiy tizimning murakkablashuvi, tasodifiy kattaliklar va noaniqlik omillarini hisobga olish zaruriyati, joriy natijalar va kelgusi hodisalarning o‘zaro bog‗liqligi dinamikligi, o‘rganilayotgan ko‘pchilik hodisalar o‘rtasida kompleks bogliqlik tufayli bunday murakkab tizimga adekvat bo‘lgan an‘anaviy IMMni tuzish murakkabroqdir.
Odatda, murakkab tizimlarni modellash vazifaning yirik o‘lchamliligiga, ichki o‘zaro bog‗lanishlar soniga, turli xil ehtimolli tavsiflarga duch keladi.
Aralash axborot asosidagi usullar kombinatsiyalashganligi davlat «SES»i kabi murakkab tizimlarni prognozlashda qo‘llaniladigan quyidagi usullarni kiritish mumkin:
  • tarixiy o‘xshatish usuli;


  • ssenariy tuzish usuli;


ekonometrik modellar; - imitatsion modellar. Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud.


Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud.
Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xoʻjaligi tabiiytarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqdanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartibqoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xekami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot modelida korporatsiya manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyiladi, individual manfaatlarga faqat korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada ilmiy tadqiqot, texnikloyiha ishlari ham olib boriladi. Muammolarning korporatsiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya xodimlar uchun yuksak turmush darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining yuqori boʻlishini taʼminlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila aʼzolarini ham ish bilan taʼminlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yoʻla katta summada mukofotlar berishni zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar oʻrtasida inoqlik boʻladi. Bunday choratadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga oʻrin qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya misol boʻla oladi.
Narxlar darajasining umumiy ko‘tarilishi zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining turli maktablari hamda XX asr o‘rtasi va oxirida bozor strukturasining o‘zgarishi bilan bogliq. Bozorda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar faoliyat ko‘rsatsa va kapital qo‘yilishi oson bo‘lganda bu struktura raqobat shartlari xaqida tobora kamroq eslatadi. Zamonaviy bozor – bu, ma‘lum darajada oligopolistik bozordir. Oligopoliya esa baho (narx) ustidan ma‘lum hokimiyatga ega. Barqaror narxlarni saqlab qolishga intilib, oligopoliyalar ularning mahsulotiga talabning pasayganida odatda, narxlarni pasaytirmaydilar, balki defitsitni vujudga keltirib, ishlab chiqarishni qisqartiradilar. Bundan tashqari oligopoliya asosida kuchli kasaba uyushmalarning faoliyati tufayli «narxlar-ish xaqi-narxlar» inflyatsion spirali shakllanadi.
U yoki bu davlat iqtisodiyoti «ochiqligi»ning o‘sishi bilan, uning jahon xo‘jalik aloqalariga kirib borishi bilan import inflyatsiyasi xavfi ortib boradi. Shunday holda, 1973 yilda energotashuvchilar narxining o‘sishi («energetik krizis») import qilinuvchi neft narxining o‘sishiga va texnologik zanjir bo‘yicha boshqa tovarlarning narxining o‘sishiga olib keldi. O‘zgarmas valyuta kursi sharoitida mamlakat har gal import tovarlari narxlari ko‘tarilishiga «tashqi» ta‘sirni boshdan kechiradi.
Inflyatsion kutishlar natijasida inflyatsiya o‘zini - o‘zi quvvatlovchi xarakter kasb etadi. Garb mamlakatlari va mamlakatimizdagi olimlarning ko‘pchiligi bu omilga alohida qaraydilar. Ular ishlab chiqaruvchilar va aholining inflyatsion kutishlarini yengib o‘tish - antiinflyatsion siyosatning eng muhim (agarda bosh bo‘lmasa) vazifasi deya urgu beradilar.
Inflyatsion kutishlarning iqtisodiyotga ta‘sir mexanizm qandayq Gap shundaki, aholi uzoq vaqt davomida narxlarning o‘sishini ko‘rib va ularning pasayishiga umidni yo‘qotib, o‘zining joriy ehtiyojlaridan ortiq tovarlar sotib ola boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida odamlar nominal ish haqini oshirishni talab qiladilar va shu bilan joriy iste‘mol talabining ko‘payishiga turtki beradilar. Ishlab chiqaruvchi yaqin orada xom-ashyo, material va jamlovchi mahsulotlar qimmatlashishini kutib, mahsulotiga yuqoriroq narx kuya boshlaydi. Puldan qochish boshlanadi.
Inflyatsiya va uning omillari orasidagi vaqtli boglanishni belgilash muhim, bu inflyatsion jarayonlarni prognozlash va boshqarishga imkon beradi. Inflyatsiyaning yangi kurtagi chiqishi – bu, omillarning vaqt orasidagi dinamikasi bilan bogliq. Pul massasining o‘sishi va uning tovar bilan ta‘minlanishi o‘rtasidagi nisbatni topish uchun ishlab chiqarish va narxlar darajasi dinamikasini tahlil qilish zarur. Aynan indeks inflyatsiyadan darak beradi. Narxlar indeksini hisoblash uchun ma‘lum vaqtdagi «bozor savati» tovar va xizmatlarning jami narxlari o‘rtasidagi munosabat olinadi. Odatda, «bozor savati» tovarlari tarkibiga barcha aholi xarid qiladigan ko‘prok tovarlar kiritiladi. Indeks, odatda, %da ifodalanadi:
Z S C 100%
Bu yerda: Z-berilgan davrdagi narxlar indeksi, %;4 S-berilgan davrdagi «bozor savati» narxi; S-bazis davrdagi «bozor savati» narxi.
Biroq, bu indeks quyidagi qator sabablarga ko‘ra, inflyatsiyaning real darajasidan past bo‘lib chiqadi:

