|
O‘zbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 4/11 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #133598 |
Bog'liq Abdumurodov Sardor 2024 Tarmoq sathi protokollari
Tarmoq sathida 2 xil protokol ishlaydi:
OSI modeli va kommunikatsion protokollar orasidagi bog’lanishlar
Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni harakatini yo’lga qo’yadi.
Marshrutlash protokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog’lanishlar topologiyasi to’g’risida axborot to’playdi.
Tarmoq protokoli vazifalariga quyidagilar kiradi:
Murakkab tarmoqlarning qurilmalari o’rtasidagi paketlar uzatilishi;
Biron bir me’zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni aniqlash;
Kanal pog’onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqiyosida).
Tarmoq protokollariga IPv4 va IPv6 protokollari kiradi.
Marshrutlash protokollari
TCP/IP protokollari stekining yo’nalish axborotlari bilan almshishning hamma protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular o’z navbatida ikki guruhga bo’lingan, ularning har biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog’langan:
Masofa-vektor algoritmi (Distance Vector Algorithms, DVA);
Aloqa holati algoritmi (Link State Algorithms, LSA).
Masofa-vektor algoritmida eng ko’p qo’llaniladigan protokol – bu RIP.
Aloqa holati algoritmi protokoli bu – OSPF.
IPprotokolining asosiy vazifasi – tarmoq tarkibidagi uzellar orasida paketlarni deytagrammali usulda uzatish. IP-protokoli tarmoq uzellari orasida paketlarni bo’g’anish o’rnatilmasdan yetkazib berishni, yetkazib berishni nazorat qilishni, ma’lumotning to’qliqligini nazorat qilishni va paketlar oqimini boshqarishni ta’minlab beradi (protokol paketni ishonchli yetkazib berishni kafolatlamaydi).IP-protokolining ma’lumot birligi IP-paket hisoblanadi. IP-paket sarlavha va ma’lumot maydonlaridan tashkil topgan. Sarlavha 20 dan 60 baytgacha hajmga ega bo’ladi va IP-protokolining xizmatchi axborotlarini saqlaydi. Ma’lumotlar maydoni uzatilayotgan ma’lumotni o’zida saqlaydi.
Sarlavha quyidagi maydonlardan iborat:
Versiya raqami (4 bit)
|
Sarlavha o’lchami (4 bit)
|
Xizmat turi
(8 bit)
|
Umumiy o’lchami (16 bit)
|
Paket identifikatori (16 bit)
|
Bayroqlar (3 bit)
|
Bo’laklarni ko’chirish (13 bit)
|
Hayot vaqti (8 bit)
|
Yuqori pog’ona protokoli (8 bit)
|
Nazorat yig’indisi (16 bit)
|
Manbaning IP-manzili (32 bit)
|
Qabul qiluvchining IP- manzili (32 bit)
|
Patametrlar va baravarlash (bi nechta nolli baytlar)
|
7.2-rasm. IP-protokoli sarlavhasining tuzilishi
Versiya (4 bayt) – IP-protokolining versiyasining identifikatori hisoblanadi. IP-protokolining 4-versiyasi (IPv4) hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan.
|
| |