• Sintaksisi
  • 1.2. Takrorlash algoritmlari va operatorlari.
  • O’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 1.16 Mb.
    bet6/27
    Sana27.03.2023
    Hajmi1.16 Mb.
    #46933
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Tinglovchi Holmirzayev Hoshimjon Erkinjonovich BMI
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
    Ternar (Qisqa shartli) operator. Ushbu operator bilan biz avvalgi ma’ruzalarimizda tanishib o‘tgan edik. Ushbu operatorni ternar operator ham deb ataladi. Odatda ternar operatoridan shartga mos ravishda bajariluvchi operatorlar soni bittadan ko‘p bo‘lmaganda foydalanish qulaydir.
    Sintaksisi: <shart ? [rost bo‘lsa, operator]:[yolg‘on bo‘lsa, operator]>
    Masalan:
    int i=10;
    Console.WriteLine(i==10 ? “i = 10”:“i <> 10”);
    Console.WriteLine(i<20 ? “i < 20”:“i >= 20”);


    switch-case konstruksiyasi. switch-case konstruksiyasini variant tanlash operatori deb ham atash mumkin. Agar argumentni solishtiriluvchi qiymatlari bir nechta bo‘lsa, ushbu operatordan foydalanish juda qulaydir.
    Sintaksisi:
    ...
    switch(argument)
    {
    case :
    [operator(lar)..];
    break;
    case :
    [operator(lar)..];
    break;
    ...
    [default: [operator(lar)..]; break;]
    }
    Bu yerda:
    <> - ichidagi element majburiy ekanligini bildiradi;
    [] - ichidagi element majburiy emasligini bildiradi;
    argument – qiymati tekshiriluvchi o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas yoki ifoda;
    [operator(lar)..]- shartga mos ravishda bajariluvchi operator(lar);
    a1, a2..- tekshiriluvchi shart, ya’ni argument a1(mos ravishda a2 ga, a3 ga va h.) ga teng bo‘lsa;
    default – case lar yordamida tekshirilgan birorta shart bajarilmasa, bajarilishi lozim bo‘lgan kodni bildiradi.
    break – dastur, konstruksiya ichidagi keyingi qatorlarni bajarishga o‘tib ketib qolmasligini ta’minlash uchun konstruksiyadan chiqib ketish maqsadida ishlatiladi. Ushbu operator o‘rnida goto operatoridan ham foydalanish mumkin.
    Ishlash rejimi quyidagicha: switch xizmatchi so‘zidan keyin yozilgan qavs ichidagi ifodani tekshiriladi. Ushbu ifoda qiymati navbatma-navbat case metkasi bilan berilgan qiymatlar(a1, a2 va h.)ga solishtiriladi. Agar ular teng bo‘lsa,shu case bloki ichida yozilgan operator(lar) bajariladi.
    Misol. Bosilgan tugmani aniqlash.
    Console.WriteLine("Y yoki N tugmalaridan birini bosing");
    char selection;
    selection = Console.ReadKey().KeyChar;
    switch (selection)
    {
    case "Y":
    Console.WriteLine("Siz Y tugmasini bosdingiz!");
    break;
    case "N":
    Console.WriteLine("Siz N tugmasini bosdingiz!");
    break;
    default:
    Console.WriteLine("Siz boshqa tugmani bosdingiz!");
    break;
    }
    1.2. Takrorlash algoritmlari va operatorlari.
    Takrorlash operatorlari bir necha marta takrorlanuvchi jarayonlarni hisoblash uchun qo‘llaniladi. Takrorlanuvchi jarayonlarni strukturali sxemasining blok sxema ko‘rinishi 1.2-rasmda keltirilgan.

    1.2 a-rasm. Takrorlanuvchi algoritm(Shart boshida beriladi) sxemasi

    1.2 b-rasm. Takrorlanuvchi algoritm(Shart oxirida beriladi) sxemasi

    1.2 c-rasm. Takrorlanuvchi algoritm(Parametrli) sxemasi
    Boshlang‘ich ma’lumotlar - takrorlanuvchi jarayonni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardir;
    Shartli ifoda - takrorlanish davom etishini va tugallanishini belgilab beruvchi, takrorlanish parametrini tekshiruvchi mantiqiy ifoda. Ushbu shart sikl boshida ham bo‘lishi mumkin, oxirida ham bo‘lishi mumkin;
    Operatorlar – takroran bajariluvchi operator yoki operatorlar to‘plami, sikl tanasi;
    Takrorlanish parametrini o‘zgarishi-bu odatda takrorlanish qadami bo‘lib, u har bir iteratsiyada o‘zgaradi va shartli ifodada tekshiriladi. Agar takrorlanish parametri butun son bo‘lsa, uni hisoblagich(schyotchik) deb ham ataladi.
    Takrorlanuvchi jarayonning bir marta takrorlanishi iteratsiya deb ataladi.
    Takrorlanish jarayonini tezkorlik bilan joriy iteratsiyada to‘htatish mumkin. Buning uchun boshqaruvni uzatish opertaorlari break, continue, return va goto lardan foydalaniladi. Lekin sikl tashqarisidan turib uning ichiga boshqaruvni uzatish taqiqlanadi.

    Download 1.16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1.16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 1.16 Mb.