  1. Avvalo, odatda, «savat» tarkibiga kirmaydigan, yangi turdagi mahsulotlarning narxi oshiriladi. Shuning uchun «savat» bo‘yicha hisoblangan narxlarning o‘sish indeksi savdodagi barcha tovarlar guruhi bo‘yicha hisoblangan indeksdan ancha past chiqadi.


  2. Хalq iste‘moli tovarlarining chakana narxi tushishi o‘rniga ularning sifati pasayishi mumkin. Alohida tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga ko‘ra, 1987-1989 yillarda sovet korxonalari ishlab chiqargan xalq iste‘moli tovarlarining sifati har yili o‘rtacha 2%ga, chakana narxlarni saqlagan holda, pasayishi kuzatilgan. Sifatning pasayishi bu tovarning iste‘mol xususiyati, foydaliligi pasayishiga olib keladi, shu bilan bogliq holda u foydalilik xususiyati birligidan ancha yuqori narxda sotiladi. Shunday qilib, sifat pasayishini narxlar indeksining adekvat o‘sishi sifatida ko‘rishga barcha asos mavjud.


  3. Ko‘rsatilgan 2 omil qatorida uchinchi, yetarlicha qudratli, iqtisodiyot defitsitida namoyon bo‘luvchi omil ham ta‘sir qiladi. Хalq iste‘moli tovarlarining defitsiti inflyatsiyalarning manbai hisoblanadi. Defitsit bilan bogliq inflyatsiyaning namoyon bo‘lishi shunday narxlarning o‘sishida kuzatiladiki, agar tovarni ochiq bozordan harid qilish imkoni bo‘lmasa, iste‘molchi uni shu narxlarda norasmiy, «qora bozor»dan sotib olishga majbur bo‘ladi.


  4. Iste‘mol narxlarining o‘sishi ishlab chiqarish harajatlarining ko‘payishi (ulgurji narxlarning o‘sishi) bilan ham bogliq bo‘lishi mumkin. qazib oluvchi tarmoqlarda, ayniqsa, yoqilgi-energetika majmualarida narxlarning o‘sishi ma‘lum vaqtdan keyin xalq xo‘jaligining barcha sektorlaridagi harajatlar darajasida «domino» prinsipi bo‘yicha aksini topadi.


Iste‘mol tovar va xizmatlarining qimmatlashuvi va oqibatda ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarning ko‘payishi ro‘y beradi.


Demak, narxlar indeksining o‘zgarishi va uning kattaligini prognozlash turli xil omillarga bogliq: «bozor savati»ning tarkibi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish harajatlari va xalq iste‘moli tovarlari defitsitining kattaligi. Shuning uchun bu indeksni qo‘llash inflyatsiya sur‘atlarini prognozlash uchun yetarli emas.
Iste‘mol narxlari o‘sishi ko‘rsatkichini Yaim deflyatorining o‘sish ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kerak, degan fikr bor.

Bu yerda: D-YaIM deflyatori;



Nn-nominal YaIM; Np-real YaIM.
Ma‘lumki, bu ko‘rsatkichlarning ustunlik va kamchiliklari bor. Narxlar indeksi (va mos ravishda o‘sish sur‘atlari) nisbatan soddaligi va hisob - kitoblarning operativligi bilan Yaim deflyatori indeksi oldida ustunlikka ega. Katta harajatlarsiz narxlar indeksini nafaqat yillik, balki oylik, hatto haftalik oraliqlar uchun aniqlash mumkin. Aynan shuning uchun undan turli maqsadlarda keng foydalaniladi - aholi daromadlari indeksatsiyasini nazariy tahlilidan to amaliy hisob - kitoblarigacha.
Yaim deflyatsiyasi hisob-kitoblarining keng ko‘lamliligi tufayli u chorakda bir marta, odatda bir yilda bir marta nominal va real Yaimning yillik hajmi aniqlanishi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Yaim tarkibini hisob - kitoblaridagi doimiy to‘g‗rilashlar tufayli uning hajmi, o‘z navbatida Yaim deflyatorining hajmi bir necha marta qayta qo‘rib chiqiladi (ba‘zida yillar o‘tib). Bu holat nafaqat o‘tish davridagi mamlakatlarga, balki nisbatan mukammalroq statistikaga ega rivojlangan davlatlar uchun ham xarakterlidir. Shuning uchun Yaim deflyatoridan amaliy maqsadlarda kam foydalaniladi. Shunga qaramay, deflyatorning iste‘mol narxlari indeksi oldida bir muhim ustunligi bor, chunki deflyator Yaimning barcha komponentlari uchun xisoblanadi (xususiy va davlat iste‘moli, investitsiyalar, tashqi savdo), shuning uchun unda investitsion jarayonlar, kamida nazariy, unda to‘liqroq hisobga olinishi kerak.

Xulosa
Ekonometrikaning asosiy masalalaridan biri -- o‘rganilayotgan hodisalarning makonda o‘zgarish va rivojlanish jarayonini tadqiq qilishda vaqt qatorlarini tuzish va tahlil qilish yo‘li bilan hal etiladi.


  • Iqtisodiy hodisalarning makonda o‘zgarishini ifodalayotgan sonlar ketma-ketligini kuzatish vaqt qatori deb ataladi.



  • Vaqtli qatorlar ko‘rsatkichning barqaror o‘zgarishlariga va xususiy tasodiflar o‘zgarishiga ega bo‘ladi.



  • Vaqt qatorlaridagi xususiy tasodiflarni bartaraf etish va barqaror o‘zgarishlarni aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi. Taqqoslangan qatorlarni haqiqiy qatorlar bilan taqqoslashayrim korxonalarni, tarmoq va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ba’zi muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslangan va haqiqiy qiymat ko‘rsatkichlarining farqi, taqqoslangan qatorlar joylashgan va kelajak rivojlanish ko‘rsatkichlari qatorlari joylashishi mumkin bo‘lgan chegaralarni aniqlash imkonini beradi.



  • Ko‘pgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlarni tahlil qilish jarayonida nihoyatda chegaralanib tanlash bo‘yicha aniqliklarni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi xususiyatlarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:



  • a) berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas;





  • Ekonometrik model qurishda ikki turdagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin:



  • • ma’lum bir vaqtdagi turli xil ob’yektlarni tavsiflovchi ma’lumotlar to’plami;



  • • bitta ob’yektni turli vaqt ketma-ketligida tavsiflovchi ma’lumotlar.



  • Bu ma’lumotlardan, asosan, kuzatilayotgan jarayon yoki muammoni tahlil qilish hamda uning matematik modelini qurish uchun foydalaniladi. Birinchi turdagi ma’lumotlar bo’yicha qurilgan modellar fazoviy modellar deyiladi. Ikkinchi turdagi ma’lumotlar asosida qurilgan modellar esa vaqt qatorlari modeli deyiladi.

Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi. Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash usullari iqtisodiymatematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi. Elementlaridan biri iqtisodiy-matematik usullar bo’lgan qarorlarni qabul qilish tizimi ijodiy yondashuvni talab etuvchi xo’jalik muammolarining to’la tsiklini qamrab olishi kerak. «Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining predmeti: Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi.


Download 45,03 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 45,03 Kb.